Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya Reja



Yüklə 24 Kb.
səhifə1/3
tarix15.04.2023
ölçüsü24 Kb.
#98640
  1   2   3
2 5312463340688125461


Boshlang’ich ta’limda milliy tarbiya
Reja
“Tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati
“Boshlang`ich ta`limda tarbiya fani»ning ijtimiy-gumanitar fanlar va maktab fanlari tizimida tutgan o`rni
O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasidagi islohotlar.
Tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalqning nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama rivojlangan ma’naviy-axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari yuqoridagi aqsadlarga eisisni ko’zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayon hisoblanadi. Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan va tarbiya muhum ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy jihatdan o`rganilib kelinmoqda. SHunga ko`ra ko`plab olimlar tomonidan “tarbiya” tushunchasiga turlicha ta`riflar berilgan. “Tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati Demak bolaga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishda nafaqat tarbiyaviy ishlar, balki dars jarayonlaridan ham unumli foydalanish zaruriyati vujudga kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida 2020 yil 23 avgust kuni xalq ta`limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida maktablardagi ma`naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etilgandi.SHunga ko`ra 2020 yil 6 iyul` kuni O`zbekiston Respublikasi Hukumatining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 422-sonli qarori qabul qilindi.Qarorda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg`usi”, “Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021 o`quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 o`quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ko`zda tutildi va bu borada ishlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin