Boshlang'ich ta'limda hikoya ustida ishlash metodikasi


BAHOR. TABIATINI KO’ZATISH



Yüklə 70,22 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü70,22 Kb.
#196690
1   2   3
O\'QISH DARSLARIDA HIKOYA O\'TISH USLUBIYATI kurs ishi

BAHOR. TABIATINI KO’ZATISH

Tarbiyachi bolalar diqqatini kunlarning uzayib qolganiga qaratadi, kunlar isib, qorlarning erib ketgani, yomg’irli kunlarning ko’pligi, bahor yomg’irining maydalab, uzoq yog’ishiga jalb etadi.


Yomg’ir ko’p yog’sa qir va dalalarda o’tlar yaxshi usib, o’tlab yurgan hayvonlar (ot, quy, sigir, echki va shunga o’xshashlar)ga mo’l ozuqa bo’lishini, bog’lar va poliz-larda esa yomg’ir yoqqandan keyin ekinzorlar, bog’lar, gulzorlarga suv quyish zarurati qolmasligini bolalarga hikoya qilib beriladi.
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. Tarbiyachi rasmlar yordamida bolalarning tevarak-atrof to’g’risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivojlantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko’rish imkoniyati bo’lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to’g’risidagi bilimlarini aniqlaydi va to’ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o’z o’rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, syujetli rasmlardan, reproduksiyalardan, peyzaj va natyurmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
Bolalarni rasmlar bilan tanishtirish mashg’uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg’ulot asosan ikki qismdan iborat bo’ladi:

  1. Savollar yordamida rasmni ko’rib chiqish

  2. Tarbiyachining namuna-hikoyasi bilan yakunlash.

Kichik yoshdagi bolalar rasm asosida ikki-uch so’zdan iborat bo’lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o’rganadilar. Rasmni ko’zdan kechirish bolalar nutqining to’g’ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O’rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzishga o’rgatish mumkin.
Bolalar o’yinchoqlar to’plami ichidan o’zlari istagan o’yinchoqni tanlab, ular bo’yicha qiziqarli hikoyalar o’ylab topishadi, biroq ba’zan mazmundan chetga chiqib ketish hollari ham bo’ladi. Bunday hollarda tarbiyachi o’zining savollari, esga tushirishi, aniqlik kiritishi, to’ldirishi bilan mantiqiy, tasvirli hikoya tuzishga yordam beradi.
Bog’lanishli nutqni jonli va ravshan bo’lishi uchun o’yinchoqlar bilan tashkil etiladigan spektakllar katta ahamiyatga ega. Bu spektakllarni katta guruh bolalari kichkintoylarga qo’yib berishadi. Mavzular hayotiy yoki xayoliy bo’lishi mumkin. Masalan, “Hayvonot bog’ida ayiq hayotida qanday voqea sodir bo’ladi?”. “Tulkining tug’ilgan kuni”, “O’yinchoqlar do’koni”, “Yangi yil kechasi” va boshqalar.

Bolalarning eng sevimli va qiziqarli mashg’ulotlaridan biri bu o’yinchoqlarni ko’rib chiqish va tasvirlashdir. O’yinchoqlarga qarab hikoya tuzishning ma’nosi juda keng. U bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi, birgalikda hikoya qilish malakalarini rivojlantiradi, xotira, diqqat va irodani mashq qildiradi. O’yinchoqlar bo’yicha mashg’ulotni tashkil etishda o’yinchoqlarni tanlashga jiddiy e’tibor berish kerak. Kichik guruh bolalariga tasvirlash uchun taklif etiladigan o’yinchoqlar o’zining ba’zi bir xususiyatlariga ega: o’yinchoqlar nomi bo’yicha bir xil bo’lishi mumkin, biroq tashqi ko’rinishi jihatidan bir-biridan farq qilishi kerak.


O’yinchoqlarni tasvirlash bo’yicha mashg’ulotlar ularni ko’rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o’yinchoqlarning tashqi ko’rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so’zlarning to’g’ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi.
Bolalar tasviriy hikoya tuzishga o’rganib olganlaridan so’ng, o’yinchoqlar to’plami bo’yicha voqeaband hikoyalar tuzishni taklif etish mumkin.
O’yinchoqlar to’plami bo’yicha voqeaband hikoya tuzish mashg’uloti ikki qismdan iborat bo’ladi: 1) o’yinchoqlarni ko’rib chiqish; 2) o’yinchoqlar bo’yicha hikoya tuzish. Birinchi qismning maqsadi – bolalarni o’yinchoqlar bilan tanishtirish, har biriga qisqacha ta’rif berish. Bu qism vazifa berish, hikoyaning qisqacha rejasi yoki namuna-hikoya tuzish bilan tugallanadi.

Har bir yoshda bola nutqini rivojlantirishning o'ziga xos vazifalari bo'ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o'sib borgan sari bu vazifalar murakkablashib boradi.


Biz hozir quyidagi guruhlar bo'yicha badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg'ulotini o'tkazish yo'llarini ko'rib o'tamiz. ikkinchi kichik guruh Mashg'ulot o'tkazishda tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi:

  1. bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg'otish;

  2. ertak, ermak, hikoya, she'rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko'nikmalarini hosil qilish;


  1. Yüklə 70,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin