boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ma’naviyatiniturli tahdidlardan asrashda xalq og‘zaki
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ma’naviyatiniturli tahdidlardan asrashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni.
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi
Agarda ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati o’rganilsa va tahlil qilinsa; yosh avlod ma’nayiy tarbiyasining tarixiy ildizlari o’ganilsa; o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maqol, hikmatli so’z, aytishuvlardan foydalanishning ahamiyati ochib berilsa; boshlang‘ich ta’lim jarayonida o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar izchillik asosida olib borilsa; - xalq o’gzaki ijodi vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish jarayonining samaradorlik darajasi aniqlansa, kutilgan samaradorlikka erishish mumkin
1. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash, uning tizimi va xususiyatlarini ishlab chiqish. 2. Dars jarayonida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish metodikasini yaratish. 3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar manaviyatini shakllantirishni ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar ishlab chiqish, ilmiy asoslash va tajribada tekshirish. 4. Xalq og’zaki ijodi vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar tayyorlash.
- boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, o‘quvchilar bilan mavzu bo‘yicha umumiy, yakka tartibda yozma va og‘zaki suhbatlar uyushtirish, anketa so‘rovlarini o‘tkazish; - maxsus ishlanmalar asosida bajarilgan ishlarni pedagogik eksperimentdan o‘tkazish; - tajriba-sinov ishlarini olib borishda zamonaviy interfaol usullardan foydalanish; - tajriba-sinov natijalarini matematik-statistik jihatdan qayta ishlash va umumlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezidentimiz I.A.Karimovning ma’naviyat va ta’lim-tarbiya haqidagi asarlari hamda nutqlari, milliy istiqlol g‘oyasi; asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasi, O‘zbekiston davlatining milliy va ma’naviy qadriyatlari haqidagi Farmonlari, hukumatimizning umumiy o‘rta ta’lim haqidagi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standarti, konsepsiyasi, nutq madaniyatiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik ta’limotlar, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik, metodik manbalar tashkil etadi - ma’naviyat tushunchasining mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi; - boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi va uning xususiyatlari aniqlandi; - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish mashqlari ko‘rsatib berildi; - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish tizimi uni o‘quv–tarbiya jarayonida amalga oshirish uslubiyati ishlab chiqildi; - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish bo‘yicha dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar yaratiladi
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertak-larning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar asosan mo`jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo`jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog`lab, haqiqat, ozodlik, to`g`rilik, [459] odamiylik kabi didaktik g`oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag`ishlaydi, tinglovchi e`tiborini o`ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg`ular dunyosiga g`arq etadi
o‘zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg‘ulari qo‘shiqlarda eng go‘zal ichki kechinmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyon bo‘ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod o‘zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanini anglab yetadi.