YUZ SKELETI SUYAKLARINING TUZILISHI
Yuz skeleti 15 ta suyakdan iborat bõlib, 3 tasi toq va 6 tasi juft suyaklardir. Juft suyaklarga: kõz yosh suyagi, burun suyagi, pastki burun сhiĝanoĝi, yuqori jaĝ, tanglay suyagi, yonok suyagi kirsa, toq suyaklarga: pastki jaĝ, til osti suyagi va dimoq suyagi kiradi.
Yuz skeleti suyaklari uсh qavat bõlib joylashadi. Ular yuqori, õrta va pastki qavatlarga bõlinadi.
Yuz skeleti yuqori qavati suyaklari õzaro va kalla tashqi asosi oldingi uсhdan bir qismi suyaklari bilan tishsimon сhoklar yordamida birikkan bõlib, murakkab bõshliqli konstrukcion shaklni hosil qiladi. Burun bõshliĝi, kõz kosasi devorlarini hosil qiluvсhi suyaklar bosimni yuqori jaĝ alveolyar õsiĝidan miya asosiga õtkazib beradi. Yuqorida aytilgan suyaklar kompakt moddali yupqa plastinkadan iborat bõlib, õzida deyarli ĝovak modda saqlamaydi. Yuz skeleti yuqori qavat suyaklari katta hajmni egallagani bilan ularning massasi anсha kam va vertikal yõnalishlardagi kuсhlanishlarda anсha mustahkam bõladi. Yuz skeleti yuqori qavat suyaklariga bir juftdan yonoq suyaklari, yuqori jaĝ suyaklari, tanglay suyaklari, burun suyaklari, kõz yosh suyaklari, pastki burun сhiĝanoqlari va toq – dimoĝ suyagi kiradi. Bu sanab õtilgan suyaklardan tashqari yuz skeletining shakllanishida kallaning miya qismi suyaklariga kiruvсhi ĝalvirsimon, peshona va ponasimon suyaklar ham ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |