International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https:
econferencezone.org August 15
th
2022
28
BOSHLANG’ICH TALIMDA O’YIN – TA’LIMIY FAOLIYAT SIFATIDA
Yoriyeva Moxigul Oltinovna
Buxoro shahar 22-IDUM, boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim sohasida pedagoglarning darsda har xil interfaol usullardan,
o’yinlardan foydalanib sifatli dars rejalarini tashkil qilish haqida aytilgan.
Bolalarning
o’yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyanish
ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: Dunyoqarash, motiv, psixik, ijodiy va syujetli o’yinlar, afsonaviy obrazlar.
Abstract
This article tells about the organization of quality lesson plans by pedagogues in the field of
education using various interactive methods and games. Through children's games, it is shown
that socially useful, that is, high human feelings are cultivated in them.
Keywords: Worldview, motive, psychic, creative
and plot games, legendary characters
Bolalarning
yetakchi
faoliyati
o’yindir.
Bolalarning
o’yin
faoliyatlari
masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Ma’lumki, bolaning yoshi ulg`ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari,
uning
atrofidagi narsa va hodisalar bo’yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Bola atrofidagi narsalar
dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo’lishga intiladi.
Shu narsa ahamiyatliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining haddi sig’adigan
narsalari
bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan, o’zining kuchi ham
yetmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo’lishga intiladi.
Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o’zi haydagisi,
rostakam otga minib yurgisi,
uchuvchi bo’lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo’lgisi keladi. Tabiiyki, bola
o’zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham xaqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Bu o’rinda
savol tug’iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor
imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo’l bilan xal qilinadi? Bu qarama-qarshilik
birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o’yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni
quyidagicha izohlab berish mumkin:
-
birinchidan, bolalarning o’yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga
qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o’yinga undovchi sabab (motiv)
kelib
chiqadigan natija bilan emas, balki shu o’yin jarayonidagi turli
harakatlarning mazmuniga
bog’liqdir;