O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni



Yüklə 52,26 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü52,26 Kb.
#195202
1   2   3
Asosiy vositalar auditi

5. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni
hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirish hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to‘g‘riligini tekshirishdan
maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini va
foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan
iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:
* sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini (miqdori va qiymati
ko‘rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet
oborotlari bilan taqqoslash;
* yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan
mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;
* foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati
buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;
* soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;
* hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan
hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o‘chirilganligini. Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.
Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo‘lgan AV-
1 va AV-3 shakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu
dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati
va eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinganligiga
ishonch hosil qilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha
inventar ro‘yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi. Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq, hisobdan
chiqarilish sababidan qat’i nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, o‘g‘irlanish va kamomad) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi. Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga olishda 9210 schyotning qo‘llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining moliyaviy natijalari to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish zarur.
Yüklə 52,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin