3.Masofaviy ta’limning afzalliklari .
Masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish — o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi.
Sifatli texnologiyalar va o‘quv mazmunini egallash — talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin.
Baholashning xolisligi — masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi.
Ta’limda individual yondashuv — o‘zgaruvchan grafik, ish va o‘qishni birga qo‘shib olib borish, shuningdek, o‘zlashtirilayotgan materialni ma’lumotni individual o‘zlashtirish tezligiga moslash masofaviy ta’limni barcha uchun qulay qilib qo‘ymoqda.
Zamonaviy gumanitar akademiya — masofaviy ta’limdagi yetakchilardan biridir. Bu innovatsion OTM bo‘lib, u dunyoning turli burchaklarida talabalarga o‘z yashash tarzini o‘zgartirmasdan, arzon narxlarda sifatli elektron ta’lim olish imkonini beruvchi elektron ta’limdir.
Innovatsiyalar bilan hamqadam
Zamonaviy gumanitar Akademiya (ZGA) 1992-yil 23-noyabrda tashkil etilgan. Bugungi kunda u Rossiya va Yevropadagi eng yirik OTM’dir, unda 100ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 22 yil davomida 300 mingdan ortiq talaba oliy ma’lumot haqida diplom olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi kunda akademiya ko‘pgina ta’lim dasturlarini taklif etmoqda:
bakalavr tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha («Lingvistika», «Yurisprudentsiya», «Boshqaruv», «Iqtisodiyot», «Informatika va VT», «Psixologiya», «Falsafa», «Pedagogik ta’lim», «Politologiya», «Sotsiologiya», « San’at tarixi», «Tijorat», «Ijtimoiy ishlar», «Davlat va mahalliy boshqaruv»);
mutaxassisliklar («Soliq va soliqqa tortish», «Tarjima va tarjimashunoslik», «Ijtimoiy ishlar»);
magistrlarni tayyorlash mutaxassisliklari bo‘yicha («Yurisprudentsiya», «Iqtisodiyot», «Boshqaruv», «Informatika va VT», «Falsafa», «Psixologiya», « Kadrlarni boshqarish», «Davlat va mahalliy boshqaruv»).
O‘rta maxsus ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha
O‘rta maxsus ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha — o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislarni tayyorlash («Iqtisodiyot va buxgalterlik hisobi (tarmoqlar bo‘yicha)», «Boshqaruv (tarmoqlar bo‘yicha)», «Huquqshunoslik»).
o‘rta maxsus ta’lim mutaxassisliklarini tayyorlashda ZGA — aslida, yagona OTM bo‘lib, u E-Learningning tamoyillarini ishlatibgina qolmasdan, balki butunlay yangi ta’lim mahsulotlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
XULOSA: Masofaviy ta’lim texnologiyasi
ZGA elektron axborot ta’lim muhitiga keng spektrli vositalari kiritilgan, ya’ni ma’ruzalar, supertyutorlar, mantiqiy sxemalar, moslashuvchi test-treninglar, testlovchi va baholovchi dasturlar, ZGA xizmatchilarning bu individual ish rejalari tuzuvchi, mashg‘ulotlarga, baholashga, rejalar bajarilishini nazorat qiluvchi, moliyaviy hi-soblarni amalga oshiruvchi va reyting daftarchalarni shakllantiruvchi tashkiliy didaktik robotlardir.
Elektron ta’limiy manbalarga kirish talabaning saytdagi «Shaxsiy studiya» orqali amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini ma’murlash IIS «Nur» intellektual axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim har bir talabaning o‘qishga kirganidan to diplom olgungacha qadar bo‘lgan vaqtdagi o‘qishini kuzatib boradi va nazorat qiladi, baholash va akademik ma’murlashda talabani elektron tarzda identifikatsiyalaydi. Respublikamiz ta’lim muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida takomillashgan tamoyillarga asoslangan yuqorida keltirilgan tizimlarni joriy etsak, o‘ylaymanki ta’lim jarayonida olib borilayot-gan islohatlarning namunali, samarali ijrosining bir bo‘lagi bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. B. 4-19.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1998. B. 20-29.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. B. 31-61.
4. Azizxo‘jaeva.N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.–T.:2003.-174 b.
5. Barkamol avlod orzusi. – T.: O‘zbekiston. 2000. - 245 b.
6. Beruniy. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: 1968. 106-107 b.
7. Bespalko V.P. Slagaeme pedagogicheskoy texnologii. –Moskva: Pedagogika, 1989. - 190 b.
www.arxiv.uz
www.slayd.arxiv.uz