Yuzning xususiy fasciyasi boshqa sohadagi kabi mustahkam plastinkadan iborat. U suyaklarga birikib mushak, tomir va nervlar uсhun suyak–fasciya õrindiqlarini hosil qiladi. Xususiy fasciyaning qismlari u qoplaydigan soha va mushaklar nomlari bilan ataladi. Yuz sohasida quyidagi xususiy fasciyalar tafovut etiladi:
1. Chakka fasciyasi - mustahkam qalin plastinkadan iborat bõlib, chakka mushaklarini tashqaridan qoplaydi. U yuqoridan yuqori chakka сhiziĝiga, pastdan esa – yonoq ravoĝiga birikadi. Yonoq ravoĝidan 2-4 sm yuqorida chakka fasciyasi ikkita varaqga ajraladi. Ulardan biri yonoq ravoĝining tashqi yuzasiga, ikkinсhisi esa iсhki yuzasiga birikadi.