Buxoro davlat universiteti 70610204 – Axborot tizimlari (tarmoqlar bo`yicha) magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Abdullayeva Mehriniso Sayfullo faoliyati to`g`risida
HISOBOT
Yillik kalendar ish rejasi bo`yicha bajargan ishlarim.
O`quv-metodik ishlar bo`yicha:
1.1.1. Fan o`qituvchilari darslarini kuzatish: O’quv – metodik ishlari bo’yicha: Buxoro davlat unversiteti Axborot texnologiyalari fakultetining Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasida dars o’tuvchi ilmiy rahbarim dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi Sayidova Nazokat Sayfullayevnaning amaliy va nazariy dars mashg’ulotlarida ishtirok etdim
Umumiy III semestrdagi tahlillari soni. Ushbu oq’uv yili davomida o’tkazilgan tahlillar soni 14 ta
1.1.2. O`zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish: Men II o`quv semestri davomida magistr kursdoshlarim D.Sobirovaning 1-2 ATT-21 guruhiga, D.Ismoilovaning 1-2 KIDT-21 guruhiga, D.Hasanovaning 1-1 ATT-21 guruhiga “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan kafedraning professor o`qituvchilari nazorati ko`magida olib borgan darslarida ishtirok etdim va o`zaro metod almashdim. Bugunga qadar menda jami darslarni kuzatish bo`yicha tahlillar soni 11 tani tashkil etadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlar bo`yicha:
1.2.1. Magistrlik dissertatsiya mavzusini tanlash va tasdiqlash: Ilmiy rahbarim dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi Sayidova Nazokat Sayfullayevna “Kompyuter grafikasini o’rganishda shaxsga yo’naltirilgan elektron kurs yaratish oktabr noyabr oylarida topshirildi” mavzusiniaprel may oylarida tanladik. tanladik. Bu rektorning 15-noyabrdagi 224-07-T-sonli buyrug`i asosida tasdiqlandi.
1.2.2. Dissertatsiya mavzusi bo`yicha manbalar bilan tanishish va tahlil qilish: men ilmiy rahbrim bilan birgalikda kerakli adabiyotlar ro`yxatini shakllantirdik va men ular bilan birma-bir tanishib chiqdim.
Ilmiy-pedagogik faoliyat ish rejasi bo`yicha bajargan ishlarim.
Me`yoriy hujjatlarni o`rganish: Ilmiy pedagogik faoliyatim davomida 606120200-Axborot tizimlari mutaxassisligi bakalavriat bosqichida o`tiladigan fanlarning namunaviy o`quv dasturlari asosida ishchi o`quv dasturlari va yo`nalish malaka talablari bilan tanishdim. O`quv dasturiga ko`ra mutaxassislik talabalariga 8 semestr davomida majburiy fanlar jami 22250 soat shundan ma`ruza 944 soat, amaliy 1094 soat, laboratoriya 46 soat, seminar 166 soat, kurs ishi 4 soat, mustaqil ta`lim 2910 soat, tanlov fani jami 480 soat shundan ma`ruza 240 soat, amaliy 240 soat qilib belgilangan. Shu yo`nalishlarga dars beruvchi pedagogik xodimlarning dars jadvallari bilan ham tanishdim va darslarida ishtirok etdim. Bu jarayonda men dars tahlili metodlarini ustozlarimdan o`rganib bordim.
Bakalavr ta`lim yo`nalishidagi guruhlarda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib borish, kafedraning ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtiroki: Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalari” kafedrasi professor-o`qituvchilari va magistr talabalar ishtirokida o`tkazilgan “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati!” mavzusida o`tkazilgan ma`rifat soatida ishtirok etdim. Bundan tashqari kafedraning bir qancha ma`rifat soatlarida ishtirok etdim. Men Axborot tizimlari yo`nalishi 1-2 ATT-21 guruhi talabalari bilan “Sog`lom tanda – sog`lom aql” mavzusida axborot soati o`tdim. Bundan tashqari kafedramiz tomonidan talabalar turar joyida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ham ishtirok etib kelmoqdaman.
Magistrlik dissertatsiyasining bajarilish holati: hozirgi kunda magistrlik dissertatsiyasi mavzuimning 2 bobi tayyor holda, 3-bobi bo`yicha amaliy masalalar ustida ish olib bormoqdaman. Bunga ko`ra dissertatsiyamning 74 % tayyor holatda.
Konfrensiyalarda tezis va ilmiy maqolalar bilan ishtirok etish
1. Sayidova N.S., Abdullayeva M.S., Raxmatova D.I. CorelDraw vektorli dasturda kalendar hosil qilish. “Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga innovatsion yondashuv: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari”. //Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Guliston, Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM. 2022-yil 6-7-aprel, 371-372- бетлар.
2. Sayidova N.S., Jo`rayev I.I., Abdullayeva M.S., Raxmatova D.I. Schoology platformasidan foydalanish. “Амалий математика ва ахборот технологияларининг замонавий муаммолари”. //Халқаро илмий-амалий анжумани. Бухоро: 2022 йил 11-12 май, 510-511- бетлар.
3. Сайидова Н.С., Бойбулова Д.Т., Абдуллаева М.С., Рахматова Д.И., Гадоймуродова З.Р. Возможности цифровой информации. “Вестник науки и образования”. Российский импакт-фактор: 3,58. Научно-методический журнал. Научная электронная библиотека Library.ru Google scholar. № 8 (128). Сентябрь 2022. 15-18-стр. ISSN 2541-7851. URL: https://cloud.mail.ru/public/9ss9/sEKQZp6aX
Dostları ilə paylaş: |