So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida barcha fanlarni hozirgi zamon



Yüklə 40 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#208351
kirish


So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida barcha fanlarni hozirgi zamon
talablariga muvofiq holda o‘qitish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z
navbatida, kishilik jamiyati hayotida bilim berish va ilm-ma’rifatning ahamiyatining izchil oshib
borilayotganligi bilan uzviy bog‘liqligidir. Aynan ushbu masalalar “Astronomiya”ning tarkibiy
qismi bo‘lgan “Astrofizika” fanini o‘qitish muammolariga ham tegishlidir. Zamonaviy
tadqiqotlarda “Astrofizika” nafaqat tabiiy fanlar, balki ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlar
bilan ham bevosita o‘zaro integratsiyalashib borayotganligi e’tirof etilmoqda. Fanlar
rivojlanishini hozirgi postnoklassik bosqichi o‘zida integrativlik xususiyatini namoyon etib,
ilmiy muammolarni toboro fanlararo aloqadorlikda, hamkorlikda yechish xarakteriga ega bo‘lib
bormoqda. “Astrofizika” fani ham aynan fizika va astronomiya fanlarining o‘zaro integratsiyasi,
sintezi asosida yuzaga kelgan bo‘lsada, hozirgi kunda ushbu fan nafaqat tabiiy fanlar (kimyo,
biologiya va h.k.) bilan, balki ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, tarix, iqtisodiyot, meditsina,
psixologiya va b.) bilan ham kuchli aloqadorliklarni hosil qilmoqda. Jumladan, astrofizik
hodisalarni bilish har bir kishi hayotida qandaydir darajada zarur bo‘lishi shubhasiz. Shuning
uchun ham “Astrofizika” fani pedagogika oliy ta’limi tizimining muhim o‘quv predmetiga
aylanib, insoniyatning Koinot to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarini rivojlantrishda va ulardan amalda
foydalanishga oid faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Astrofizika fani astronomiyaning asosiy va bosh yo‘nalishlaridan biri sifatida, Koinot
haqidagi fanlarning eng muhim tarkibiy qismiga aylandi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
ushbu fani o‘qitish samaradorligini oshirishga bugungi kunda zarurat sezilmoqda. Bunga asosiy
sabab, ushbu fan nisbatan yangi o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlariga endilikda
kiritilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ushbu fanni o‘qitishda turli ilmiy-metodik muammo va
murakkabliklarni yuzaga keltirmoqda. Bizningcha, ushbu muammolarni yechishda hozirgi
kunda fanlarni o‘qitish jarayonlarida eng samarali yondashuvlardan biri sifatida tan olingan
“integrativ yondashuv” dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Astrofizika” fani
o‘zining yuzaga kelishi jihatidan integrativ xarakterga ega bo‘lib, uni o‘qitish jarayonlarida ham
ushbu jihatga ustuvor ahamiyat berish lozimdir [4].
Astrofizika fanini integrativ yondashuvlar asosida o‘qitishning metodik asoslari sifatida
quyidagi jihatlarni muhim deb hisoblaymiz:
1-jihat: Astrofizika fan sifatida:
- Astrofizikani fan sifatida yuzaga kelishini xarakterlovchi fizika va astronomiya fanlari
integratsiya;
- Astrofizikani boshqa fanlar bilan integratsiyasi(fanlararo integratsiya);
2-jihat: Astrofizika fani o‘quv predmeti sifatida:
- Astrofizika fanini o‘qitishda predmetlararo integratsiya;
- Astrofizika fanini o‘qitishda fanlarlararo integratsiya;
- Astrofizika fanini o‘qitishda mashg‘ulot turlari orasidagi integratsiya;
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1355
ASTROFIZIKA FANINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISHNING
METODIK ASOSLARI
Kamolov Ixtiyor Ramazonovich
Navoiy DPI professori, t.f.n.
Sattorov Ahliddin Rizoqulovich
Navoiy DPI katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7424202
Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogika oliy ta’lim mussasalarida Astrofizika fanini
integrativ yondashuv asosida o‘qitishning metodik asoslari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Oliy
ta’limda Astrofizika fanining fanlararo integratsiyasi va ushbu fanni integrativ yondashuv
asosida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogika oliy ta’lim muassasalari, astrofizika, astronomiya, tabiiy
fanlar, tibbiyot, elektromagnetizm, geofizika, biologiya, integrativ yondashuv, neytrino
astronomiyasi, matematika.
МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА АСРТОФИЗИКА НА
ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА
Аннотация. В данной статье рассматриваются методологические основы
преподавания астрофизики в высших педагогических учебных завидениях с
интегративным подходом. Также, дано методические рекомендации преподования
астрофизики с интегративным подходом и межпредметной интеграции.
Ключевые слова: высшие педагогические вузы, астрофизика, астрономия,
естественные науки, медицина, электромагнетизм, геофизика, биология, интегративный
подход, нейтринная астрономия, математика.
METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF TEACHING THE SUBJECT OF
ASTROPHYSICS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH
Abstract. This article discusses the methodological foundations of teaching astrophysics
in higher pedagogical educational institutions with an integrative approach. Also,
methodological recommendations for teaching astrophysics with an integrative approach and
interdisciplinary integration are given.
Keywords: higher pedagogical universities, astrophysics, astronomy, natural sciences,
medicine, electromagnetism, geophysics, biology, integrative approach, neutrino astronomy,
mathematics.
KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida barcha fanlarni hozirgi zamon
talablariga muvofiq holda o‘qitish bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z
navbatida, kishilik jamiyati hayotida bilim berish va ilm-ma’rifatning ahamiyatining izchil oshib
borilayotganligi bilan uzviy bog‘liqligidir. Aynan ushbu masalalar “Astronomiya”ning tarkibiy
qismi bo‘lgan “Astrofizika” fanini o‘qitish muammolariga ham tegishlidir. Zamonaviy
tadqiqotlarda “Astrofizika” nafaqat tabiiy fanlar, balki ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlar
bilan ham bevosita o‘zaro integratsiyalashib borayotganligi e’tirof etilmoqda. Fanlar
rivojlanishini hozirgi postnoklassik bosqichi o‘zida integrativlik xususiyatini namoyon etib,
ilmiy muammolarni toboro fanlararo aloqadorlikda, hamkorlikda yechish xarakteriga ega bo‘lib
bormoqda. “Astrofizika” fani ham aynan fizika va astronomiya fanlarining o‘zaro integratsiyasi,
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1356
sintezi asosida yuzaga kelgan bo‘lsada, hozirgi kunda ushbu fan nafaqat tabiiy fanlar (kimyo,
biologiya va h.k.) bilan, balki ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, tarix, iqtisodiyot, meditsina,
psixologiya va b.) bilan ham kuchli aloqadorliklarni hosil qilmoqda. Jumladan, astrofizik
hodisalarni bilish har bir kishi hayotida qandaydir darajada zarur bo‘lishi shubhasiz. Shuning
uchun ham “Astrofizika” fani pedagogika oliy ta’limi tizimining muhim o‘quv predmetiga
aylanib, insoniyatning Koinot to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarini rivojlantrishda va ulardan amalda
foydalanishga oid faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Astrofizika fani astronomiyaning asosiy va bosh yo‘nalishlaridan biri sifatida, Koinot
haqidagi fanlarning eng muhim tarkibiy qismiga aylandi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
ushbu fani o‘qitish samaradorligini oshirishga bugungi kunda zarurat sezilmoqda. Bunga asosiy
sabab, ushbu fan nisbatan yangi o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlariga endilikda
kiritilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ushbu fanni o‘qitishda turli ilmiy-metodik muammo va
murakkabliklarni yuzaga keltirmoqda. Bizningcha, ushbu muammolarni yechishda hozirgi
kunda fanlarni o‘qitish jarayonlarida eng samarali yondashuvlardan biri sifatida tan olingan
“integrativ yondashuv” dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Astrofizika” fani
o‘zining yuzaga kelishi jihatidan integrativ xarakterga ega bo‘lib, uni o‘qitish jarayonlarida ham
ushbu jihatga ustuvor ahamiyat berish lozimdir [4].
MUHOKAMA
Astrofizika fanini integrativ yondashuvlar asosida o‘qitishning metodik asoslari sifatida
quyidagi jihatlarni muhim deb hisoblaymiz:
1-jihat: Astrofizika fan sifatida:
- Astrofizikani fan sifatida yuzaga kelishini xarakterlovchi fizika va astronomiya fanlari
integratsiya;
- Astrofizikani boshqa fanlar bilan integratsiyasi(fanlararo integratsiya);
2-jihat: Astrofizika fani o‘quv predmeti sifatida:
- Astrofizika fanini o‘qitishda predmetlararo integratsiya;
- Astrofizika fanini o‘qitishda fanlarlararo integratsiya;
- Astrofizika fanini o‘qitishda mashg‘ulot turlari orasidagi integratsiya;
Biz yuqorida aytib o‘tgan jihatlar “Astrofizika” fanini integrativ yondashuv asosida
o‘qitishning mazmun-mohiyatini tashkil etib, uni quyidagi sxema orqali yaqqol ifodalash
mumkin(1-jadval).
, Astrofizika fan sifatida Astronomiya va Fizika fanlarining o‘zaro integratsiyasi, sentizi natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik,
astrofizik tadqiqotlar ko‘lami va hajmining ortishi boshqa sohalar bilan integratsiyalashiga olib
keldi. Masalan, Yerning turli qatlamlarida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni o‘zida izohlovchi
Geofizika fani bilimlarini Quyoshdagi fizik jarayonlarni bilishga tadbiq etilishi Quyosh haqidagi
yangi bilimlarni yuzaga keltirdi. Astrofizik o‘lchov asboblarini takomillashtirishga bo‘lgan
ehtiyoj o‘z navbatida astrofizika bilan materialshunoslik sohalarini o‘zaro yaqinlashtirdi.
Shuningdek, materialshunoslikka oid bilimlar Kosmik raketalarni, sun’iy yo‘ldoshlarni
yaratishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda aynan Kosmik raketalarni, sun’iy yo‘ldoshlarni
texnologik loyihalash ishlarida mexandislik texnologiyalaridan, aloqa almashinuvi va boshqaruv
faoliyatlarini amalga oshirish uchun esa Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanildi.
Sun’iy yo‘ldoshlarni Koinotga olib chiqishda va ma’lum bir astrofizik obyektlarni tadqiq etishda
kosmonavtlarning o‘rni muhim hisoblanadi. Tabiiyki, bunday sharoitda tibbiyot fanlariga ehtiyoj
yuzaga keldi va Kosmik fazoda insonlarni salomatligini saqlash, ularning normal hayotiy
faoliyatlarini ta’minlash masalalari astrofizika bilan tibbiyot fanlari integratsiyasini amalga
oshirishni talab etdi. Aynan shu talablarning va bu talablar asosida integratsiyaning rivoji
keyinchalik kosmik biologiya sohasini yuzaga kelishiga zamin yaratib, hozirda ushbu soha
jadallik bilan rivojlanmoqda. Tabiiyki osmon jismlari xususan, Quyosh nurlari Yerga o‘zining
turli xil ta’sirlarini ko‘rsatadi. Aynan Quyoshning Yerdagi biologik organizmlarga ta’sirini
o‘rganish natijasida Geliobiologiya sohasi yuzaga kelib, ushbu soha hozirgi kunda astrofizik
bilimlar integratsiyasi asosida jadal rivolanmoqda [1]. Shu bilan birga ushbu sohada qo‘lga
kiritilayotgan yangi bilimlar Quyoshdagi fizik jarayonlar haqidagi tasavvurlarni boyitib
bormoqda. Ma’lumki, nanotexnologiyalar hozirgi kunda fan va texnikaning, kundalik
turmushimizning barcha sohalariga chuqur singib bormoqda. Xususan, nanoo‘lchamdagi asbob
va qurilmalar astrofizik obyektlardagi fizik va kimyoviy jarayonlarni chuqur o‘rganish
imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan astrofizika bilan nanotexnologiyalarning
integratsiyasi insoniyatning Koinot to‘g‘risidagi bilimlarini yangi bosqichga olib chiqish
imkoniyatlarini bermoqda. Olamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalarda neytrino
masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib, Koinotning turli strukturali holatlarda bo‘lishini
bilishning asosi hisoblanadi. Aynan ushbu soha hozirda astronomiyaning yangi yo‘nalishlaridan
biri bo‘lgan “Neytrino astronomiyasi” bo‘lib, u Quyosh neytrinosiga oid bilimlarga tayangan
holda neytrino zarrasining Koinotda yuz bergan va berayotgan jarayonlardagi o‘rnini tadqiq
etadi. Ma’lumki, bizga eng yaqin yulduz bo‘lgan Quyoshda vaqti – vaqti bilan aktivlik darvlari
yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida “Quyosh-Yer” tizimida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Ya’ni ko‘plab tadqiqotlarda Quyosh aktivligining yerdagi insonlarga va boshqa biologik
organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan. Xususan, Quyoshning passivlik davrida Yerdagi
insonlarning hayot tonusi ham ma’lum ma’noda kamayadi, aktivlik paytlarida esa ortadi. Shu
bilan birga aktivlik davrida insonlarda turli kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi sodir
bo‘ladi. Shuningdek, Quyoshdagi avtivlikning o‘zgarishi biologik organizmlarning rivojlanishiga
ham jiddir ta’sir etishi mumkin. Natijada butun Yer sistemasi iqtisodiyotida o‘zgarishlar yuzaga
kelishi ham mumkin. NASA ning ma’lumotlariga qaraganda, 2007-2008 yillarda Quyosh
o‘zining eng passivlik davrini namoyon etgan. Natijada insonlarning hayotiy faoliyatlariga ham
ushbu jihat ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatgan. Boshqa ta’sirlarni ham inobatga olgan holda
aytish mumkinki, 2008 yilda butun dunyoda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz Quyoshdagi
aktivlikning eng minumum davri ham ma’lum ma’noda aloqadorliklarga ega. Bundan tashqari,
hozirgi kunga kelib energiyaga bo‘lgan talab juda ortib bormoqda. Bu esa insoniyat oldiga
energiyaning muqobil manbalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni talab
etadi. Aynan Quyosh energiyasidan foydalanish o‘zining iqtisodiy samaradorligi va ekologik
tozaligi bilan ajralib turadi[2]. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning turli sohalariga o‘zining
ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, iqtisodiyot sohasi astrofizik jarayonlarga ham bog‘liq ekan. Bu esa
o‘z navbatida astrofizika bilan iqtisod sohalarini bir-biri bilan yaqinlashtiradi.
2. Astrofizika o‘quv predmeti sifatida
Bizningcha, o‘quv predmetlarini integratsiyalashning eng asosiy shartlaridan biri ular
orasidagi umumiy jihatlarni aniqlash, o‘zaro aloqadorliklar mohiyatini anglash, sabab-oqibat
tizimidagi “zanjirlar”ni mantiqiy izchilikda izohlash hisoblanadi. Biz astrofizikani predmetlararo
gorizontal integratsiyasi sifatida pedagogik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan asosiy blok
fanlarini nazarda tutish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki, Mexanika, Molekulyar fizika va
termodinamika, Elektromagnetizm, Optika, Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi, Nazariy
fizika fanlari bo‘yicha talabalar tomonidan egallangan bilimlar Astrofizika fanini o‘zlashtirishda
fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunga sabab, astrofizik obyektlarni yaxlit
o‘rganganimizda biz yuqoridagi fanlarning barchasiga murojaat qilamiz. Demak, astrofizika
o‘quv predmetining gorizontal integratsiyasi astrofizik obyektlarning tabiatini yuqoridagi
fanlarga tegishli bo‘lgan jihatlar orqali ifodalanishida ko‘rinadi. Masalan, har qanday osmon
jismi mexanik, molekulyar fizik va termodinamik, elektromagnit, optik va boshqa
xarakteristikalar orqali ifodalanadi [3].
Bunda o‘quv fanlarining o‘zi umumiy nazariy konsepsiya asosida qurilishi zarur.
Jumladan “Astrofizika” va boshqa tabiiy fanlar masalan “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” o‘quv
materiallarini integratsiyalashda ularning oldidagi asosiy muammolardan biri turlicha yondashuv
asosida mazmunini strukturalash masalasidir. Xususan, astrofizik hodisalarni o‘rganishda bir
vaqtning o‘zida barcha fizik nazariya va qonuniyatlar qo‘llaniladi. Ushbu vaziyatda astrofizik
bilimlar Fizika kursi o‘quv materiallari asosiy tushunchalar atrofida birlashtirilgan, ya’ni
“harakat”, “modda”, “maydon”, “energiya”, ularga mos fizika bo‘limlari “Mexanika”,
“Molekulyar fizika”, “Elektrodinamika”, “Optika”, “Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi”,
“Nazariy fizika” va h.k. Bunda asosiy holatlar klassik mexanikada barcha jismlar harakati hamda
osmon jismlarining harakati namoyish etiladi. Asosiy Maksvell elektrodinamikasi g‘oyalari esa
radioto‘lqin, ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik, infraqizil, ultrabinafsha va rentgen nurlarda o‘z
aksini topgan, yadro fizikasi qonuniyatlari esa yadro energetikasi hamda Quyosh va
yulduzlarning nurlani energiya mexanizmlarini tushuntiradi. Bu turlicha yondashuvlarni o‘quv
materiallarida strukturalashtirish astrofizik muammolarga qo‘llaniladigan bosh tamoyillarni
qo‘llash asosida bo‘ladi. Buning uchun quyidagi 3 ta tayanch tushunchalar asos bo‘ladi:
“sayyora”, “yulduz” va “koinot”. Bu tushunchalar haqidagi bilimlarni talabalar ongida
rivojlantirishda ular umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, ALda Fizika kursiga ta’lluqli bo‘lgan,
shuningdek, pedagogika oliy ta’lim muassalarida “Umumiy fizika” kursining turli bo‘limlariga
tegishli bo‘lgan va “Astrofizika” fani o‘tilgunga qadar o‘rganilgan materiallar umumlashtiriladi.
Bu umumlashtirishlar bosh g‘oyalarda umumlashtiriladi va OTM o‘quv rejasining “Astrofizika”
faniga oid dasturlarida shakllantiriladi[5].
XULOSA
Zamonaviy yutuqlarni qo‘lga kiritishda fizika va astronomiya integratsiyasini ta’minlash
ilmiy-texnik taraqqiyot, kosmonavtika va zamonaviy global muammolarni yechishdagi asosiy
yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda. Bu esa bevosita astrofizikani o‘qitish jarayonlarini
gumanitarlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin