O\'QISH DARSLARIDA HIKOYA O\'TISH USLUBIYATI kurs ishi
O'QISH DARSLARIDA HIKOYA O'TISH USLUBIYATI
REJA: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatish usullari
2. Hikoya namunasini berish usuli.
3. Bolalarni hikoya qilib o’rgatishda tarbiyachining mahorati. III.Xulosa
Bolalarni hikoya qilishga o’rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o’tamiz:
Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha engil usul bo’lib, tarbiyachi bolalarga narsa-buyum, rasm, voha haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o’z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda yordam beruvchi ta’limiy usul bo’lib hisoblanadi.
Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo’lishi, ya’ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to’g’ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi o’yinchoqni tasvirlashga o’rgatishda o’zi bitta o’yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
-Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko’zlari, tumshug’i bor. Tumshug’ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog’i bor. Ayiqcha o’yinqochi bizga o’ynash uchun kerak.
Tarbiyachining namuna hikoyasidan bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo’yilganda yoki hikoya qilib bera olmaydigan bolalarga yordam berishda foydalaniladi. Tarbiyachining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan 1-2 bola takrorlashi mumkin.
Tarbiyachi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib ketganini o’zi ko’rsatibgina qolmay, balki bolalarni o’rtoqining hikoyasini nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.
Ayrim mashg’ulotlarda hikoyani qismlar bo’yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni engillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg’ulot anchа qiziqarli va hilma-xil bo’lib, hikoyalar to’liq va chuqur mazmunga ega bo’ladi, ko’p bolalardan so’rash imkoniyati vujudga keladi.
Masalan: Quidagicha hikoya tuzish va bolalardan uning mazmunini so’rash fikrimiz dalili bo’la oladi: