O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “AUDIT” FANIDAN MUSTAQIL NAZORAT ISHI
Bajardi SBXA -88 K guruh talabasi: M To’rayev
Qabul qildi: Mamatov X
TOSHKENT-2023y.
Mavzu: Asosiy vositalar auditi Reja: 1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o‘tkazish ketmaketligi.
Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
2. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish. Asosiyvositalar analitik hisobini tashkil etish auditi.
3. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish,
schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish.
1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o‘tkazish ketma-ketligi Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati
umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyatini tashkil etishning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo‘lib, undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
• asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to‘g‘riligi;
•asosiy vositalarning to‘g‘ri turkumlanishi;
• asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish;
• analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi); ·
• asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki
hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
•asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to‘g‘riligi); amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashning qonuniyligi va to‘g‘- riligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi; amortizatsiya ajratmalari hisob- kitoblarining to‘g‘riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi); ·
• asosiy vositalarni tiklashni – ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta
jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to‘g‘riligi;
asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni
hisobga olish; ·
• asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik
hisobining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o‘ziga
qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001- schyot) va
moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310- schyot) saqlash joylarida
moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;
• korxonaning o‘ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balanfoydasi yoki zarari)ga va budjetga to‘lanadigan foyda (daromad) solig‘ining miqdoriga ta’sir etadi;
•asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni
yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha
soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
• asosiy vositalarni xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy)
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan tartibini,
korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda
baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan);
• agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa, korxonada
asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va quvvati bo‘yicha korxonaning
ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;
• asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.
Auditor ushbu asosiy masalalarni o‘rganib, ularga auditorlik hisobotining
tahliliy qismida baho berishi va yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo‘jalikka kelishi bilan birinchi
navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo‘yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o‘tgan hisobotdavridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish; asosiy vositalarning so‘nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro‘yxat)dan o‘tkazilishi va uning natijalarini aniqlash;
asosiy vositalarni so‘nggi qayta baholash materiallari va ularning
hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo‘yicha aks
ettirilishini nazarda tutishi lozim.
- korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy
komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun
javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish,
Shuningdek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘- risida shartnomalar
tuzilganligini aniqlash;
- tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan yuridik
hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan
shartnomalarni o‘rganish:;
- buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi
inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi aniq
inventar ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;
- ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar
(buyruqlar, xodimlar ro‘yxati)ni o‘rganish ;
- asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi
me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona
buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy
vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkonini
va tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo‘lgan masalalarni aniqlashga yordamberadi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tekshirishni
boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga
muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv
o‘tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventarizatsiya o‘tkazilmagan, hisob
siyosatida ayrim obyektlarni inventarizatsiya qilish tartibi va muddatlari
belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog‘ida asosiy vositalar obyektlarini tanlab
inventarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo‘linmalarida asosiy vositalar
hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi
oqibatida sezilarli xatolarga yo‘l qo‘- yish xavfi katta.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810,
0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik
schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya
balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar
bo‘yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni,
tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiy qilish tavsiya
etiladi. So‘ngra korxonaning asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha qabul
qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda, asosan, quyidagilarga
e’tibor berish lozim:
* korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash
qabul qilinganligi;
* korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning
qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga
mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot
bo‘yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil
etmaslik.
Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks
ettirilishi lozim. Yuqorida bayon qilinganlar asosida asosiy vositalarni auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazish ketma-ketligining umumiy chizmasini quyidagicha
tasvirlash mumkin.
2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazishda foydalaniladigan
manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham
bog‘liq. Bular hisobni qo‘lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar,
kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari,
mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi,
xo‘jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki
hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishilozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: ▪ asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;
▪ korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;
▪ asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo‘llaniladigan analitik va
sintetik hisob registrlari;
▪ buxgalteriya hisobotlari;
▪ asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi
(nakladnoyi) (AV-1 shakl);
▪ ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektlarni
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
▪asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); *
▪ avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl);
▪ asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
▪ asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7
shakl);
▪ asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); ▪ asosiy vositalarning inventar ro‘yxati (ishlatish joylari bo‘yicha) (AV-9 shakl) Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to‘g‘ri
to‘lg‘azilganligini aniqlaydi. Auditor korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqda bayon qilingan asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyati bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:
* obyektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar qatoriga olib borish
uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;
* qiymatidan qat’i nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obyektlar
ro‘yxati;
* asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari;
* asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;
* hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko‘zda
tutilganligi;
* asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
* asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish
uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro‘yxati. Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda
qo‘llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llanilayotganshakliga bog‘liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo‘yicha sintetikhisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo‘- yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.Auditor tekshiruv chog‘ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridanfoydalanadi:
* buxgalteriya balansi ;
* moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
* asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot;
* pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
* xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;
* izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xo‘jalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar I - «Uzoqmuddatli aktivlar» bo‘limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi:
* asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga
mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy
vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo‘yicha ko‘rsatiladi;
* barcha asosiy vositalar, shuningdek, ularning ayrim guruhlari: binolar va
inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;
* butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo‘- yicha
ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;
* konservatsiyaga qo‘yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va
oxiriga mavjudligi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob
siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)
dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlar bayon qilinadi
(ochib beriladi):
* asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining
o‘zgarishi (qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman
tugatish hollari ham qo‘shilib);
* korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini
belgilash (asosiy guruhlari bo‘yicha);
* qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar;
Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim.
Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o‘tkazishi ham mumkin. Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o‘zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko‘plabuchraydi.