Boshlang'ich ta'limda yaratilgan barcha alifbeni qiyosiy tanqidiy tahlili reja


Savod o’rgatish mashqlarining asosiy turlari



Yüklə 35,73 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü35,73 Kb.
#210520
1   2   3   4   5   6
Boshlang\'ich ta\'limda yaratilgan barcha alifbeni qiyosiy tanqidi-fayllar.org

Savod o’rgatish mashqlarining asosiy turlari


Tovush ustida ishlash. Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish davrida so’z va bo’g’inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diktsiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi.
I. Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so’zni ajratish; so’zni aniq talaffuz qilish;
bo’g’inlarga bo’lish va bo’g’inlarni aniq talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish va uni boshqa bo’g’inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni ajratgan holda so’zni bo’g’inlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish).
2. Darsda o’rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
Bu jarayonda Omonashvili ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O’quvchilar o’rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so’ng uning o’qilishi va fonetik belgilari ustida ishlanadi:
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, odatda, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi.
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo’g’inlarni sanash: Olmaol-ma; o-l-m-a  to’rtta tovush, to’rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo’g’in .... Bu usuldan o’quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.


II. Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2. O’rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo’g’in jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o’rin tutadi. O’quvchi so’zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo’lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu  sintezdir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning faol fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o’quvchilarning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, “muammoli” vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo’g’inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko’rgazma), kadoskop va shu kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi.
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilar nutqini o’stirishdir. Nutq o’stirish uch yo’nalishda: so’z ustida ishlash, so’z birikmasi va gap ustida ishlash, bog’lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o’rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha ish olib boriladi.


Xulosa
Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishi, o’quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo’ymasligi kerak.
Alifbe birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta o’zlashtirishga tayyorlaydi.



Yüklə 35,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin