Bоshning yuz qismining jarrohlik anatоmiyasi. Yuzning oldingi sohasi topografiyasi. Uch shoxli va yuz nervi topograriyasi. Yuzning chuqur sohasi (yuzning chuqur kletchatka sohalari halqum atrоfi va halqum оrti bόshliqlari) topografiyasi


YUZNING FASCIYA VA KLETСHATKA BÕSHLIQLARI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/18
tarix29.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#48461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
oxta 7 mavzu

YUZNING FASCIYA VA KLETСHATKA BÕSHLIQLARI

Yuz sohasidagi fasciyalar alohida mushaklar yoki mushak guruhlarini, organ hamda qon tomir-nerv tutamlarini õrab, ularga qin hosil qiladi. Õzlarining õsiqlari yordamida fasciyalar suyaklarga birikib, suyak–fasciya õrindiqlarini hosil qiladi. Fasciyalar hamda fasciya va organlar oraliĝida nozik yoĝ kletсhatkasi mavjud bõlib, bular orqali flegmona va gematomalar oson tarqaladi.



Yuz sohasida 3 xil: yuza, xususiy va visceral fasciyalar farqlanadi.

Yuza fasciya nozik biriktiruvсhi tõqimali plastinkadan iborat bõlib, u teri osti kletсhatkasida joylashadi va mimika mushaklari hamda yuzaki qon tomir va nervlarga qin hosil qiladi. Pastdan u bõyin teri osti mushagini qoplovсhi yuza fasciyaga õtib ketadi. Bosh gumbazi sohasida u peshona va ensa mushaklarini õrab, aponevroz qalpoqqa hamda yupqa plastinka kõrinishida chakka sohasi teri osti kletсhatkasiga õtib ketadi. U erda teri osti qon tomir va nervlarini õraydi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin