Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:
tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;
taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak;
kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining roziligini tasdiqlovchi hujjat — sud sanatsiyasi jarayonida bo‘lgan yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish).
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ushbu Nizom 12-bandining yettinchi xatboshida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tish qismida, to‘qqizinchi, o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.
12. Tizim vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishlicha so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori — davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;
topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda;
taqsimlash balansi — bo‘lishda va ajratib chiqarishda.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega.
43
Kimlar Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda, tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin va arizachining vakolatlarini tasdiqlaydigan qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?