Reja: Reklama nima? Ta`lim va reclama uyg`unligi



Yüklə 66,94 Kb.
səhifə1/2
tarix24.03.2023
ölçüsü66,94 Kb.
#89652
  1   2
Axborot kutubxona muossasalarida reklamani tashkil etish.



Bajardi: Raxmatullayeva Maloxat

MUSTAQIL ISH
Axborot kutubxona muossasalarida reklamani tashkil etish.

Axborot kutubxona muossasalarida reklamani tashkil etish.


Reja:

  1. Reklama nima?

  2. Ta`lim va reclama uyg`unligi.

  3. Marketing sohasida kitobxonlik.

  4. Reklama faoliyatini rejalashtirish.

Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi.


Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar.
Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.
Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:
– birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi, buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;
– ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;
– uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi.
Reklamaning bozordagi sotuvchi va xaridorlar hamda tovar va xizmatlarning keskin raqobatchilar bilan aloqasi quyidagi tushunchani shakllantiradi:
“Reklama – reklama beruvchi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning har xil matnlarini, u foydalangan tahlil yoki boshqa vositalardan qat’i nazar, shu jumladan, bosma, nashr qilish yo‘li bilan, efirga uzatish yo‘li bilan iste’molchilarni ommaviy o‘rganish, foydalanish yoki yetkazish maqsadida uchinchi shaxslarga nisbatan reklama beruvchi to‘g‘risida uning tovarlari, ularning xususiyat, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar to‘g‘risida, shu maqsadlarning reklama beruvchi uning
tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi, bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi».
Reklama talabga ega bo‘lmagan tovarlarni sotilishini tezlashtirish uchun ishlatilgan. Bozorning shakllanishida boshlangan yangi jarayon reklamadan foydalanish va rivojlanishida o‘ziga xos yangi yo‘llarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘tishining dastlabki bosqichlarida reklama aholini import tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini, jumladan, elektron hisoblash va orgtexnikalar, bank, birja, sug‘urta kompaniyalari xizmatlari, mamlakatda va uning tashqarisida biznes maktablarida o‘qitish, biznes bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar to‘g‘risida barcha ommaviy axborot vositalarida aholiga ma’lumotlarni yetkazishdan iborat edi.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan reklamaning iqtisodiy roli ham ortib boradi. Reklama tufayli xaridor tanlashda qaysidir tovarga xohishini bildiradi, shu bilan u oldi-sotdi jarayoni, moliyaviy mablag‘larni aylanishini tezlashtiradi. To‘g‘ri tashkil qilingan reklama axborot faoliyati bozor sharoitlarida nafaqat butun iqtisodiy tizimga balki tarmoq, korxona ayrim iste’molchiga ham ta’sir qiladi. Bunda reklamaning ta’siri ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjudligi tabiiy holdir.
Reklama faoliyatini tashkil qilish tadbirkorlik faoliyatida talabni ko‘paytirishga, ushlab turishga yoki barqarorlashtirishga yordam beradi. Hayot darajasini ko‘tarish uchun rag‘batlantiradi.
Reklama faoliyatining asosiy vazifasi bu tovarlar va xizmatlarni kerakli joyda va kerakli vaqtda, kerakli iste’molchiga yetkazib berishdan iboratdir. U faqatgina tovar va xizmatlarni iste’molchiga yetkazib berish vositasi bo‘lishi kerak. Reklama amaliyotida shuni esda tutish lozim: reklama muvaffaqiyat qozonishi uchun u to‘g‘ri, haqiqatga mos bo‘lishi, reklama qilinayotgan tovarning haqiqatdan ega bo‘lgan sifatlarini ko‘rsatishi kerak. Noinsof reklama balki shovqin ko‘tarishi mumkin va ma’lum muvaffaqiyat olib kelishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyatdek vaqtinchalik ko‘rinishi mumkin, aslida esa tadbirkorning bozordan chiqib ketishini tezlashtiradi.
Reklama faoliyati ushbu sohaning asoslarini chuqur bilishni talab qiladi. Shu bilan bir vaqtda hozirgi milliy reklamalar ko‘pincha tajribali mutaxassislarni va xodimlarni ishtirokisiz tashkil qilinayotganligi sababli boshqa xorijiy reklamalardan keskin ajralib turadi. Ushbu fikrimizni isboti sifatida, gazeta, jurnal, radio, televideniyadagi reklama e’lonlari misol bo‘la oladi.
Chet elda reklama materiallarini barpo qilish asosida yotadigan asosiy tamoyillar quyidagicha:
– har qanday reklama toza, to‘g‘ri va haqiqiy bo‘lishi kerak;
– har qanday reklama jamiyat oldida javobgarlik hissi bilan tashkil qilinishi va sof raqobat tamoyillariga javob berishi kerak;
– hech qaysi reklama reklamaga bo‘lgan iste’molchilar ishonchiga putur yetkazishi mumkin emas.
Bizning mamlakatimizda ham tovar va xizmatlarning reklama qilishda ushbu asosiy tamoyillarni qo‘llash o‘rinlidir.
Reklamani yorituvchilar shuni esda tutishlari kerakki, “Reklama o‘zo‘- o’zidan tovarlarni past sifatini kompensatsiya qila olmaydi. Bundan tashqari bunday reklama sifatsiz tovarlarga bo‘lgan salbiy qarashni kuchaytirishi mumkin, chunki ko‘pchilik xaridorlar reklama ta’sirida uni sotib oladilar va yomon taassurot aholi o‘rtasida tarqalishi mumkin”.
Ana shunday holatda reklama ta’sirida ushbu mahsulotga nisbatan va reklamaga nisbatan iste’molchilarda salbiy tasavvur hosil bo‘ladi, bunday holat tadbirkor uchun yaxshi natijalarni olib kelmaydi. Mahsulotni ishlab chiqarishdan uni realizatsiyasigacha bo‘lgan hamma bosqichlar reklama ta’sirining faol dasturi sifatida mujassamlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi. Xorijiy marketologlarning fikricha, bozorda talabni shakllantiruvchi va rag‘batlantiruvchi tadbirlar tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Reklama.
2. Rag‘batlantirish vositalari.
3. Targ‘ibot-tashviqot matbuot.
Reklama muhim elementlaridan biri bo‘lib, sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
“Reklama – moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash manbasi aniq ko‘rsatish bilan pullik axborot tarqatish vositalari vositachiligi orqali amalga oshiriladigan kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini namoyon qiladi”.
“Reklama – bu tovar yoki tadbirkor faoliyati tovarining iste’mol xususiyatlarini
tijorat tashviqoti, tadbirkorning bo‘lajak xaridorlarni xaridga faol tayyorlovchi faoliyati fazilatlari haqidagi axborotlarning ishontiruvchi vositasidir”.
Hozirgi sharoitda boshqa ko‘plab reklama ta’riflari ham mavjud. Ularning barchasi bo‘lajak iste’molchilarning shakllanishini ta’minlovchi, tadbirkor va tovar haqidagi axborotlar kabi elementlar bilan birlashtirilgandir.

Kitob - bilim, maʼnaviyat va maʼrifat manbayi, insonni ulugʻlab, maʼnaviyat va maʼrifat asoslarini shakllantiradigan, komil qilib tarbiyalaydigan kuch hisoblanadi. Kitobning sehri, soʻzning sehri bashariyatni oʻz oʻqi atrofida adashmay aylanib turishiga katta xizmat qiladi. Kitob asrlar davomida insoniyatni yaxshilikka va ezgulikka shorlab kelgan. Albatta, bu soha zamonlar oʻtishi bilan rivojlanib, yangilanib borgan. Kutubxonashunoslik davlat va jamiyat taraqqiyotida kata rol oʻynagan, javhalardan biridir. Hozirgi zamon kutubxonashunosligining umumiy yoʻnalishi jamiyatning har tomonlama axborotlashuvchi, milliy axborot infratuzilmalarini yaratish, yuksak axborot texnologiyalari yutuqlarini amaliyotga joriy qilish singari ijtimoiy va texnik hodisalarning gʻoyaviy-nazariy mazmunini aks ettirishdan iboratdir[332]. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi - Uchunchi Rennesans poydevorini barpo etish borasidagi ulugʻbor ishlarimizning davomi sifatida xizmat qiluvchi azmu - shijoatiga aylanib ulgurdi. Uning zamirida kitobxon jamiyatini taraqqiy ettirish, manʼaviy yangilanish, manʼaviy taraqqiyotdan marifatli jamiyat sari harakatga kelgan qudratli kuch boʻlib, bugungi kunda xalqning ayniqsa yoshlarning yoʻlchi yulduzi boʻlib xizmat qilmoqda. Biz bu yoʻlda insoniyatning qadim qadriyati hisoblangan, axborotkutubxona faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼkidlagani kabi, “Jahon tarixi shundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizatsiya, yangi Uygʻonish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi”. Haqiqatan ham Yangi Oʻzbekiston oʻz uygʻonish davri rivojini kutubxonalar faoliyatini tubdan yangilash va innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tadbiq etishdan boshladi. Bu toʻgʻri yoʻl edi, aslida. Chunki, hamma ilmiy-tadqiqot ishlarning asosi kutubxonalarda olib boriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari esa, davlatning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Yangi Oʻzbekistonda xalqning ma’naviy tarbiyasini oshirishda bir qanсha islohatlar olib borildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2018-yilning 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 26-dekabrdagi “Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori natijasida yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish va ommalashtirish, sohaga innovatsion ishlanmalarni yaratish imkoniyatini vujudga keltirdi. Bizning buyuk mutaffakkir bobolarimiz oʻzlarining ulkan ilmiy salohiyati bilan olamshumul kashfiyotlari orqasida katta yutuqlarga erishib, dunyo sivilizatsiyasiga mislsiz hissa qoʻshganlar. Bizning dunyo ilm-u zakosiga tamal toshini qoʻygan mutafakkirlar va maʼrifatli ajdodlarimiz hamma zamonlarda ham millat yoʻlining yoʻlchiroqlari hisoblangan. Ular bu darajaga erishishida kitob mutolaasining oʻrni beqiyosligini alohida taʼkidlab, kitob oʻqishga daʼvat etgan. Tarixdan ma’lumki, axborot-kutubxona faoliyati doimo ilmiy izlanish va yangi tadqiqotlarni talab qiladi. Bugungi kunda ham bu ishlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Yangi Oʻzbekistonda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish zaruriyatining paydo boʻlishi haqida tadqiqotshilarimizning ishlarida quyidagicha fikrlar bildirilgan. Bugungi kunda kutubxona va kitobxonlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ichida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani fikrimizning yaqqol misolidir. Maʼlumki, 2006-yil 20- iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-381-son qarorga asosan Madaniyat ishlari vazirligi kutubxonalarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OOʻMTBning Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi ixtiyoriga oʻtkazish yoʻli bilan axborot-resurs markazlari tashkil etilgan. 2006-yilga qadar Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi ommaviy kutubxonalar soni 5745 tani (2005-yil 1-yanvar maʼlumoti boʻyicha), shundan; respublika miqyosida Markaziy kutubxonalar tizimi (MKT) soni 207 ta, qishloq kutubxonalari soni esa 4735 tani tashkil etgan. Axborot-resurs markazlari taʼlim muassasalarida joylashtirildi, ammo aholiga xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilmadi[4]. Chunonchi, axborot-kutubxona faoliyati tizimida boshlagan katta islohatlar sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Biz kitob va kitob mutolaasi haqida gapirar ekanmiz, eng asosiysi mazkur sohaning asosiy yoʻnalishi boʻlgan kutubxona faoliyatining asosiy vazifalariga toʻxtalib oʻtamiz. Kutubxona faoliyati axborot xizmatining (bibliografik, hujjatlar, faktografik va boshq.) barcha turlarini qamrab oladi. Shunga kо‘ra kutubxona - axborot xizmati ijtimoiylashtiruvchi institut bо‘lgan kutubxonaning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojlarini qondirish va rivojlantirish maqsadida jahon axborot resurslari asosida kutubxona - bibliografik va axborot faoliyati vositalari yordamida turli usullar va shakllarda kutubxona - bibliografik va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini taqdim etishdan iboratdir. Xizmat kо‘rsatish zamonaviy kutubxonalarning yetakchi funksiyalaridan bо‘lib, tizimga kiruvchi barcha bо‘limlarning faoliyatini hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni uyg‘unlashtirilgan tarzda maqsadga yо‘naltirishdir[3]. Mazkur yoʻnalishni rivojlantirish maqsadida sohada faoliyat olib borayotgan olim va mutaxassislarimiz hozirga qadar xorij kutubxona faoliyatlari bilan tanishib oʻz taklif va tavsiyalarini berganlar. Ayniqsa, G.Ismoilovaning bildirgan dolzarblikga ega takliflarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Yurtimizdagi axborot-kutubxona yoʻnalishidagi ishlarda tatbiq qilishda yanada ijobiy natijalarga erishish uchun biz quyidagilarga eʼtibor qaratishimiz lozim deb bilamiz:
− barcha tizim kutubxonalarini mukammal ishlangan yagona dasturiy taʼminot bilan taʼminlash;
− fondlarni kitobxonlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olib maqsadli ravishda shakllantirish;
− kirill va lotin alifbosidagi fan sohalariga oid va badiiy adabiyotlarni yetarli sotib olish uchun respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar mikdorini koʻpaytirish;
− nashrlar sifatini oshirish;
− kutubxonashunoslik, bibliografiya, axborot xavfsizligi, raqamlashtirish, konservatsiya va restavratsiya boʻyicha oliy taʼlim bazasida kadrlarni tayyorlash;
− kutubxona fondlarini saqlashning meʼyoriy sharoitlarini yaratish;
− raqamlashtirish, restavratsiya va audio kitoblarni yaratish uchun kerakli qurilma hamda jihozlar bilan taʼminlash.
Xalqimizning maʼnaviy kamolatini yuksaltirish, kutubxona-axborot sohasida sifatli xizmat koʻrsatishning imkoniyatlarini oshiradigan zamonaviy infratuzilmalar yaratish va davlat dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha yurtimizda keng koʻlamli ijobiy ishlar amalga oshirish vaqti keldi. Davlatimiz tomonidan ham uzoq kelajagimizni inobatga olgan holda ma’naviy-ma’rifiy sohaga katta moliyaviy qarajatlar sarflanmoqda. Bu oʻz natijasini berari aniq. Chunki, faqat ma’naviy qoʻllabquvvatlash bilan cheklanish, hozirgi davr sharoitiga toʻgʻri kelmaydi. Axborotkutubxona faoliyatiga innovasion yondashuvlar va gʻoyalar olib kelish orqali ham sohani rivojlantirish mumkin. Sohadagi innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda esa, axborot-kutubxonalar faoliyatini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash zarur. Yaʼni, oʻz iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlar yaratish, oʻzlashtirish va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy orqali rivojlantirish taraqqiyotning asosiy omiliga aylanmoqda. Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bogʻliq [237]. Yangi Oʻzbekistonda axborot-kutubxona faoliyatida qoʻllanib kelayotgan va amalda tadbiq etilgan innovasion gʻoyalar yaxshi natija bermoqda. Ammo, jahon bozorida texnologiyaning shiddat bilan rivojlanishining oqibatida hozirgi innovatsiya ertasi kuni ma’lum darajada oʻz yangiligin asrab qola olmayapti. Biz kitoblarni har xil yangi innovatsion usullar yordamida qayta tiklash, ishlash va asrab qolishimiz kerak. Kitob bu tarix haqidagi maʼlumotlarni avloddan-avlodga yetkazuvchi, moziy haqiqatlarini kelajakka eltuvchi, jamiyatdagi voqeliklar, ilm-fandagi yangilik va kashfiyotlarni oʻzida qayd etib boruvchi, makon va zamon bilmaydigan inson zakosining buyuk mahsullaridan biridir. Xalqimiz azal-azaldan kitob oʻqishga, u bilan oshno boʻlishga intilib yashab kelgan. Xalqimiz shuuridagi bu qadimiy anʼana bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Mustaqillik yillarida yurtimizda qadriyatlarni qayta tiklash, maʼnaviyatni yuksaltirish, milliy gʻururni poydo qilish, adabiyot va sanʼatni maʼanaviyatning negizi sifatida rivoj toptirish, erkin fikr, ezgu soʻz va xayrli amallarga bosh boʻlish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan birini tashkil qilib kelmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev adabiyotimizning bugungi kuni va ertangi istiqboli, yozuvchilar oldida turgan muhim va dolzarb muammolar: ijodkorning fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy burchi, ijodiy uyushmalar faoliyatining samaradorligini oshirish, adabiyotimiz rivoji uchun nafaqat yozuvchi va shoirlar, balki butun jamiyat masʼul ekaniga eʼtiborimizni qaratmoqdalar Shunday ekan, axborot-kutubxona faoliyatida innovatsion usullarni qoʻllashda birinchi navbatda soha vakillarining zimmasidagi masuliyatli ish faoliyati hisoblanadi. Albatta, axborot-kutubxona faoliyatiga innovatsion usullarni qoʻllashda biz koʻproq xorij tajribalarini oʻrganishimiz va tahlil qilishimiz kerak. Ayrim rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarini ish tajribalarini oʻrgansak ular kitobxonlarni 15% - 20% ga yaqinini kutubxonalardan tashqarida adabiyotlar bilan taʼminlash usullaridan foydalanmoqdalar. Shuni hisobga olib isteʼmolchilarni kutubxonalardan tashqari xizmat koʻrsatish usullarini yangi usullarini shakllantirib texnika vositalaridan samarali foydalanmoqdalar. Xatto bu usullarini ayrimlarini 2 smenada ishlashni taklif qilmoqdalar. Bunga koʻchma kutubxonalar misol boʻla oladi. Kitobxonlarni kutubxonaga koʻproq jalb qilish, aholi oʻrtasida kitob oʻqishni keng targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning kutubxonadan tashqaridagi xizmat koʻrsatish shakllaridan foydalaniladi. Bu ishlar kutubxonalar tomonidan turli ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda, dala shiyponlari va fermalarda, yotoqxonalarda, ish joylarida tashkil qilinadi. Maqsad: kitob va axborotni har bir isteʼmolchigaga yetkazish, statsionar kutubxonadan uzoq joyda yashayotgan yoki ishlayotgan isteʼmolchini kitob va axborotdan foydalanishi uchun imkon yaratishdan iborat Bugingi kunda axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishda asosiy eʼtibor isteʼmolchilarga yakka va ommaviy xizmat koʻrsatishning xorijiy va innovatsion shakllari va usullarini oʻzlashtirish va soha xodimlarini xalqaro talab darajasida malakasini oshirish zaruriyatini taqoza etmoqda. Axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning samaradorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo, aholiga xizmat koʻrsatishning yangicha innovatsion yoʻllarini amaliyotga tadbiq etish zarur. Buning uchun axborot - kutubxona xizmatini amalga oshiruvchi xodimlar kasbiy mahorati boʻyicha zamonaviy nazariy va amaliy bilimlarni, ish uslublarini egallash va doimiy tarizda koʻnikmasini oshirib borishi zarur. Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda muhim rolni kutubxona-axborot sohasini axborotlashtirish, kutubxona va axborot muassasalarida yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish, elektron manbalar bazasini yaratish va undan foydalanish, Respublika miqyosida axborot-kutubxona tarmoqlarini yagona dasturini yaratishni oʻylashi lozim. Respublika miqyosida ahborot - kutubxona tarmoqlarini yaratish dasturi bizningcha quyidagi vazifalarni xal etishi kerak: − turli darajadagi va idoraviy mansublikdagi kutubxona va axborot muassasalarning axborot resurs bazalariga kirish va ularda foydalanishni taʼminlash;
− nashrlarni, turli axborotlarni kataloglashtirish va qayta ishlov berish jarayonida kutubxona-axborot faoliyatini koordinatsiyalash va kooperatsiyalashni taʼminlash; − isteʼmolchilarni respublika va jahon ahborot resurslariga kirishi va ulardan foydalanishni taʼminlash;
− Respublika axborot resurslarini yaratish jarayonini faollashtirish; − Ishlayotgan va yaratilayotgan elektron kataloglardan isteʼmolchilarni foydalanishlarini takomillashtirish; − Respublikamizning kutubxonachilik standarlarini, kompyuter tehnologiyalari bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy normativ aktlarini takomillashtirish;
− Kutubona va axborot muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va xalqaro kutubxonachilik hamkorligini rivojlantirish
Axborot kutubxona muossasalarida reklam tashkil etish uchun quyidagi ko'rsatmalarni amalga oshirishingiz mumkin. Hedeflik qarorlar: Birinchi navbatda, reklama qilingan maqsad va hedeflik obyektlarni belgilashingiz kerak. Masalan, o'qishchilar yoki talabalar, oliy o'quv yurtlari yoki o'qituvchilar. Kanallarni belgilash: Reklama tashkil etish uchun bir nechta kanallar mavjud bo'lishi mumkin. Bunday ko'rinishlar internet, telekanallar, radio va qog'oz reklama bo'lishi mumkin. Mavjud resurslar: Reklama uchun taqdim etilayotgan ishlar uchun mavjud resurslarni aniqlashingiz kerak. Bu reklama uchun moliyaviy resurslar, dastlabki savollar va fikrlashda qatnashish, shuningdek, rasmiy maqolalar yaratishni o'z ichiga oladi. Reklama qilish turi: Reklama uchun bir nechta usullar mavjud bo'lishi mumkin, masalan, fikrlashda qatnashish tadbirlari, radio va telekanallarda reklama va h.t. Reklama yaratish: Reklama tashkil etishda, qiziqtiradigan, turli kishilarga qulay bo'lishi va o'qishchilarning talablariga javob beruvchi ehtiyojlar uchun maxsus reklama ko'rinishlarini yaratish zarur bo'ladi. Bu, to'liq ma'lumot berish, kitoblar va utubxonalardan foydalanish yoki tahlil va boshqa ma'lumotlarni taqdim etish ko'rinishida bo'lishi mumkin. Boshqa muammolar: Reklama uchun yaratilayotgan maqbul reklama ko'rinishlari bilan bir necha muammolar mavjud bo'lishi mumkin. Bunday muammolar reklamani tayyorlash va e'lon qilish davomida kelib chiqishi mumkin, shuningdek, reklama ko'rinishlarida matn va rasmning muvofiqligi va reklama ko'rinishlari uchun turli usullar va tahlil. Axborot kutubxona muossasalarida reklama tashkil etish uchun aniq, tizimli va foydali ma'lumotlar taqdim etish kerak, reklama ko'rinishlarini o'zgartirishni kerakli bo'lsa ham, reklama keng tarqalgan ko'plab potentsial mijozlar tomonidan qabul qilinadi.
Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
– ko‘rgazma reklamalari;
– matbuotdagi reklama;
– bosma reklamalar;
– plakat-grafika reklamalari;
– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir.
Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi:
1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak.
3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.
4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak.
Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: – nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi;
– yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo markazlarida 3 metr va undan ortiq;
– kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 metrgacha;
– oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi:
• harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi;
• qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish, namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar ishlatiladi;
• ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga turli qurilma va moslamalar tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi.
Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.
2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.
3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar.
4. Aralash ko‘rgazmalar.
Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin:
Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi. Reklama e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati maqsadini to‘liq ifodalaydi, xaridor uchun mahsulotning foydali tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari keltiriladi.
Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari (mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara bermaydi.
Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin.
Ommaviy-siyosiy nashrlarda iste’molchilarning keng qatlamiga mo‘ljallangan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi reklama e’lonlari asosan chop etiladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi reklama e’lonlari fan va texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari mutaxassisliklari o‘qishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus nashrlarda chop etilishi maqsadga muvofiqdir.
Tezkorligi va keng tarqatilishiga ko‘ra matbuotdagi reklama boshqa reklama vositalari ichida eng samarali hisoblanadi.
Iqtisodi rivojlangan davlatlarda matbuot reklamalariga ketgan sarf-xarajatlar reklamaga sarflangan xarajatalarning katta qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda ham reklamaning bu turi ancha rivojlanayapti. Reklama e’lonlarini chop etish uchun buyurtma oluvchi ommaviy-siyosiy va ixtisoslashgan nashrlar soni yildan yilga ortib bormoqda.
Matbuotdagi reklama iste’molchilar va potensial xaridorlarning xohlagan guruhiga yetib borishi uchun eng to‘g‘ri keladigan nashrni tanlash zarur. Buning uchun gazeta, jurnallarga turli xildagi berilgan ro‘yxatni tuzib, tirajini ham bilish mumkin.
Rejalashtirilayotgan reklama kompaniyasi doirasida foydalanish uchun tanlanayotgan nashrning afzalliklarini baholash ko‘pincha tom ma’noga tayanadi. Ammo, solishtirishning matematik usuli ham mavjud bo‘lib, u reklama kompaniyasini rejalashtirishning boshlang‘ich qismida foydali bo‘ladi.
Reklamani joylashtirish uchun nashrni tanlashda uning davriyligi katta ahamiyatga ega. Kundalik gazetalar kun o‘tishi bilan tashlab yuboriladi. Mahalliy haftanomalar gazeta yoki jurnallarga ko‘pincha bir necha marta qaralishi mumkin va yetti kun davomida saqlanadi. Oyda bir marta chiqadigan jurnallar yanada ko‘proq muddatga saqlanadi. Kundalik gazetalarning haftanomalardan asosiy farqi unga qaraganda oila a’zolari kamroq o‘qishadi, kechki nashrlarga ko‘pincha televizion dasturlar bo‘lgani uchungina murojaat etiladi. Haftanomalar va oylik jurnallarni oila a’zolari o‘qib bo‘lishgach, yaqin tanish va do‘stlariga berishlari ham mumkin. Bundan tashqari, ular reklamaga dolzarblik muhitini beradi va gazetani tez tashlab yuborilishi esa o‘quvchilarni tezkorlik bilan harakat qilishlariga olib kelishi mumkin.
Gazeta va jurnallardagi reklamaga rang berish, bezash va ijodiy joziba berish ham o‘ziga xos bir uyg‘unlikni baxsh etadi. Fotosuratlar, rasmlar yoki slaydlarni bosib chiqarishda rangli bosmadan foydalanish ancha qimmatliligiga qaramasdan, ma’lum vaqtlarda to‘liq o‘zini moliyaviy jihatdan qoplashi mumkin. Ba’zida reklama e’lonlarini oq-qora variantda joylashtirib, o‘quvchilarni o‘zingizda bor bo‘lgan rangli nashrlarga bo‘lgan talablarini yuborishlarini so‘rashingiz mumkin. Biroq, savdo yoki texnik jurnalda ko‘p rangli varaqa yoki alohida bosilgan prospekt kiritilishi qanchaga tushishini oldindan aniqlash lozim.
Matbuotda beriladigan reklama e’lonlarining katta kichikligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tadbirkor bozorga yangi mahsulot chiqarayotgan bo‘lsa, uni qo‘llash, afzalliklari haqida aytib o‘tish uchun gazeta va jurnaldagi katta maydonlar kerak bo‘ladi. Ammo kamtarona budjet bilan ham pulni iqtisod qilish va o‘quvchilarda tovar haqida ko‘proq bilishga qiziqish uyg‘otish mumkin, so‘ngra esa ularni namoyish zaliga borishga, telefon orqali qo‘ng‘iroq qilishga, varaqa so‘rashga yoki mahalliy dilerga kirishga undash mumkin, buning uchun kam sahifali reklama e’lonlarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bosma reklamalar turlari – reklama qilish jarayonida asosiy reklama turlaridan hisoblanadi. Bosma reklama vositalari, o‘zining qo‘llanilish usuliga, xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– varaqalar;
– prospektlar;
kataloglar;
– bukletlar;
– maxsus reklama nashrlari – xatlar, tabriknomalar, eslatmalar.
Varaqalar – bitta yoki bir necha tovar guruhlarini, masalan, velosiped, magnitafonlarni va boshqa shunga o‘xshash nooziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishga qulayligi bilan ajralib turadi. Varaqalarda reklama qilinayotgan tovarlarning eng muhim xususiyati, sifatiga asosiy e’tibor berilib, iste’molchilar nazariga tez tushadigan va ularning e’tiborini o‘ziga tortadigan qilib tasvirlanadi.
Prospektlar – texnik jihatdan murakkab tovarlarni keng yoritishda, ularning tayyorlanish texnologiyasi va ulardan qanday qo‘llanilish usullarni maxsus ko‘rsatmalar, tavsiyalar orqali targ‘ib qilishga mo‘ljallangan reklama vositasidir. Prospektlarni chiqarishdan asosiy maqsad, iste’molchilarni tovarlarning xususiyatlari, texnik tuzilishi, ishlash muddati, kafolati, ulardan foydalanish usullari va qanday asrash, saqlash yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng tarzda beriladi.
Kataloglar – tadbirkorlik faoliyati tizimida ma’lum bir savdo qilish jarayonida tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng yoritib berishga mo‘ljallangan. Unda har bir tovarning tasviri tushurilgan bo‘lib, uning qisqacha tavsifi, hajmi va narxi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ushbu reklama turi nafaqat iste’molchilar uchun balki, tovarlarni sotuvchi agentlar, savdo xodimlari va mutaxassislar uchun ham mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bukletlar – mamlakatimizda ushbu reklama turi boshqalariga nisbatan unchalik keng rivojlanmagan. U asosan pochta orqali «direct mile» manzil ga, katta varaqalarda tovarlarni suratlar tarzida yoki jadvallar ko‘rinishida ifodalanib iste’molchilarga yuborishga mo‘ljallangan.
Maxsus reklama nashrlari – xatlar, tabriknomalar, eslatmalar eng oddiy ixcham va sodda reklama turlaridan iborat bo‘lib, asosan ixtisoslashgan va yirik savdo tarmoqlarida eng ko‘p muntazam ravishda doimo qo‘llaniladi.
Xatlar – alohida olingan donabay tovarlarni reklama qilishga mo‘ljallangan. Tabriknomalar – maxsus tayyorlangan oddiy ko‘rinishda bo‘lib, ular pochta orqali yuboriladi.
Eslatmalar – iste’molchilariga sotib olingan tovarlari haqida qanday foydalanish, asrash va boshqa zaruriy ko‘rsatmalar tarzida ma’lumotlar berishdan iborat.
Plakat-grafika reklamalari – bir yoki bir nechta tovar guruhlarini, faoliyat ko‘rsatayotgan, yangi tadbirkorlik faoliyatlarini reklama qilishiga mo‘ljallangan.
Plakat-grafika reklama vositalariga:
– plakatlar;
– maxsus tayyorlangan xitlar;
– afishalar kiradi.
Plakatlar, asosan reklama qilinayotgan obyektning ahamiyatiga, mohiyatiga va xususiyatiga ko‘ra ko‘chalar yuzida, umumiy dam olish joylarida, shahar transport vositalarida va shunga o‘xshash joylarda o‘rnatilishi mumkin. Plakatlar o‘zining tasviriy jozibador bezaklari bilan, reklama qilinayotgan tovarlarni aniq tasvirlar ravishda ko‘rsatilishi va hammabop tushunarli qilib ifodalanishi bilan boshqa reklama turlaridan ajralib turadi.
Maxsus tayyorlangan xatlari – shahar, tuman markaziy maydonlarida, shahar ko‘chalarining umumiy kesishgan joylarida, ko‘p qavatli binolarning devorlarida, avtomobil yo‘l trassalarining bo‘ylarida va ko‘zga tashlanadigan joylarda o‘rnatilishi mumkin. Xatlarda reklama matnlari bilan birga turli janrlarda tasvirlangan rasmlar
va chizmalar bo‘lishi mumkin.
Afishalar – o‘zining tuzilishi, mohiyatiga ko‘ra faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama afishalarining o‘lchami chegaralanmagan bo‘lib, reklama qilinayotgan obyektning mohiyatini ochib berishga mo‘ljallangan matn hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Kino reklamalari – reklama turlari ichida eng samarali vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Kino reklamalarining obyekti bo‘lib, yangi tuzilayotgan yoki tashkil etilayotgan tadbirkorlik faoliyatlari, ularni xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalari hisoblanadi.
Kino reklamalar qo‘llanilish mohiyatiga ko‘ra:
– qisqa metrajli televizion reklamalar;
– diapozitiv filmlar.
Qisqa metrajli televizion reklamalar – qisqa muddatli 5 daqiqadan oshmagan, qiziqarli, ifodali va hammabop tushunarli ravishda tayyorlangan bo‘ladi. Ko‘p hollarda tomoshabinlarning e’tiborlarini jalb qilish maqsadida ko‘pincha kulgili, komediya va multiplikatsiyalardan foydalaniladi.
Shuningdek, reklama filmlarida mashhur, mahoratli kinoartistlar, sportchilar va qo‘shiqchilarni taklif qilish natijasida samarali reklamalar tayyorlanadi.
Diapozitiv filmlar – o‘zining turli-tumanligi bilan boshqa kino reklamalaridan ajralib turadi. Diafilmlar, asosan, mahsulotlarni sotish ko‘rgazmalarida, madaniyat uylarida, shuningdek, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan marketing xizmatlarini yaxshilash va uning darajasini oshirish maqsadida maxsus uyushtirilgan seminarlarda va konferensiyalarda reklamalarni namoyish qilishga mo‘ljallangan.
Kino reklama tayyorlash va namoyish qilishga ko‘ra:
– reklama roliklariga;
– texnik reklamalarga bo‘linadi.
Eng keng tarqalgan turlari ichida – televizion reklama roliklarini, television reklama e’lonlarini, reklama telereportajlari va teleko‘rsatuvlarni, ko‘rsatuvlar orasidagi tanaffusdagi telezastavkalarni ajratish mumkin.
Teleroliklar – bu televideniye orqali namoyish qilinadigan, 15 sekunddan 3 minutgacha davom etadigan, ko‘pincha reklama kino yoki videoroliklaridir.
Radio reklamalari – xaridorlarni reklama vositalari bilan qamrab olishga radio va telereklama eng ommaviy hisoblanadi. O‘zining nisbatan yosh bo‘lishiga qaramasdan, ular reklamaning boshqa vositalari bilan raqobatlashadi, doimo rivojlanib, takomillashib boradi.
Radio e’lonlar, radioroliklar, turli radio jurnallar va reklama radioreportajlari radio orqali reklamaning eng keng tarqalgan turlaridir.
Radioe’lon – bu diktofon orqali o‘qiladigan axborotdir.
Radiorolik – bu alohida tayyorlangan o‘yinli radiosujet bo‘lib, u original yo‘sinda, ko‘pincha hazil ko‘rinishida va odatda, musiqa hamkorligida taklif etilayotgan mahsulot, tovar yoki xizmatlar haqida axborot beradi. Ba’zan reklama radioroligi uncha katta bo‘lmagan reklama shaklida bo‘lishi mumkin.
Radiojurnal – axborot reklama xarakteridagi tematik radio eshittirish bo‘lib, uning alohida elementlari qisqa «konferans» orqali birlashadi, qandaydir yarmarka, ko‘rgazma-sotishlar yoki boshqa voqealar haqidagi radioreportajlar ham to‘g‘ri, ham majoziy reklamani o‘z ichiga olishi mumkin, xarid qilingan mahsulot to‘g‘risida xaridorning fikri, yangi mahsulotlar haqida ma’lumotlar va hokazolar.
Yoritish reklama – qo‘llanilishiga ko‘ra iste’molchilar e’tiborlarini tez jalb qilishligi bilan reklama turlari ichida muhimi hisoblanadi. Ushbu reklama vositalariga:
– vivieskalar;
– elektr pannolar;
– stendlar;
– transparantlar kiradi.
Yoritish reklama vositalari uchun qo‘llaniladigan jihozlarga asosan quyidagilar
kiradi:
– elektr quvvati;
– gaz bilan yorituvchilar;
– reklama matnlarining harakatlanishi va ranglarni almashinishiga ko‘ra statistik va dinamik vositalari bo‘lishi mumkin.
Reklama – kommunikatsiya vositasi bo‘lib, u tadbirkorning bevosita muloqot o‘rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishiga imkon beradi. Tadbirkor reklama yordamida tovar markasining imidjini yaratadi va sotuvchilar tomonidan hamkorlik orqali pirovard iste’molchilarda aniqlikni shakllantiradi.
Reklama kanallarining rolini tanlash. Reklamaning reklama beruvchi va xaridor uchun qanday ahamiyatga:
– reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad – axborotlarni iste’molchilarga yetkazish va tovarga bo‘lgan talabni kengaytirish maqsadida ularning moyilligiga erishishdir;
– reklama iste’molchini tovarning alohida xususiyatlarini aniqlashga ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi.
Reklama rivojlangan sari, uning turli – tuman ko‘rinishlardagi shakllari ko‘payib bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar birgina axborot kanalidan foydalansa ham, ularning ixtiyorida reklama uslublarining keng assortimenti mavjuddir.
Imidj reklamasi tovarga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning maqsadi xaridorning ushbu markaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Bu holda “reklama beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari nafaqat xaridorning darhol munosabatiga, balki keyinchalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi”.
Undovchi reklamaning asosiy vazifasi xaridorning munosabatlariga emas, balki uning xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan iboratdir. Reklama axboroti tovar yoki xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli bo‘ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovuzkorroq bo‘lsa-da, u ham aslida imidj yaratish vazifasiga o‘xshab ketadi.
Interaktiv reklama muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama axboroti bo‘lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini rag‘batlantirish orqali muloqot o‘rnatishdir. Tadbirkor xaridorning javob reaksiyasi asosida tijorat munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini o‘zida mujassamlashgan, imidjni yaratish va ayni paytda axborotning samarasini darhol baholashga imkon beruvchi ma’lumot bir xatti-harakatlarni erishishga intiladi.
Tashkilot reklamasining vazifasi – ommaning turli tabaqalari orasida tadbirkorga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yoki kuchaytirishdan iboratdir.
Tadbirkorning imidjini shakllantirish uning faoliyat turlarini tavsiflash va uning afzal tomonlari, ustunliklari, xislatlari va imkoniyatlariga e’tiborni jalb qilish orqali firma va uning mijozlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlik muhitini yaratish haqida bormoqda. Bunda reklamaga boy bo‘lgan, xaridorlar xilma-xil tovarlarning reklamasidan zerikkan muhitda alohida kommunikatsiya yo‘llarini topish zarurdir.

Xulosa
Mazkur maqolada axborot-kutubxona faoliyatida zamonaviy innovatsion usullarni amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritilgan.

Yüklə 66,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin