qo‘shib yuborish deganda o’z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha yuridik shahsning barcha huquqlari va majburiyatlarini o’tkazish yo’li bilan yangi yuridik shaxsni tashkil etish tushuniladi.
Yuridik shaxslar qo’shib yuborilganda ulardan xar birining xuquq va burchlari topshirish hujjatlariga muvofiq o’tadi.
Qayta tashkil etish faqat DXMlar orqali 09.02.2017 yildagi 66-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomda yuridik shaxsni davlat ro’yhatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
25. Qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Tizim vositasida amalga oshiriladi.
qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etilganda — yangidan tuzilgan tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshiriladi.
30
|
Jamiyatni birlashtirish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
|
Qo’shib olish (birlashtirish) deganda, bir yoki bir necha yuridik shaxsni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga o’tkazgan xolda tugatish tushuniladi.
Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo’shilganida, bu yuridik shaxsga qo’shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o’tadi.
Qo’shib olish yo’li bilan qayta tashkil etilganda-qo’shib olish amalga oshirilayotgan tadbirkorlik subyektining-yurudik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan bog’liq bo’lgan qayta ro’yhatdan o’tkazish Reestrga qo’shib olingan yuridik shaxs faoliyatini tugatish to’g’risida yozuv kiritish bilan amalga oshiriladi.
A korxonaga B korxona qo’shilganda A korxona qayta tashkil etiladi, B korxona tugatiladi.
Qo’shib yuborish, bo’lish va o’zgartirish yo’li bilan qayta tashkil etilganda- yangidan tuzilgan tadbirkorlik subyektini-yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish Faqat DXMlarda qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar joylashgan joyidagi ro’yxatdan o’tkazuvchi organidan amalga oshiriladi.
|
31
|
Jamiyatni bo‘lish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
|
Bo’lish deganda yuridik shaxni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan yuridik shaxslarga o’tkazgan xolda tugatish tushuniladi.
Yuridik shaxs bo’lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o’tadi.
Sug’urtalovchilarni (qayta sugurtalovchilarni) qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish shaklida qayta tashkil etish Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta bozorini rivojlantirish Agentligining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
|
32
|
Jamiyatni ajratib chiqarish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
|
Ajratib chiqarish yo’li bilan qayta tashkil etilganda- qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’yekti- yuridik shaxsga nisbatan uning ta’sis hujjatlari bilan bog’liq bo’lgan qayta ro’yxatdan o’tkazish, ajratib chiqarilayotgan tadbirkorlik subyekti- yuridik shaxsga nisbatan esa – yangidan tuzilgan tadbirkorlik subyektini - yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish amalga oshiriladi.
Ya’ni A korxonadan B korxona ajralib chiqqanda, A korxona qayta tashkil etiladi, B korxona yangi tashkil etilgan korxona xisoblanadi va yangidan ro’yxatdan o’tkaziladi.
|
33
|
Jamiyatni qayta tuzish deganda nimani tushunasiz va uning tartibini tushuntirib bering?
|
|
34
|
Proaktiv xizmat nima? Uni misol bilan tushuntirib bering.
|
Davlat organlarining o‘z tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishni nazarda tutuvchi davlat xizmatlari.
Misol: “proaktiv shakl”da nafaqa tayinlash — qonunchilik hujjatlariga muvofiq nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgan shaxsga uning biror bir shakldagi murojaati talab etilmaydigan, inson omilisiz vakolatli organ tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot tizimlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi va parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
20.04.2022 yildagi PF-113-son
|
35
|
Kompozit xizmat deganda nimani tushunasiz va O‘zbekistonda kompozit tarzda ko‘rsatiladigan qanday xizmatlarni bilasiz?
|
20.04.2022 yildagi PF-113-son
Kompozit xizmat- fuqaroning bitta so‘rovi asosida o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini taqdim etish.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yangi ulangan iste’molchilarga ta’minot shartnomasi bilan bir vaqtda abonentning shaxsiy raqamini taqdim etish
Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
FHDYo bo’limlarida tug’ulganlik haqida guvoxnoma berish bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo’yish.
|
36
|
Mobil-ID tizimi nima va undan qanday foydalanish mumkin?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.04.2022 yildagi PF-113-son
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalash tizimi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Mobil-ID tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
▪️ OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
▪️ Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
▪️ elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
▪️ foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʻlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
▪️ qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
|
37
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning qanday yangi tartibi nazarda tutilgan?
|
fuqarolarning imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini shaxsga doir ma’lumotlar bilan raqamlashtirish
“Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi shart. Bunda, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish tegishli litsenziyaning talab va shartlaridan biri hisoblanadi.
Shaxsga doir ma’lumotlarning konfidensialligini va ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida 2022-yil 1-avgustdan boshlab shaxsga doir ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda olishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
davlat organlari tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali so‘rab olinganda shaxsga doir ma’lumotlar subyektining YIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamiga bu haqida xabarnoma yuboriladi (bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holatlar mustasno);
xo‘jalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishda shaxsga doir ma’lumotlar uning subyekti roziligi bilan “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi. Bunda, ma’lumotlar tegishli tashkilotga shaxsga doir ma’lumotlar subyektining YIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tgan mobil telefon raqamidan tasdiq olingandan so‘ng “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.
Davlat personallashtirish markazi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolat, funksiya va faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, “Elektron hukumat” tizimi orqali shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish doirasi va chegaralarini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
|
38
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son Farmoni bilan Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
|
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan
MILLIY STRATEGIYASI
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Strategiya davlat xizmatlarini ko‘rsatishning joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi eng yaxshi tajribalarini hisobga olgan holda, “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida” (Citizen — centric service) tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishning qulay usullarini yo‘lga qo‘yish;
Markazlar va YIDXPga yangi xizmatlarni joriy etishdan oldin ularning tartib-taomillarini soddalashtirgan holda, asosan ma’lum bir hududda eksperiment tariqasida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tartibga solish ta’sirini baholash;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini sudgacha ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlarini belgilash;
YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
elektron hukumat, davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash;
Markazlar faoliyati samaradorligini oshirish;
ayrim davlat xizmatlarini xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
1-ILOVA
|
39
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi PF-113-son Farmoni bilan Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyaning asosini tashkil qiluvchi tamoyillarni aytib bering
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
1-ILOVA
Quyidagi tamoyillar Strategiyaning asosini tashkil qiladi:
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida (Citizen — centric service). Bu tamoyil davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi undan foydalanuvchi uchun maksimal qulaylik yaratgan holda yo‘lga qo‘yilishini nazarda tutadi. Bu, o‘z navbatida, davlat xizmatlarini joriy etish va takomillashtirishda foydalanuvchilarning faol ishtirokini ham taqozo etadi.
Kam xarajat bilan yuqori ijtimoiy qiymat yaratish. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarning ehtiyojlari yuqori darajada qondirilishini ta’minlash uchun davlat ilg‘or boshqaruv texnologiyalaridan, davlat-xususiy sheriklik va bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan samarali foydalanishi zarur.
Davlat xizmatlarini innovatsion rivojlantirish. Davlat xizmatlari tizimida innovatsiyalarni joriy etish, sifatni monitoring va nazorat qilish, o‘z vaqtida tezkor tuzatishlar kiritish mexanizmi qo‘llanilishi kerak.
Huquqiy aniqlik va xavfsizlik. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish qonun asosida, ma’muriy tartib-taomillarga muvofiq hamda tegishli qarorlar va xatti-harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratning ishonchli kafolatlari bilan amalga oshirilishi lozim.
|
40
|
Davlat xizmatlari markazlarida aholiga xizmat ko‘rsatishda qaysi axborot tizimlaridan foydalaniladi va ular qaysi sohadagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi?
|
YAIDXP portalining tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatidan oʻtkazish moduli - https://office.birdarcha.uz/
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko’rsatish tizimi - https://dxa.gov.uz/
Elektron raqamli imzo tizimi - https://ra.yt.uz/
Topilmalar avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi - https://topilmalar.davxizmat.uz/
Litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlar tizimi - https://office.licenses.uz/
|
41
|
Tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs turlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik va qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi?
|
|