Boshlangʻich taʻlim va sport tarbiyaviy ish yoʻnalishi



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə5/8
tarix17.05.2023
ölçüsü33,51 Kb.
#115167
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5413334654839171619

1.2. Boshlang’ich sinflarda olib boriladigan “Tarbiya” darslarini tashkil qilish va o’tkazish jarayonida didaktik metod va multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati.
Hozirgi kunda tez suratlarda jadallik asosida sodir bo’layotgan globallashuv jarayonida yosh avlodni turli xavf-hatarlardan himoyalash, ularning ongida barkamollik sifatlarini kamol toptirish va shakllantirishdek ulkan mas’uliyat avvalo, maktabgacha ta’lim tashkiloti hodimlari shu bilan bir qatorda boshlang’ich sinf o’qituvchilari zimmasiga ko’plab mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Ushbu vazifani hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli qaroriga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida bir qator fanlarni birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” darslarini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish to’g’risidagi qarori belgilandi. Yosh avlod tarbiyasi har bir zamonning, har qaysi davrning asosiy e’tibor talab qiladigan, mamlakat rahbarlarining oldiga ulkan vazifalar qo’yadigan masalasi hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf “Tarbiya” darslarini tashkil etish, loyihalash va olib borish jarayonida tashkil etiladigan samarali ish usullarini amaliyotga joriy qilish, o’quvchilarning diqqati va e’tiborini jalb qilish maqsadida dars davomida turli didaktik metod va multimedia vositalaridan unumli va mazmunli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dars samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchining ijodkorligi, kreativ fikrlashlarga moyilligi, darslarni loyihalash va olib borish jarayonida didaktik metod va multimedia vositalarini to’g’ri tanlay olishi, ulardan darslar jarayonida oqilona foydalana bilishiga bog’liq bo’ladi. Avvalo metod nima? degan savolga to’xtalamiz:
Metod bu- (lotincha metodas – yo’l,usul so’zidan olingan bo’lib,) – tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida “metod”so’zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo’lini, tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariva qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko’zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo’yishni, unga erishish bo’yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Keng ma’noda metod yunoncha "Metodost" so‘zidan olingan bo‘lib, "yo’l", "usul" ish uslubi degan ma’noni anglatadi. Qo‘llaniladigan (o‘qitish) "metod" - termini kishilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni o‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O‘qitish metodi deganda ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat natijasini tushinish mumkin.
Bizning fikrimizcha esa metod bu- olib boriladigan o’quv mashg’ulotining samarali bo’lishini kafolatlovchi, belgilangan vazifalarni o’zida to’laqonli aks ettira olgan, bajaruvchining ishlarini mukammalik sari undashga asoslangan yaxlitlikka tomon chorlovchi jarayonni o’zida mujassamlashtirgan tizimli, keng qamrovli yo’ldir.
Darslarni olib borish va o’tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rib, faoliyatni tashkil etgan o‘qituvchida dars uchun tanlangan metodlarning ustunligi yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda o’qituvchi va o’quvchilar uchun dars jarayonida qulaylik yuzaga keladi.
Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida ham turli metod va multimedia vositalaridan keng foydalanib darslar tashkil etish darsning samaradorligiga, mazmun-mohiyatni o’quvchilarga to’g’ri va to’liq anglatishga katta hissa qo’shadi.
Boshlang’ich sinf tarbiya darslarini multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etish orqali o’quvchilarda ushbu fan bo’yicha beriladigan turli yo’nalishdagi ma’lumotlarga, vazifa va topshiriqlarga bo’lgan qiziqishni yanada orttirish, topshiriq sifatida berilgan amaliy ishlarni video va animatsion usul orqali tasavvur qilgan holatda mustaqil bajarishlari uchun qulaylik yaratuvchi manba sifatida katta ahamiyat kasb etadi.Shu sababdan multimedia vositasi haqida qisqacha ma’lumot:
Multimedia vositalari haqida so’z borar ekan internet sayti manbalarida u haqida quyidagicha ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin bo’ladi:
Multimedia (multi - ko‘p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.
Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
Boshlang’ich sinf “Tabiya” darslarida multimedia vositalaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Beriladigan ma’lumot va axborotlarni turli usullar yordamida ya’ni matn, jadval, diagrammalar yordamida tasvirlash bilan bir qatorda, ma’lumotlarni monolog, musiqa, videofilmlardan parchalar, animatsiyalarni birgalikda bir butun yaxlitlikda berilishining mavjudligi;
2. Dars davomida multimedia vositalaridan unumli foydalangan holda o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning diqqatini jalb qilish imkoniyatining mavjudligi;
3. Multimedi vositalarini qo’llab olib borilgan darsda o’quvchilarda biror narsa, hodisa haqidagi bilimni to’liqroq tasavvur etish imkoning mavjudligi;
4. O’quvchilarning zamonaviy axborot vositalaridan mustaqil foydalana olish ko’nikmalarini tashkil etish imkoniyatining mavjudligi;
5. O’quvchilar tomonidan olingan ma’lumotlarni chuqur, mukammal holatda o’zlashtirilishi;
6. O’quvchilarda ta’lim olishning yangi bosqichi, yangicha usullaridan foydalanish, ulardan oqilona foydalanishni o’rganish imkoniyatining mavjudligi;
7. Ta’lim berish jarayonida vaqtdan unuli foydalanishga erishish;
8. O’qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarni o’quvchilar ongida aniq va to’liq saqlanib qolinishi shular jumlasidandir.


Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin