Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə7/8
tarix17.05.2023
ölçüsü33,51 Kb.
#115167
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5413334654839171619

XULOSALAR.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkin boshlang’ich sinf o’quvchilarini tabiya darslari orqali beriladigan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularda komil insonda mujassam bo’lishi nazarda tutilgan ijobiy hislatlarni tarkib toptirishda darslar davomida tarbiya metodlari, interfaol metod va vositalardan, multimedia vositalardan unumli foydalanishga erishish muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu jarayonni mazmunli va unumli tashkil etish esa kutilgan samarali natijaga erishish imkoniyatini yaratadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashda sinfdan tashqari
o’tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo‘r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g`amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq, ko‘pincha, kichik yoshdagi o‘quvchilar yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar. Bolalarning o‘sishi ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikma- larining shakllanib borishi bilan o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o‘zgartirib boradi. O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o‘rganadilar. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchining darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olish- larini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.
Yoshlarni ma’naviy tarbiyalash — o’ta nozik va mas’uliyatli ish. Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda ularning yoshi, xohishi, intellektual, ruhiy tayyorgarligini hisobga olish kerak. Yoshlar ma’naviy-axloqiy sifatlarining ifodasi bo’lgan ruh (aql) nodir hodisa bo’lib, tez o’sishga moyildir. Yoshlarni ma’naviy — ma’rifiy ruhda tarbiyalashda yoshlardagi taqlid, ta’sirlanish, tormozlanishdan kuchliligini, kuchli ruhiy ta’sirlanish bosh miya yarim sharlaridan ayri, «maslahatlashmay» sodir bo’lishini va bunday hollarda ular o’zlari bilmagan holda zid hatti-harakatlar sodir etishi, jiddiy xatolarga ham yo’l qo’yishini inobatga olish zarur.


Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin