06.01.2020 yildagi O‘RQ-600-son Davlat boji to’g’risida
b) Davlat xizmatlari markazlarida
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda
BHMning 10 baravari
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik birlashmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda
BHMning 4 baravari
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini hamda yuridik shaxslar birlashmalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda
BHMning 1 baravari
v) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit byurolarni
BHMning 1 baravari
g) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun
BHMning 48 baravari
d) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xalqaro jamoat tashkilotlarini ro‘yxatga olish uchun