1
|
Yuridik shaxslarning qanday tashkiliy-huquqiy shakllarini mavjud?
|
Yakka tartibdagi tadbirkor
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor
Yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti
Yuridik shaxs tashkil etmagan hunarmandchilik faoliyati subyekti
Aksiyadorlik jamiyati
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
To‘liq shirkat
Kommandit shirkat
Ishlab chiqarish kooperativi
Unitar korxona
Davlat unitar korxonasi
Xususiy korxona
Oilaviy korxona
Fermer xo‘jaligi
Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaligi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
|
2
|
2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan qanday ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi? Mazkur o‘zgarish qaysi normativ-huquqiy hujjatda o‘z aksini topgan?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2021 yildagi PF-6269-son
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:
tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;
davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;
qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;
kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;
jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;
jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;
fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;
b) quyidagi hujjatlarni:
moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.
|
3
|
Kommunal sohada “yagona mijoz” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatishning mohiyatini tushuntirib bering.
|
Kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlarni (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suv va oqova suv tizimi ta’minotlari) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lash, bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida noyob raqamdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2021 yildagi PF-6269-son
|
4
|
2021 yil 1 iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlaridan qanday ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan talab qilish bekor qilingan? Mazkur o‘zgarish qaysi normativ-huquqiy hujjatda o‘z aksini topgan?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.03.2021 yildagi PF-6191-son
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
sudlanganlik;
manzil-ma’lumot axboroti;
fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
turar joyning maydoni;
soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
pensiya va nafaqa miqdori;
pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;
b) quyidagi hujjatlarni:
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.
|
5
|
Respublikamizda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi vakolatli davlat organlarini aytib bering? Bunda Davlat xizmatlari markazlarining o‘rni qanday?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.03.2021 yildagi PF-6191-son
7. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ hisoblanadi;
davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
|
6
|
Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda arizachilar tomonidan ortiqcha to‘langan pullar qanday tartibda qaytariladi?
|
23.03.2021 yildagi PF-6191-son
davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan to‘lovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish uchun qo‘shimcha to‘langan yig‘imlar summasi (tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda qaytarib berilgan mablag‘lar Vazirlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan regress tartibida undirib olinadi.
|
7
|
Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat Reestridagi ma’lumotlar, tadbirkorlik sub’ektida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari ma’lumotlari, shuningdek turli reestrlardagi ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda qaysi ma’lumotlar yuqori kuchga ega bo‘ladi?
|
09.02.2017 yildagi 66-son
Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi;
Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Reyestrning, 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi
|
8
|
Qandy holatlar Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat Reestriga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi?
|
09.02.2017 yildagi 66-son
9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi:
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektini Reyestrdan chiqarish, Reyestrdagi mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi, shuningdek tadbirkorlik subyekti bankrot deb tan olinganda;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
|
9
|
Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reestridan axborot taqdim etish tartibini tushuntirib bering. Axborotlar qanday holatlarda to‘lov asosida va qanday holatlarda bepul beriladi?
|
09.02.2017 yildagi 66-son
11. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘zi to‘g‘risida ko‘chirma
|
Bepul
|
Bepul
|
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirma, maxfiy axborot bundan mustasno
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida
|
|
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining o‘ziga nisbatan bitta hujjatni berish
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi miqdorida
|
|
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida
|
Bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida
|
|
|
10
|
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini aytib bering.
| |