Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni


O`quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo`nalishlari va uni tadbiq etish Reja



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə5/44
tarix15.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#155741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
AKT MA`RUZA MATNLARI.

3. O`quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo`nalishlari va uni tadbiq etish

Reja:






1.Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va uni O’zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari.
2.Axborot texnologiyalarining ijtimoiy iqtisodiy va boshqaruvdagi yo`nalishi
OCHIQ AXBOROT JAMIYATINI
Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorligini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari
Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.
Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.


Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.
O‘ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
MOBIL ALOQA
Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.
GLOBAL AXBOROT TIZIMI
Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
ELEKTRON RAQAMLI IMZO
Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Elektron hukumat
O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02 iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.
2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.

«ZIYONET» JAMOAT TA’LIMI AXBOROT TARMOG‘I


«ZiyoNET» jamoat ta’limi axborot tarmog‘i muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Nogironlar uchun axborot texnologiyalari markazlari va maxsus treninglar tashkil qilindi.
TO‘RTINCHI AVLOD (4G) ALOQA TARMOG‘I
Mamlakatimizda MDHda ilk bor to‘rtinchi avlod (4G) aloqa tarmog‘i ishga tushirildi, interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha «yagona oyna» markazlari ochildi. Forumda qator xorijlik ekspertlar AKT sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati.


Kompyuter texnologiyalari to`g`risida so`z yuritilganda, odatda ko`z oldimizda axborot texnologiyalari mujassamlanadi. Buning sababi, shaxsiy kompyuterlarning ixtiro etilishi axborot texnologiyalarining ommaviylashishiga va uni keng miqyosda tadbiq etilishiga olib kelinganligidadir. Chunki shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi natijasida axborot texnologiyalarining mahsuli bo`lgan dasturiy vositalarga zaruriyat ortib, kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Shaxsiy kompyuterni tadbiq etish bo`yicha erishilgan muhim yutuqlardan biri bu multimedia vositalarining yaratilishidir. Shaxsiy kompyuterlar multimedia vositalaridan, ya`ni ovoz, grafika, animatsiya, video vositalaridan keng ko`lamda foydalanish sari yo`l ochdi. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining multimedia vositalari yordamida o`quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari paydo bo`la boshladi. Bular sirasiga virtual kutubxona, virtual o`qitish texnologiyalarini kiritish mumkin. Virtual kutubxona - bu o`quv materiallari elektron nusxada chop etilgan yagona katalog tizimiga ega bo`lgan elektron kutubxonadir. Elektron kutubxonadagi o`quv materiallarini tarmoq tizimi imkoniyatlaridan foydalanib o`qish mumkin. Elektron kutubxonadan yoki boshqa manbalardan tarmoq tizimi yordamida materiallarni olib o`qish-virtual o`qish deb yuritiladi. Yangi axborot texnologiyalari asosida boshqarishni avtomatlashtirish, ish yuritish, moliya ishlarini avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta`minlash kabi ishlarni bajarish imkoniyatlari tug`ildi. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan juda katta imkoniyatga ega bo`lgan muharrirlarni, tarjima qiluvchi dasturiy vositalarni keltirish mumkinki, ularning yaratilishi ta`lim tizimida ham o`z samarasini bermoqda. Shu o`rinda olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan telekommunikatsion (kabelli, shisha tolali, sputnikli) aloqa vositalari asosida tashkil etilgan Internet tizimining insoniyatga juda keng imkoniyatlar yaratganligini ta`kidlash lozim. Internet hozirgi kunda butun insoniyat bilimlarini birlashtirish, ularning aqliy qobiliyatlaridan unumli foydalanish kabi masalalarni yechish bilan bir qatorda, yangi adabiyotlar to`g`risida ma`lumot olish, masofadan turib o`qitish texnologiyasini amalga oshirish, musiqa eshitish, kino va boshqa sohalardagi mashhur kishilarning (yulduzlarning) rasmlarini ko`rish, ular haqida ma`lumotlar olish, kundalik gazetani o`qib borish, ob-havo to`g`risida ma`lumot olish, kompyuter o`yinlari o`ynash, yangi ish joyi topish, magazindan xarid qilish va hatto keng miqyosdagi biznes ishlarini amalga oshirish mumkin. Uchinchi ming yillikning boshlarida 120 mln. kompyuter yagona dunyo tarmog`iga ulangan, ulardan 1 mlrd. dan ziyod odamlar foydalanmoqda. Keyingi vaqtda internetdan o`spirin yoshlarning va xotin-qizlarning foydalanish sur`ati o`sib borayotganligini qayd etish mumkin. Uchinchi ming yillikning boshida axborot texnologiyalarini tadbiq etishda tub o`zgarishlar ro`y berishi kutilmoqda. Bularga yo`ldosh kanali orqali internet elektron kitoblar, dunyo internet kutubxonasi, internet video-telefonlar, muloqotli tarjimonlar va nutqni hamda harakatni tushunadigan kompyuterlarning yaratilishi kutilmoqda. Bulardan ko`rinib turibdiki, ta`lim tizimida yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish masalalariga tubdan boshqacha ko`z bilan qaramoq lozim. Yuqorida qayd etilgan masalalar ta`lim tizimida ham yangi axborot texnologiyalarini tadbiq, etishning istiqbolli yo`nalishlarini belgilash bilan bir qatorda, ularning yechimini kechiktirmasdan hal etish uchun chora-tadbirlar ko`rish zaruratini ham yuzaga keltiradi. Shu o`rinda aytish lozimki, ta`lim tizimida yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etishning bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biri multimedia vositalari negizida virtual o`qitish tizimini yaratishdir.
Axborot texnologiyalaridan o`quv jarayonini boshqarishda foydalanish ta`limning samaradorligini oshirishga olib keladi. Buning sababi, o`quv jarayonini to`liq nazorat qilish va uni yangilab borish imkoniyatlarining yaratilishidir. Masalan, ta`lim muassasasida lokal kompyuter tarmog`ining mavjudligi qog`ozda berilayotgan ma`lumotlar, hujjatlar hajmining qisqarishiga olib keladi, bu esa o`z navbatida, ta`lim jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruvga doir qarorlarni qabul qilishda vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etish natijasida yangi ma`lumotlar bazasi vujudga keladi, unda pedagogik texnologiyalar, tahliliy materiallar kabi ma`lumotlar to`planadi. Shuning bilan bir qatorda, video-konferensiya o`tkazish, har xil ko`rinishdagi taqdimotlarni namoyish etish va eng yaxshi tadqiqot ishlar haqida ma`lumot berish, seminarlar va turli mashg`ulotlarni o`tkazish uchun juda ko`p imkoniyatlar paydo bo`ladi.
Hozirgi davr axborot-kommunikatsiyalar asri sifatida xarakterlanmoqda. Shu sababli mehnat kapitali va tovarlar qatorida aqliy kapitaldan foydalanish muhimligi jihatidan kam ahamiyatga ega bo`lmagan omillardan biridir.
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti yo`lidagi ustuvor vazifalardan biri bilimli milliy kadrlarni tayyorlash uchun ta`lim tizimini investitsiyalash va axborot-kompyuter texnologiyalarining rivojlanishini ta`minlashdan iborat ekanligi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab qo`yilgan.
Axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etishning muhim yo`nalishlaridan biri elektron o`quv adabiyotlar, qo`llanmalar va kurslar yaratishdir. Elektron o`quv adabiyotlar va qo`llanmalar ma`ruza mazmunini boyitish, yangi materiallar bilan to`ldirishga imkoniyat yaratadi. Elektron o`quv adabiyotlar va qo`llanmalarning yaratilishi, ularning o`quv jarayoniga qo`llanilishi ta`lim muassasalarida elektron kutubxonalar yaratishni taqozo etadi. Bundan ko`rinib turibdiki, ta`lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo`lgan kutubxonalarning paydo bo`lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga bog`liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining samaradorligini oshirishga va muvofiqlashtirishga imkon beradi.
Masofali ta`lim tizimining asosini kompyuter, axborot va pedagogik texnologiyalar tashkil etishi shubhasiz. Ta`limda axborot texnologiyalari haqida gapirganimizda, birinchi navbatda, masofali ta`lim, interaktiv pedagogika va turli o`quv shakllari ko`rinishidagi didaktik tizimlarni nazarda tutamiz.
Ta`limda texnologik yondoshuvning mohiyatini tushunish uchun, avvalo, “texnologiya” so`zi va tushunchasining mazmunini aniqlash zarur. Texnologiya yunoncha so`z bo`lib, texne-mahorat, san`at, logos-tushuncha, fan, ta`limot ma`nolarini anglatadi. Ta`limda texnologiya tushunchasi o`quv rejasiga asosan beriladigan bilimlar tizimini talabalarga yetkazib berish va shu asosda ularni bugungi kun talablariga to`liq javob beradigan kadrlar qilib tarbiyalashga yo`naltirilgan shunday usul va tajribalarni ishlab chiquvchi, takomillashtiruvchi va targ`ib qiluvchi zamonaviy fan sifatida ta`riflanadi.
Ta`lim jarayoniga texnologik yondoshuvda u qayta takrorlanadigan jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tavsiflanadi va aniq qayd etiladi. O`quv materiali diagnostik ifodalangan o`quv maqsadlariga mos qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ayrim bo`laklarga ajratiladi. O`quv materialini talabalarga yetkazib berishning muqobil yo`llari nazarda tutiladi. Har bir bo`lakni o`rganish test yordamida nazorat etilib, xato-kamchiliklar shu paytning o`zida tuzatilib, to`g`rilanib boriladi.
Pedagogik texnologiya ta`lim jarayoniga noan`anaviy shaklda, o`ziga xos belgilar va xususiyatlarga ega bo`lgan tizimli, texnologik yondoshuvlarga asoslanadigan holda kirib keldi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin