Boshlang'ich ta'limda hikoya ustida ishlash metodikasi


asar mazmuni bo'y'cha beriladigan savollarga javob berish



Yüklə 70,22 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü70,22 Kb.
#196690
1   2   3
O\'QISH DARSLARIDA HIKOYA O\'TISH USLUBIYATI kurs ishi

asar mazmuni bo'y'cha beriladigan savollarga javob berish;

  • ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko'nikmalarni o'stirish;

    1. bolalarda asarlarga ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish.

    „Bolalar bog'chasida ta'Iim-tarbiya dasturi"ga binoan, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she'rlar va kichik-kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va matallarni o'qish tushuniladi.
    Kichik guruhdan boshlab bolalarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o'rgatish lozim.
    Tarbiyachi bolalarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan, „Bugun men sizlarga ertak aytib beraman", „Hozir men hikoya o'qib beraman", „She'r o'qib beraman" kabi.
    Kichik guruh bolalari badiiy asar janri haqida eshitishi bilan „Masha va ayiq", „Qizg'anchiq it", „Mushuk, xo'roz va tulki", „Bo'ri bilan echki" ertak ekanligini, X. Ermatovning „Non", „Shaftoli" asarlari she'r ekanligini, X. To'xtaboyevning „Hassa", E. A'zamning „May yomg'iri" asarlari hikoya ekanligini esda olib qoladilar. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o'qib beriladi, she'r yoddan aytib beriladi. Turli adabiy janrlar ularni bolalarga yetkazishning turli xarakterini talab etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklarni kitobdan o'qib bcrmasdan hikoya qilib bergan ma'qul, bu bolalarga emotsional ta'sir o'tkazishni kuchaytiradi, crtakning asosiy mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Agar tarbiyachi kitobga qaramay, bolalarga qarab hikoya qilsa, li xuddi har bir bola bilan gaplashayotgandek bo'Iib, bu orqali monoiog nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak mazmun jihatdan uncha katta bo'lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya qilib berishi yoki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin.
    Asar (ertak) hikoya qilib berilgach, bolalardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini esga tushirib takrorlash taklif etiladi.
    Kichik yoshdagi bolalar uchun hajmi uncha katta bo'lmagan hikoya va ertaklarni, she'rlarni o'qib berish tavsiya etiladi. O. Mahkamovning „Mushuk", X. Ermatovning „Non", „Shaf-toli", „Anor" kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy his-tuyg'ularni, nafosatni tarbiyalashga yordam beradi.
    Kichik guruhda she'r yoki hikoyalar o'qib berilgach, bolalarga o'z hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi.
    Masalan, M.Murodovning „To'p" hikoyasi o'qib berilgach, bolalardan to'pni kim bilan o'ynashini, u bilan qanday o'yinlar o'ynashlarini so'rash mumkin.
    Kichik yoshdagi bolalarga ko'plab savollar berish yaramaydi, biroq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so'zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida Lining shaxsiy hayoti bilan bog'liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkitn-uchta savol berish kerak.
    Yil davomida bolalarga tanish bo'lgan hikoyalar, crtaklar, she'rlar takroran o'qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, she'riarning bolalar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi.
    O'rta guruhda badiiy asarlarni idrok etish bo'yicha ishlar olib boriladi. Bu guruh bolalari endi asar mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. Bolalar asardagi qahramonlarga nisbatan o'z
    munosabatlarini aniqroq ifoda etisliea harakar oibdta. YAы.^shliЫe tmn> xttdt/t lill/l- gtirtth4 rar&iyacfti tanfshtirayotgan
    adabiy asar janrini aytadi: Hozir men sizbr^a o'zbek xniq crtaktortdan „O/tm tarvuz" ertagini hikoya qilib beraman yoki L. N. Tolstoyning „Ikki o'rtoq" hikoyasini o'qib beraman va h. k.
    Bu guruhda adabiy asar mavzulari juda xilma-xildir. Tarbiyachi bolalar diqqatini asarning mazmunigagina emas, balki adabiy tilning ayrim xususiyatlariga (badiiy so'z va ifoda, o'xshatish va taqqoslash) ham yo'naltiradi. Tarbiyachi asarni o'qib bergach, bolalarga beriladigan savollarni puxta o'ylab, to'g'ri berishi kerak. Bolalarga beriladigan savol asardagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga, ular haqidagi o'z fikrlarini to'g'ri bayon etishga yordam berishi lozim.To'g'ri berilgan savol bolalarni o'ylashga, fikr yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi.
    Masalan, „Oltin tarvuz" ertagini hikoya qilib bergach, quyidagi savollarni berish mumkin: „Bu ertakda nima haqida hikoya qilinadi? Sizga bu ertakda kim nimasi bilan yoqdi? Laylakni davolagan chol haqida nima deyish mumkin? Boy haqida-chi? Boy Laylakning oyog'ini sindirib to'g'ri ish qildimi? Nima uchun kambag'al cholning polizida oltin tarvuz unib chiqdi? Boyning polizida-chi? Boyni Laylak qanday jazoladi? Nima uchun Laylak boyni jazoladi?"
    Bunday savollar bolalar asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini va asar qahramonlariga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini aniqiashga yordam beradi. Badiiy asarni to'g'ri tahlil qilish badiiy nutqning qimmatini oshiradi, bolalarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi. O'rta guruhda ham xuddi kichik guruhdagidek bolalar lug'atini boyitish bo'yicha ishlar olib boriladi, mashg'ulotda o'zlashtirilgan yangi so'zlarni mustahkamlash ustida ish olib boriladi.
    Katta guruh„Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi" katta guruh bolalarida badiiy-adabiy asarlarning mazmunini idrok etishda ifodali vositalarning ayrim xususiyatlarini aniqlay (scza) olishga o'rgatishni vazifa qilib qo'yadi.
    Katta guruh bolalari badiiy asarlar mazmunining ayrim xususiyatlarini, mazmunining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish qobiliyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar adabiy asar janrlarini farqlay oladilar. Ular poeziya bilan prozani bir-biridan yengil ajrata oMriar. TarbiyacVii mashg'utotrn muqautom-d suWoav\dat\ (asar mazmuniga yaqin mavzuda), asar mazmuniga taalluqli rasmni ko'rsatib, u haqda suhbat o'tkazish, bolalarning shaxsiy tajribalariga tayanib suhbat o'tkazish bilan boshlashi mumkin.

    Keyingi yillarda о‘zbek hikoyachiligida о‘ziga xos uyg‘onish, yangilanish jarayoni kechmoqda. Ma’lumki, badiiy ijodda muayyan yо‘nalishning vujudga kelishi tasodifan rо‘y bermaydi, balki har qanday tamoyilning vujudga kelish tarixi, qо‘lami, miqyosi va istiqboli bо‘ladi. Badiiy adabiyotdagi tamoyillarining vujudga kelishi badiiy tafakkurdagi о‘zgarishlar jarayonidan boshlanadi. Shunday о‘zgarishni istiqbol berdi. Albatta yangicha tafakkurning samarasi yangicha qarashdagi ijoddir. Shunday ijodning biri Asqad Muxtorning «fano va baqo» hikoyasidir.


    Hikoya 1992 yilda totalitar jamiyat mafkurasidan holi mustaqillik tug‘dirgan imkoniyat tufayli sharq falsafasi tamoyilida yozilgan. Unda insonning ikki dunyosi - fano va baqo xususida fikr yuritiladi.
    Sharq falsafasi «qur’on» va «Hadis»larda ilgari surilgan fikrlarga kо‘ra, inson foniy dunyodagi hayoti uning oxiratini belgilaydi. Ma’lumkisovet mafkurasi buni inkor qilganligi uchun kо‘pchilik insoniylik mezonlariga qarshi yul tutishgan, oxiratni о‘ylashmagan. Lekin hayot haqiqatidan ma’lumki, butun umri fosikdikda о‘tgan, uning evaziga hayoti yaxshi kechganligidan bu * xususida umuman о‘ylab kо‘rmagan kas ham о‘limi kо‘ziga kо‘ringanda о‘z gunohlarini tan oladi, vijdoni qiynaladi. Hikoyada xuddi mana shu xaqiqat Xolxо‘ja va Ochil obrazlari faOliyatida ochib beriladi. Hikoyani о‘qigan kitobxon qahramonlar qalbidagi diyonatsizlikning tub asosi totalitar tuzumning о‘zida degan xulosaga keladi. Buni Xolxо‘ja, Ochil ochiq e’tirof etishadi. Ularni ajal bо‘tizidan olganda о‘rtada shunday gap kechadi: «Tо‘g‘ri-yu, lekin hamma yomonlikni shu dunyodaо‘rgandik, shu yerda orttirdik barini. Odam bolasi dunyoga sof keladi, bu yerda orttirgan jamiki qabixliklarni, jinoyatu pastkashliklarni tashlab sof ketish kerak emasmi?
    — Bu gapingiz tо‘g‘ri. Tirikchidik - asli tirriqchilik. U dunyoga ishonmiydi-da, kо‘plar. Shuning uchun qо‘rqmay kirdikorlarini qilaveradi.
    —Boqiy dunyoning borligi, uning ostonasiga kelganimizdagina yodimizga tushadi. Inson uning borligiga bir umr iymon keltirsa, kaptar kelib.quzgun ketmaydi....dorilbaqo... ostonasida turgan kishi uchun fanoning о‘zi ham, u tug‘dirgan mudhish gunohlar ham hech nima emas. Faqat ularni bu dunyoga tashlab ketish kerak.. - Tashlab ketib bо‘lar ekanmi... - dedi Ochil, esankirab. -Bо‘ladi,-dedi Xolxuja ...Kimgadir yorilish kerak. Yoriladiganing bо‘lmasa yomon ichingda ketadi. Xayriyat mana...
    Bu ularni baqo dunyo oldida tavba qilishlari edi. Lekin ular bu fano' dunyoda о‘z hayotlarini imonsizlik asosiga kо‘rganliklari tufayli о‘lim chekingach, yana avvalgidek fosiqligini davom ettirishadi. Chunki ularning xamiri sotsialistik jamiyatning о‘zidan, ya’ni diyonatsizlik va imonsizlikdan qorilgan. asqad Muxtor hikoya qahramonlari faoliyati va xatti-harakatidan kelib chiqib, insonni oxiratdan ogoh qiladi. U yozadi: «Azobli yо‘lning barini bir-bir bosib о‘tish kerak. Fanoda ham, Baqoda Xudovandi Karim bir insonga ikki dunyoni berib q^-yibdi. Ammo imonni boy berganga ikkalasi ham harom ekan...
    Xayriddin Sultonning «qog‘oz gullar» nomli hikoyasi ham xarakterli. Hikoyada ikki xil inson qalbi, uning ma’naviy olami tahlil qilingan. qishloqdan chiqqan olim Omon /aniyev О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zoligiga saylanadi. U barcha tabrik va shodiyonlardan sо‘ng bolalikdagi iste’dodli dо‘sti Saydaz-Saydazimning kelmaganligini о‘ylab о‘tmishini eslaydi. Bu eslash odatdagi bolaligini, dо‘stlarini qumsash emas, balki hayotiy faoliyatini vijdoni oldida elakdan о‘tkazish, о‘ziga hisob berishdir. Bu holat о‘zida ma’lum bir yuk tashiydiki, bu yuk ibratli bо‘lgani uchun kishiga yuqumli va ta’sirlidir. Chunki unda tabiiylik bilan soxtalikni qiyoslash, hayotda tо‘g‘rilikni, yaxshilikni tasdiqlash bilan kimlarnidir soyasida panoh topib, unga mumkin qadar yoqish yо‘lini izlash, shu tufayli u bosgan yо‘ldan uning yarim darajasiga erishishni iykor qilish va mana shu tipdagi kishilarni fosh qilish masalasi о‘z ifodasini topgan. Omon /aniyev о‘zini Saqdaz va Zarif Usmonovlardan kam iste’dodga egaligini biladi. Lekin u о‘rni kelganda vaziyatga moslashadi, biroq munofiq emas. Shundan u qalban qiynaladi. /ani Ne’matov, Latipov kabi о‘zganing fojiasidan boshqalarga suyunchi tilab ularga yaqinlashib olmaydi, undaylardan jirkanadi. U yozuvchi Omon /aniyev xotirasi borasidan Saydaz obrazini yoritadi. Bu obraz Omon /aniyev xarakteridan tamom farq qiladi. Saydazning bolaligi qiyinchilikda kechgan. Darsdan keyin ham boshqalar kabi о‘ynab kulmagan, Unga vaqti bо‘lmagan, tirikchilikdan. Buning ustiga doim usti yupun edi. Lekin u mag‘rur va favqulodda qobiliyatga ega edi: Omon yosh matematika о‘qituvchisiga, uning xotinini kо‘ziga yomon kо‘rinib, bilib olgan narsasini Saydaz bir zumda hal qilardi. Saydazning hayoti ayanchli bо‘lishiga qaramay, maktabda a’lo о‘qir edi. Lekin mag‘rurligi nohaqlik oldida bо‘yin egmasligi tufayli maktabda oltin medalga ilinmagan bо‘lsa, institutga kirgach, shu xususiyatlari sababli 3-kursdan haydaladi. Armiyaga bordi, undan qaytgach dehqonchilik bilan shug‘ullandi, umuman о‘qishdan chetlanib ketdi, lekin odamgarchilikdan emas. Uning dо‘sti Omon /aniyev Akademiyaning muxbir a’zosi bо‘lgan bir paytda, u oddiy bir dehqonligicha qoldi. Biroq qalbning ona zamindek kengligi, dili har qanday g‘uborlardan holi, buloqdek musaffoligi ham о‘zgarmadi. О‘zining bu insoniy xususiyatini u farzandlariga ham singdirdi. Uning falsafasi hayotda halol va birovga qaram bо‘lmasdan о‘z mehnati bilan, shuningdek, о‘z iqtidoriga ishonib, e’tiqodiga sodiq qolib yashash, shundan dо‘sti Omon /aniyev о‘g‘li Nuriddinni о‘qishga kirishida о‘zining qо‘li borligini aytganda yonib ketadi. О‘g‘lining yordam sо‘rab borganiga ishonmaydi. Agar shu rost bо‘lsa, о‘qishdan chiqazib olaman deb, dо‘stidan rostini aytishni sо‘raydi. U gapni aylantirgach, dо‘sti xarakteridagi zaiflikni his qiladi. Bu zaiflik о‘zining qanday odamligini kо‘rsatishga bо‘lgan intilish edi. Mana shu gap tufayli u dо‘stining tantanasiga kelmagan edi. Biz bularning barchasini Omon /aniyevning ichki iztiroblaridan anglaymiz. Hikoyani о‘qish davomida Saydaz-Saydazim kо‘zimizga ulug‘vor kо‘rina boshlaydi, garchi u hayotda oddiy odam bо‘lishiga qaramay. Uning ulugvorligi sofligida, har qanaqa vaziyatda haqiqatni aytishida va о‘z prinsipidan cheklanmasligidadir. Omon /aniyevning о‘z hayoti faoliyatida vijdoniga qarshi teskari ish tutganligini eslab о‘kinishi, о‘zidan Saydazni ustun qо‘yishi soflik va haqiqatning hayotdagi tantanasidir.
    Alisher Ibodinovning hikoyalarida о‘zgacha bir tendensiya kо‘zga tashlanadi. Bu avvalo, hikoyadagi lirizmning kuchliligidir. Uning hikoyalari shunchalik tuyg‘ularga, hissiyotga boyki, asar finaliga yetgach, kishi о‘sha sehrli gо‘zal bir olamdan ajralib qolganiga nadomat qiladi, hikoyani yana bir о‘qishga kirishadi, ikkinchi о‘qish davomida bu gо‘zal olamning zamirida yotgan chin mohiyatni anglab, о‘z qalbida ham qandaydir о‘zgacha, kishi sо‘z bilan anglatib bо‘lmaydigan bir tuyg‘udan fikr ummoniga g‘arq bо‘ladi. Bu jihatdan uning «Bir tomchi yosh», «Kо‘l bо‘yida» hikoyalari yorqin misol bо‘la oladi. Avvalo bu hikoyalar ilgari surmoqchi bо‘lgan ideyasining yuksakligi, u zamon va insoniylik muammolari bilan amuxtaligi jihatdan ajralib tursa, ikkinchi tomondan badiiy ijodning butun komponentlariga amal qilinganligi о‘z samarasini kо‘rsatgani, ya’ni bu narsa о‘zgacha ohang kasb etgan hikoyaga. «Bir tomchi yosh» hikoyasining qahramoni Ma’suma. Biz voqealar silsilasidan hikoya qahramoni Ma’sumaning butun fazilatlarini bilib boramiz, ya’ni uning gо‘zalligini, kitob о‘qishiga yarasha didi borlig‘ini, ancha mulohazakor va hissiyotli qizligini, shuningdek, uning о‘z oilasidagi hayoti va unga bо‘lgan munosabati va nihoyat bu xonadonga kelin bо‘lib tushganini. Hikoya ana shu qalbning gо‘zallik, nafosat olamining timsoli bо‘lgan billur yurakning timsoligina emas, balki о‘zi bо‘lgan siymoni qattiq va tuzalmas zarba yeyishi bilan tugaydi. YA’ni kо‘imi-ozmi ona ta’siriga berilishi, tezroq mashinaga erishish ishtiyoqida hamma narsani unutish darajasiga yetgan eri Rajabbekning shafqatsizlik bilan qilgan muomalasi gо‘zallik, ezgulik, nafosatlik, tuyg‘unlik niholini yulib tashladi. Bu bilan о‘sha muhitda, ya’ni Ma’suma yashayotgan qishloqda hayotni, yashashni faqat mehnat qilish,,- u, bola boqish deb biladigan, dunyoqarashi, hissiyoti hamma, hammasi о‘zi yashayotgan muhitga moslashib ketgan kishilarning sonni yana bittaga orttirdi.
    Yozuvchi Ma’sumaning holatini, kayfiyatini qisqa, lо‘nda, zarbdor jumlalarda beradi. Bu birinchidan konkretlik hosil qilsa, ikkinchidan, she’riy bir forma, tо‘g‘rirogi oq te’r shakllini yuzaga keltirgan. Mana tasvirga va jumlalar tuzilishiga e’tibor bering: «U kо‘rpa ustida yotolmay tо‘lg‘ondi, Ichi qizidi. Nimadir yuragini kavlab, hol-joniga qо‘ymasdi. Kо‘nglini bо‘shatgisi kelar edi. Urnidan turib, she’r daftarini oddi. Yostiqqa kо‘kragini berib yoza boshladi. Nihoyat kо‘ngli yorishdi, о‘zini parday yengil his qildi. Vujudini shirin titroq bosdi.
    qorong‘i kuchadan vizillab о‘tgan mashinaning yoruti tushdi. Ma’suma pastki, labini tishlab, kо‘zlarini shо‘x о‘ynatdi-da,. bir varaq qog‘ozga yozdi:
    qirlarda lolalar ochildi,
    Yigit-qizga gilam payendoz,
    Sizni kuta bagrim ezildi,
    Siz-chi, kimga aytasiz roz?
    U bu she’rni erini о‘qishi uchun yestiq ustiga qо‘yadi va о‘zini uxlaganga soladi, Erining qadamini eshitib yuragi dukillaydi. She’rni о‘qigach , erining qiladigan muomalasini xayolan kо‘z oldiga keltirib, kungli eriydi, shirin bir kayfiyatga beriladi. Lekin eriga xotinining intizorlik bilan kutishi, uning she’ri qiziqtirmaydi, balki sigirning oldida о‘t yо‘hligidan butun dudyosi qorongu bо‘lib, xotiniga dag‘dag‘a qiladi: «Padaringga la’nat senday xotinning! Sigir ochidan о‘lay debdi-ku! Na ut yulibsan, na uydan bir nima topib solibsan! Yalpayib yetishingni qara!»
    Hikoyaning finali gо‘yo musiqaning eng avjiga chiqqanda torning uzilishiga о‘xshaydi. Tor uzilsada, uning kishi qalbiga о‘tkazgan ta’siri uzoq saqlanadi, qulog‘i ostida о‘sha dastlabki kuy jaranglab turadi. Alisherni «Kо‘l buyida» nomli hikoyasi haqida ham shunday tiniq tasvir va inson qalbining teran tahlilini, shuningdek , inkishofini kо‘ramiz.
    Shukur Xolmerzayev hikoyalarining fazilatlaridan biri kutilmagan yechimga egaligi va tasvirlangan har bir narsa, voqea, detalning maqsad sari xizmat qilishi, qahramon xatti-harakatidagi tabiiylik. Bu xususiyatni deyarli barcha hikoyalarida kuzatish mumkin. Lekin asosiy gap hikoya voqealari zamiriga singdirilgan g‘oyaning salmogida, falsafiyligida. Agar u zaif bо‘lsa, badiiy komponentlar har qancha mahorat bilan qо‘llanmasin, hikoyaning kishi qalidan joy olishk, kishi shuuriga ta’sir qilishi dushvordir. SH. Xolmirzayev mumkin qadar g‘oya salmogiga ham e’tibor beradi. U о‘z uslubiga, uz oaoziga ega yozuvchidir.
    Yozuvchi ijodining о‘ziga xosligi Ayni paytda ijodiy jarayonning uziga xosligini belgilaydi. Ijodiy jarayon xar bir yozuvchida о‘ziga xos tarzda kechadi. SH.Xolmirzayev о‘ziga xos shaxsiy badiy uslub soxibi sifatida taqlidchilikdan, bir yoqlamalikdan, bayonchilikdan qochadi. Sо‘zga xasis bо‘lsala, fikrini о‘quvchiga tо‘la va yorqin yetkazishga erishadi. Biroq , bazan uning asarlari tugallanmagandek tassurot uyg‘otadi. О‘quvchi asar davomini kutadi. qaxramonlar portretini chizmaydi,asosiy etiborini xarakter yaryatishga qaratgandek tuyuladiki, о‘quvchini о‘ylashga, chuqUr muloxaza qilishga majbur qiladi. Asar qaxramonlari ustidan chiqarilgpn xukumо‘quvchi etiboriga xavola etiladi. Agar badiy niyat asarning tug‘ulishi uchu nasos bо‘lsa, maxorat shu asosni rо‘yobga chiqaruvchi imkondir. Shakl esa uning xosilasi. Bu tizm SH.Xolmirzayev asarlarining tabiatini xar doim belgilab kelgan va kelmoqda.
    Xozirgi yozuvchilar uchun asosiy narsa bu- о‘z qaxramoni uchun inson nafaqat shunchaki yashay oladigan, balki xozirgi kunni anglash va о‘tmishni eslashi uchun zamonni topaolishdan iborat. Bu uning istiqbolining sharti xisoblanadi. Masalan Nyu Eshonqulovning «Muolaja» xikoyasi xudi shu-odamlarni ularning xotirasi va fikrlash imkoniyatini maxv jtish orqali Ayni kelajakdan maxrum yetishari yeо‘g‘risida
    «Kimsasiz hovli» hikoyasini о‘qish davomida kitobxon pulga, boylikka mukkasidan ketgan ikki savdo xodimi 7 Hosila bilan Umarning qismati qanday nihoya topar ekan, ularning qilmishi uchun hayet qanday jazolar ekan deb о‘ylaydi. Hikoya esa kutilmagan fojia bilan tugaydi. YA’ni armiyadan kelgan yakka-yu yagona о‘tillari Ummatjonni itlari Jek chaynab tashlaydi. Kechasi kelgan Ummatjon darvoza qо‘ng‘irog‘ini bosganda hech kim sas bermaydi. Chunki uning ota-onasi kechasm eshik ochishni allaqachon tark etishgan edi. qо‘ngiroqqa eshik ochmaslikka sabab ular hammadan, har narsadan qо‘rqishadi.
    Kutilmagan yechim bilan tugagan hikoyaning fazilati shundaki, uning ta’siri kishi qalbiga zarb bilan tegishi, Ma’lumki, zarb bilan tekkan narsaning og‘rig‘i kuchli bо‘ladi. Demak, u kishi qalbida og‘riq paydo qiladi. Ogriq esa sо‘zsiz izsiz о‘tmaydi.
    70 yil davomida tamom boshqa sharoitda, ya’ni har bir qadam о‘lchovli, faqat yuqoridan buyurilgan ishni bajarishga о‘rgangan, mustaqil bir ish qilish u yoqda tursin, hatto fikrlash ham mumkin bо‘lmagan bir sharoitda yashagan xalq birdaniga mustaqillikka erishgach shoshib qoldi. Kо‘plab avantyuristik harakatni boshlab, abgor holga tusha boshladi. Yozuvchining о‘sha davrda yozilgan «Ozodlik» hikoyasida xuddi shu holat qalamga olingan.
    Hech bir gunohi bо‘lmagan Mansur о‘z davrasidagilardan biri qilgan jinoyat tufayli 10 yilga kesilib ketadi. Bu ham totalitar t)gzumning qiyofasini belgilab beradigan holatlardan biridir. Uning ozodlikka chiqishi, respublikaning mustaqillikka erishgan kuilariga tо‘g‘ri keladi. Mansur mustaqillikning samarasini о‘zining hayotida kо‘rdi. U otasidan qolgan kulbani epaqaga keltirib sotdi. Puliga 3-4 sovliq olib, qirga kо‘chib chiqdi. Dо‘sti Omonningkо‘magida ikki uy, bir dahliz tikladi. О‘ziga о‘xshagan yetimgaribgina qizga uilanib, qaddini tikladi. Hatto, tuzukkina ishgaham ega bо‘ldi, ya’ni «tо‘qson chaqirimlimasofodagi kabellarninazorat qilib yuruvchilik» amaliga erishdi. О‘g‘il kо‘rdi. qishloqqariyalarini va dо‘st - birodarlarini chaqirib, osh hamda ziyofatberib, elga qо‘shildi. Uning barchasi mustaqillikning sharofatidandir. Agar avvalgi davr bо‘lganda Mansur bularning birontasiga ham erisha olmasdi. Chunki, qamalib chiqqan odamni hech bir korxona ishga olmasdi.
    Hikoya juda katta falsafiy ramziylik bilan nihoyasiga yetadi. Mansur butun vujudidan mehr qо‘ygan kakligini qafasdan ozod qiladi. Lekin kaklik garchi о‘zi о‘sgan makonda - tog bag‘ri, archazorda qо‘yib yuborilgan bо‘lsada, о‘chib ketmaydi. qafas atrofida о‘ralashib, u bu narsani chuqilab yuraveradi. Unga kо‘zi tushgan tulki pisib keladi. Tulkini kо‘rgan kaklik qochish о‘rniga unga qarab yuguradi. Chunki hovlida sariq it bо‘lib, u undan qochmas edi. Tulkini ham it fahmlab unga yem buladi. Demak, mustaqil ish qilishga о‘rganmagan kimsa, mustaqil yashay olmaydi, SHо‘ro davrida shunday edi. Barcha yuqoridan aytilgdn, buyurilgan. narsani bajarishardi, Mustaqil bir ish qilishga ruxsat yо‘q edi. Shundan mustaqilik qо‘lga tekkach, kо‘pchilik nima- qilishyani bilmay gangib arosatda qoldi. Mansur og‘irlikka chidab iymonini yо‘qotmaganini, ozodlikka tagdnaligi uchun о‘z yо‘lini topdi. Ezgu xatti-harakati bilan boshqalarning ham kо‘zini ochdi. Hikoyada bu fikr quruq aytilmaydi, vokealar zamiriga singdiriladi. Yozuvchining mahorati ham ana shundadir.
    Xulosa qilib aytsak, eng yaxshi hikoyalarimiz yuuni kо‘rsatdiki, hozirgi zamon nasrimiz millatparvarlik qiyofasidagi milliy mahdudlik emas, bemalol dunyo adabiyoti bilan tenglashish yо‘liga intilyapti.
    Hikoyani o’qish metodikasi

    Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.

    «Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir»1.
    Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
    Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
    Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
    Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
    Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

    Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf «O’qish kitobi»dagi «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir), «Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat Maqsudiy), «Xazonchinak» (O’. Hoshimov), «Qo’shterak» (A. Irisov), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.


    Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi paydo bo’ladi.
    Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.

    Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim.

    Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.

    Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:


    1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.
    2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
    3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi.
    4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
    5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish.
    6. Har bir qismga sarlavha topish.
    7. Hikoyaga reja tuzish.
    8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
    9. Reja asosida bayon yozish.
    Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.

    Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.


    Masalni o’qish metodikasi
    Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.

    Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.

    Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.

    «Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan»2.

    Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.

    O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar.

    Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.

    Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.

    Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.

    Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.

    3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.

    “CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.

    Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.

    3-sinf “O’qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.

    Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.

    Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.

    Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.

    4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.



    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T. “Ma’naviyat” – 2008 y.


    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. -T., «Sharq», 1997.
    Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish konsepsiyasi. -T., 1992.
    Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari.
    T.: O’qituvchi, 1998.
    Qodirova R M. Nutq o’stirish metodikasi. -T.: O’qituvchi, 2008.
    Shodiyeva Q. Nutq o’stirish uclubiyoti. -T.: O’qituvchi, 2008.
    Yüklə 70,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin