Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika



Yüklə 53,66 Kb.
səhifə1/7
tarix30.09.2023
ölçüsü53,66 Kb.
#151237
  1   2   3   4   5   6   7
Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pe


 Mundareja: Kirish……………………………………………………………………….……...2
I-BOB. Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berish
1.1. Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika …………………….…………………………………………...................4
1.2. Yosh avlodni voyaga yekazishda tarbiyaning ahamiyati ………..……..8
II-BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish……..….17
2.2. O'zbek xalq pedagogikasi va nafosat tarbiyasi…………………………22
2.3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya turlarini shakllantirish borasida olib boriladigan ishlar …………………………………………….……………..…26
Xulosa ……………………………………………………………..……….…….29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..........30

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang’ich sinif o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishga e’tibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, shu bilan birga diologik yo’nalishdagi o’quv fanlarning xususuyatlarini o’rganish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning ilmiy nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishning davr talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun esa xoxlaysizmi, yo’qmi, oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatiga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi. Negaki, aynan ular ertangi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya beradi. Shunin uchun ham biz o’zimizning bitiruv malakaviy ishimizda bu muammoni tadqiq etishni maqsad qilib qo’ydik.
Talabalarda go’zallik haqidagi mavjud bilimlar hayot voqyeligi, buyumlar,ularning rang-barangligi, turlarini hamda san’at asarlarini estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib topgan. Ular tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san’at asarlari:grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa asarlari bilan kundalik faoliyatimizda duch kelishadi va ularni o’zgartirib boradi. Nafosat tarbiyasi – yoshlarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish orqali, ularda go’zallika ijobiy munosabat uyg’otish va o’zlarining hayot tarziga go’zallikni olib kirishni tarbiyalashdir. Yoshlar nafosat–go’zallik to’g’risidagi bilimlarni o’zlarini qurshab turgan tevarak atirofdagi tabiat go’zaligi, oila a’zolarining o’zaro samimiy munosabatlari, beqiyos san’at asarlari va baddiy asarlardan oladi. Nafosat to’g’risidagi bilimlar yoshlarni hatti –harakatlarini, o’quvchilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. Nafosat tarbiyasining, mazmuniga xalqimizning boy madaniy merosini xalqning nafosatga oid bilimlarini badiiy didini xalqimizning ma’naviyatini, sog’lom turmush tarzini kiritsak bo’ladi. Nafosat tarbiyasi –eng avvalo xar bir yoshda badiiy hissiyot tuyg’ularini,badiiy didni tarbiyalashga qaratiladi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, u har bir yoshni o’zini nazorat qilishga sa’yi – harakatlarini tartibga solishga odatlantiradi. Did farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida yurish tyrishida, jamiyatga bo’lgan munosabatida, u yoki bu voqealarga real yondashishda yaqqol ko’zga tashlanadi.

Yüklə 53,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin