Buxoro viloyati san'atidagi obidalari reja



Yüklə 28,66 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2022
ölçüsü28,66 Kb.
#77072
  1   2
BUXORO VILOYATI SAN\'ATIDAGI OBIDALARI


BUXORO VILOYATI SAN'ATIDAGI OBIDALARI
Reja:

  1. Buxoro viloyatidagi obidalar

  2. Buxoro viloyatidagi tarixiy arxitektura obidalari ob’ektlarining turistik marshrutlari va infratuzilmalarini ishlab chiqish

  3. Buxoro amirligi tashkil topishining tarixiy omillari

Foydalanilgan adabiyotlar.

Buxoro — Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar rayoni (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 290000 (2019).


Nomlanishi va etimologiyasi
Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga oid xitoy manbalarida Buxoro shahri Nyumi tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid solnomalarida Buxoro shahri An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo) shakllarida qayd etib oʻtilgan. Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi. Arab qadimiy manbalarda u Bumiskat, Madinat us-sufriya (Mis shahar), Numijkat (soʻgʻdcha numij yoki namich degani mashhur degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy mualliflarning fikricha, shaharning nomi Buxor, yaʼni „Sanamlar turgan ibodatxona“ maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan.
Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha, Buxoro nomi mintaqaning eng asosiy buddaviylik ibodatxonasi vixara yoki ana shu vixaraning sug'diy transkripsiyasi boʻlmish buxoro (ibodatxona) soʻzidan kelib chiqqan. Ammo buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham, umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas.
Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).[2]
Tarixi
Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.[3] Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.
Shahar yoshi aniqlashga doir tadqiqotlar
Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.
Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar
X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida oʻz aksini topgan mahalliy mifologik anʼanalar shaharning qadimiy qismi — Ark qalʼasiga asos solinishi qahramonlik eposlari bahodirlari Siyovush yoki Afrosiyob, yaʼni Alp Er Toʻngaga bogʻlab, shu tariqa olis-olis zamonlarga mansub tarzda rivoyat qilinadi. Biroq, vohadagi Vardonze, Romitan, Varaxsha kabi istehkomlar va Poykenddek bir tijorat shahri — Buxoro shahridan ham qadimiyroq, deb hisoblab kelinadi.
Buxoro vohasidagi hukmdorlardan biri — Asbar tangasi. VI—VII asr boshi.
Buxorodan topilgan tangalar bu yerda savdo-tijorat aloqalari va tovar-pul munosabatlari taraqqiy etganidan guvohlik beradi. Tangalarga qarab, bu yerda hukm surgan sulolalar almashinuvi, hukmdorlar ismlari, unvon-martabalar nomlanishi, sulola alomatlari — tamgʻa va boshqa tasvirlari oʻzgarib borishini aniq-tiniq kuzatish mumkin. Biroq shahar hududida Salavkiylar hukmdori Yevtidemning dirhamlariga taqlidan zarb etilgan xazina 1937-yili topilgan xolos.
Shahristonga asos solinishi
Buxoro qalʼasidan sharq tomonda 3 yoki 4 nafar dehqonning (oliy zamindor toifaning) oʻziga xos mustaqil qalʼa-istehkomlari (koʻshklari) negizida asta-sekin shaharning oʻzi — Shahriston shakllanib bordi (maydoni 28—30 gektar). Shahristonga asos solinishi esa Abruyning zulmi tufayli Buxorodan Turkiston va Tarozga koʻchib ketgan buxorolik dehqonlarning iltimosi bilan 560—580-yillarda qoʻshinlari bilan shaharga kelgan turk hukmdori Sheri Kishvar nomi bilan bogʻliq holda talqin etiladi.
Buxoro Turk xoqonligi tarkibida
Asosiy maqola: Turk xoqonligi
567-yilda Buxoro Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 585—586-yillarda Buxoroda Abruy qoʻzgʻoloni boʻlib, u Turk shahzodasi El Arslon tomonidan bostirilgan. Shundan soʻng Yang Soux Tegin Buxoro vohasining egasi sifatida tasdiqlandi. Undan keyin Buxoroni 589—603-yillarda uning oʻgʻli Nili boshqargan. Keyin uning oʻgʻli Bosi tegin (603—604) hukmronlik qildi[4].
603—658-yillarda Buxoro Gʻarbiy turk xoqonligiga boʻysungan Soʻgʻd mulklaridan biri boʻlgan. O. I. Smirnova Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari VIII asrning oʻrtalarida „Hoqon pullari“ yozuvi bilan bir guruh Turk-Soʻgʻdiy tangalarini chiqargan deb hisoblaydi. VIII asr Buxoro hukmdori Tugʻshodaning ismi turkiy boʻlgan deb taxmin qilinadi
Buxorxudotlar hokimligi davrida
Asosiy maqola: Buxorxudotlar hokimligi
Buxorxudot Xunuk tasvirlangan tanga. Old tomonida toj kiygan hukmdor va orqa tomonida zardushtiylarning otashgohi tasvirlangan (VIII asr boshlari)
VII asrda, arablar istilosi arafasida Buxoro vohaning yirik maʼmuriy markaziga aylangan edi. Buxoro qalinligi 18 metrgacha boʻlgan mustahkam devorlar bilan oʻralgan diz — qalʼadan iborat boʻlgan savdo shahri edi. Bidun Buxorxudot esa «tuzilishi jihatidan Katta Ayiq yulduzlar turkumiga oʻxshab ketadigan» bir saroy ham barpo ettirgan. Hukmdor bu saroy darvozalariga oʻz ismi chekilgan temir lavhacha osib qoʻyishni ham buyurgan ekan. Bidun saroyida majusiy ibodatxona, xazina, zindon ham joylashgan edi. Uning gʻarbiy darvozasi „Registon“ deb atalardi. Negaki bu darvoza qum toʻshalgan keng maydonga olib chiqardi. Sharqiy darvoza esa „Goʻriyon“ deb atalar, ana shu «Qabriston darvozasi» ortida tabarruk qadamjo — Buxoroning afsonaviy asoschisi Siyovush qabri joylashgan edi.
Shahristondan tashqarida esa savdo va hunarmandchilik shaharchasi ham shakllangan. Mox bozori tevaragi asosiy iqtisodiy markaz edi. Uning nomi „Majusiylar ibodatxonasi“ degan maʼnodagi soʻzdan kelib chiqqan. Bu ibodatxona Shahristondan tashqarida, uning janubiy darvozalari va Roʻdi Zar anhori oraligʻida joylashgan edi. Roʻdi Zar keyinchalik Shohrud deb atala boshlagan va hozirga qadar ham u shu nom bilan yuritiladi. Shahristonning asosiy alomati boʻlmish Magʻoki Attori masjidi bugungacha saqlangan. Bu joyda bozor qadim-qadim zamonlardan to 1930-yillargacha mavjud boʻlgan.
Arablar fathidan soʻng
Arablarning Buxoroga dastlabki yurishlari oʻlja va daromad olish uchun talovchilik tarzidagi hujumlardan iborat boʻlgan.
Buxoroga islom uzil-kesil kirib kelishi VIII asr boshlarida roʻy bergan. Arab xalifaligining Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (704—715) shaharda doimiy arab qoʻshinini joylashtirdi va mavjud uylarning yarmini arablarga taqsimlab berish toʻgʻrisida buyruq chiqardi. Ayyub ibn Hasanni Buxoroning birinchi arab amiri etib tayinladi. Qutayba islomni qabul qilgan Tugʻshodani taxtga oʻtqazish bilan Buxoroda qadimiy mahalliy sulolalar hokimiyatini saqlab qoldi. Shu tarzda Buxorxudotlar oʻz oʻlkalarida arablar bilan birgalikda hukmdor boʻlib qolishdi.
Magʻoki Attori — Mox bozorida joylashgan majusiylar ibodatxonasi oʻrnida bunyod etilgan masjid oʻrnida Qoraxoniylar davrida, XII asrda qurilgan
Aynan Qutaybaning oʻzi 713-yili Buxoro arkida majusiylar butxonasini jome masjidga aylantirdi va shahar aholisiga 2 dirham evaziga har juma kuni ibodatga jamlanishni buyurdi. Registon maydonining shimoliy qismida esa birinchi hayit masjidi — Maʼbad (ibodat joyi) deb nomlangan darvozasi boʻlgan Namozgoh bunyod etildi. Oradan koʻp oʻtmay ana shu Namozgohning shimoliy tarafida musulmonlarning yirik xilxonasi — qabriston ham paydo boʻldi. Banu Hanzaliya masjidi (keyinchalik, chamasi, Ash-Shom deb atala boshlagan) Shahristonning janubi-gʻarbiy qismidagi nasroniylar cherkovi oʻrnida paydo boʻlgan. Aynan shu atroflarda Banu Saʼdiya masjidi joylashgan, shimoli-gʻarbiy tarafida esa Banu Qurayshiya, shimoli-sharqiy tarafida esa Banu Hamdoniya masjidlari makon tutgan. Qisqasi, arablarning quraysh, saʼd, hanzala va hamdon qabilalari Shahristonni egallab olgan edi. Shahristonning janubi-sharqiy tarafida joylashgan, Xin degan aslzoda dehqonga tegishli boʻlgan qalʼa — qoʻrgʻonni esa unga Ahmad nomini bergan Buxoroning birinchi imomi — Ayyub egallab oldi. Shahristondan tashqarida, Mox bozorida joylashgan majusiylar ibodatxonasi esa Magʻoki Attori masjidiga aylantirilgan edi.
Arab qabilalari Buxoro shahriga kelib joylashganidan keyin mahallalar — mavzelar oʻrtasidagi devorlar asta-sekin olib tashlandi, bir qancha vaqt oʻtib, ularning oʻrnida yangi turarjoy binolari paydo boʻldi.
715-yili Qutayba ibn Muslim vafot etdganidan keyin Buxoro arablar nazorati ostidan asta chiqa boshladi. Milodiy 728—729-yillarda sugʻdiylarning gʻarbiy turk hoqoni turkashlar hoqoni tomonidan qoʻllab-quvvatlangan kuchli qoʻzgʻoloni natijasida shahar bir yil mobaynida arablar nazoratidan tashqarida boʻldi, keyin yana ular taʼsiriga tushib qoldi.
Sharik qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: Sharik qoʻzgʻoloni
Dastlabki vaqtlarda Buxoroga kelib oʻrnashgan arab qabilalari 750-yili Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishini maʼqul koʻrishmadi, oʻsha yili Abbosiylarga qarshi Sharik ibn Shayx Maxri boshchiligida boʻlgan qoʻzgʻolon shundan dalolat beradi. Buxoroning arab hokimiyati vakillari va shahar aholisi qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatladi. Abu Muslim Buxoro va Samarqand hokimi Ziyod ibn Solihni Sharikka qarshi yubordi. Ibn Solih qoʻshinlari isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Buxoroga oʻt qoʻyildi, shahar 3 kun oʻt ichida qoldi. Asirlar shahar darvozalariga osib qoʻyildi. Buxorxudot Qutayba ibn Tugʻshoda 700 Xurosondan shimoldagi qoʻrgʻon aholisi bilan hamjihat Ziyod ibn Solih tomonida jang qildi, ammo keyinchalik u, qoʻzgʻolonni bostirishda faol qatnashganligiga qaramay, islomdan yuz oʻgirganlikda ayblanib, Abu Muslimning koʻrsatmasiga binoan qatl etildi.
Muqanna qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: Muqanna qoʻzgʻoloni
VIII asr 3-choragida arablar Buxoroda hukmronligi nomigagina boʻlib qolgan Buxorxudotlarni siqib chiqardi, oʻz hokimiyatini toʻliq mustahkamlab oldi. Buxorxudotlar Buxoroni Abbosiylarga qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan Hoshim ibn Hakim (Muqanna) tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan. Muqannaning buxorolik muridlari asosan Narshax qishlogʻida toʻplanishgan.
Muqanna qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin Musayb ibn Zuhayr hukmronligi davrida 782-yili Varaxshada Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun soʻnggi Buxorxudot Bunyod oʻldirildi. Binobarin, Buxoroda bir necha yuz yilliklar davomida hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasi, ayni vaqtda Buxoro tarixidagi islomgacha boʻlgan davr Bunyodning oʻlimi bilan nihoyasiga yetdi. Oʻshandan boshlab sulola yoʻqotib yuborilmagan boʻlsada, amalda siyosiy hokimiyatdan mahrum boʻldi.
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
806—810-yillarda butun Movarounnahr isyonkor amir Rofe ibn Lays qoʻliga oʻtdi. Uni Xuroson noibi Ali ibn Isoning ogʻir soliq zulmidan va poraxoʻrligidan gʻazablangan sugʻdiylar faol qoʻllab-quvvatlashdi. 809-yilda xalifa Horun ar-Rashid qoʻzgʻolonchilarga qarshi katta qoʻshin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Buxorodagi qoʻzgʻolonga va shaharning mudofasiga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays boshchilik qildi. Nihoyat, shahar zabt etildi, Bashir asir olinib, xalifaning buyrugʻiga koʻra qatl qilindi.
Tohiriylar hukmronligi davrida
Asosiy maqola: Tohiriylar davlati
Tarixdan maʼlumki, mahalliy, forslar vakillaridan biri — Tohir ibn Husayn Xuroson noibi etib tayinlangan va Xuroson hamda Movarounnahrni egallagan Tohiriylar sulolasining (821—873) asoschisi boʻlib qolgan. Soʻnggi Tohiriylardan biri Husayn ibn Tohir 874-yili Xorazmdan chiqib, Buxoro vohasi tomon yoʻl oladi va besh kunlik qamaldan keyin Buxoroni qoʻlga kiritadi. Uning qoʻshinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketadi, buxoroliklar qoʻzgʻolon koʻtarib, Husaynni qochishga majbur qiladilar. Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur boʻlgan Somoniy amir Ismoil ibn Ahmad boshqara boshladi. Shundan nafaqat shahar, balki butun Markaziy Osiyo tarixida yangi davr boshlandi.
Buxoro namozgohi.
Buxoro namozgohi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida , qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o’rnida barpo etilgan. (1119) Masjid pishiq g’ishdan oddiy qilib qurilgan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. XVI asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan.Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat.O’rtadagi murabba tarhli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan.Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon-yo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan.
Buxoro namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan.
Abdulazizxon madrasasi (Buxoro, 1652)-Buxoro xoni Abdulazizxon II qurdirgan. Me’mori Mimxoqon ibn Xo’ja Muhammadamin. Madrasa tuzilishi oddiy. To’rtburchak hovlining har tarafida peshtoqli ayvon bor. Ayniqsa, tashqi peshtoq sirkor parchin bilan qoplangan. Ichki gumbazlar bezagiga ganch muqannas, islimiy naqshlar va zarhal bezaklar qo’llanilgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi
Maqbara IX-X asrlarga oid. Bu yerga dafn qilingan Ismoil Somoniy Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. U 848 yil Buxoro shahrida tug'ilgan. 874 yilda Buxoro hokimiga noib, 888 yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo'lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to'plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo'shgan. Bag'dod xalifalaridan ibrat olib, o'ziga ulkan maqbara qurdirgan.
Chor Bakr me'moriy majmuasi
XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug'ining boshlig'i Xoja Ismoil tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog'ida "Chor Bakr " (to'rt Bakr) nomi bilan mashhur bo'lgan qabristonga asos solindi. Unda asosan (Imom Bakri Sa'd, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn etilganlarning sag'analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg'unlikdagi uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi.
Masjidi kalon (Buxoro, 15-16-asrlar)-eski masjid qoldiqlari o’rnida qurilgan. Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli. Hovlining to’rt tomoni ravoqli galereya, 288 gumbazli, g’ishtin ustunlarga tayangan. Masjidning yeti ustuni bor. G’arbiy devoridagi naqshinkor mehrobda usta Boyazid Puroniy nomi saqlangan.
Minorai kalon. Arslonxon minorasi (Buxoro, 1127)-poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Asosining diametri 9 m, balandligi-50,0 m, kursisimon qirrador, tanasi silindrsimon. Minoraning ichida 104 pilpoya aylanma zinasi, mezanasida 16 ta darchasi bor. Masjidi Kalon tomidan minoraga o’tadigan ko’prikcha bo’lgan.
Buxoro o`zbek milliy davlatchiligi tarixida siyosiy va madaniy faoliyatida eng rivojlangan shaharlardan, aniqrog`i shahar davlatlaridan biri bo`lgan.
Buxoro – Sharqning mashhur qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik ma'lumotlaga ko`ra, Buxoro davlatchiligiga miloddan avvalgi 1-ming yillik o`rtalarida asos solingan. Uning nomi ilk o`rta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxuaer, Buxala, Buxoalo, Fuxu, Puxuala va boshqalar) atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo`lib, qolgani “Buxoro” so`zining xitoy tilidagi talaffuzidir. O`rta asr arab manbalarida esa Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo`rg`on), Al-Madina as-sufriyya (Mis shahar), Fohira(Fahrli shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha “vixora” so`zining turk-mo`g`ulcha shakli – “buxor” (ibodatxona) dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama so`g`diycha “bug`” yoki “bax” (tangri) hamda “oro” (jamol) so`zlaridan iborat bo`lib, “tangri jamoli” degan ma'noni anglatadi, degan fikrlar hozirgi kunda ilgari surilmoqda. Haqiqatdan ham Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro va uning atrofida joylashgan yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara – hayvonot va o`simlik dunyosi betakror, ko`l va oqar suvlarga boy bo`lib, tarixchi Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi noyob va qimmatbaho ma'lumotlar buni tasdiq etadi.
Buxoroning islomga qadar bo`lgan siyosiy va huquqiy tarixi xususidagi ma'lumotlar milodning 7 – 8 asrlar bilan chegaralanadi. Buxoro 6 – 8 asrlar boshida Buxorxudotlar hokimligi poytaxti edi. 709 yili uni Arab xalifaligi fath etgan, 9 – 10 asrlarda esa u Somoniylar poytaxti bo`lgan. 999 yili Qoraxoniylar, 1220 yili esa Mo`g`ullar bosib olgan. 1370 yildan boshlab Amir Temur va Temuriylar davlati, 16 asr boshidan Shayboniylar (1533 yil bu davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko`chirilishi tufayli Buxoro xonligi deb atala boshlangan) va 1533 yildan 1601 yilgacha, 1601 yildan 1753 yilgacha Ashtarxoniylar sulolasi davlatni boshqargan, 1753 yildan to 1920 yilgacha esa turkiy o`zbeklardan bo`lgan Mang`itlar sulolasi Buxoro amirligiga asos solib, ushbu davlatni o`ziga xos davlat boshqaruvi, sud va sudlov, harbiy tuzum, tashqi diplomatiya asoslariga tayanib boshqargan. So`ng ulkan Buxoro amirligi 1920 yil 28 avgust – 2 sentabrda sho`rolar tomonidan amalga oshirilgan Buxoro bosqini natijasida bosib olingan. 1920 yil 8 sentabrdan Buxoro – Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)ning poytaxti bo`lgan. 1925 yildan O`zSSR va 1991 yil 1 sentabrdan mustaqil O`zbekiston Respublikasi tarkibida.[1]
Buxoroni arxeologik jihatdan faol o`rganish ishlari 70 – 80 yillarga to`g`ri keladi. O`zbekiston FA arxeologiya institutining maxsus arxeologiya otradi (A.R.Muhammadjonov, I.Ahrorov, J.Mirzaahmedov, SH.Odilov) va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash va asrash instituti otradi (YE.G.Nekrasova boshchiligida) tomonidn olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxoro viloyati hududida miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi o`zaniga yaqin yerlarga ayniqsa uning qadimgi tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Go`jayli va b.) havzalariga chorvador dehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashhur bo`lganlar. Arxeologlar Qorako`l tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlardan birining qoldiqlarini topib o`rgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Buxoro vohasida asta-sekin sun'iy sug`orish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining qadimgi tarmog`i – Shohrud bo`ylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro o`rnida bo`lgan qishloqning barpo bo`lishi aynan shu davrga to`g`ri keladi. 1970 yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan o`rganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 metrdan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo`lindi.
Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chog`ida materik qatlam ustida to`q jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va honaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari ko`p ekanligi ma'lum bo`ldi. Torf qatlami madrasa tomon tobora qalinlasha borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 metrga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri – ilk o`rta asr manbalarida qayd etilgan “Rudi Zar” (“Oltin Irmoq”) ning o`tganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirg`og`i bo`ylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar o`zagini tashkil qilganini tasdiqlaydi. Shahar o`zagi 3 qism – “Oltin irmoq”ning o`ng qirg`og`ida joylashgan ark, ya'ni qal'a hamda uning o`ng va so`l qirg`oqlaridagi qishloqlardan iborat bo`lgan. Bu yerdan topilgan ko`plab ashyoviy dalillar, xususan, sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 3 choragidan 20 asr boshlariga qadar)ga oid bo`lib, ulardan ikkitasi miloddan avvalgi 5 asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro Arkida olib borilgan qazishmalar vaqtida yana ko`plab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini o`rganishda muhim ahamiyatga egadir.
Shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi bo`ylab, chunonchi, yirik arxeologik yodgorliklar – Poykend, Qo`rg`oni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Bo`ston, Qo`zimontepa, Oqsochtepa, va boshqa shahar xarobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida miloddan avvalgi 6-5 asrlarga doir yodgorliklar (Chordara shahar xarobasi, Qumrabod – 1, Qumrabod – 2, Arabon – 1, Arabon – 2 nomli mustahkamlangan qishloqlar, miloddan avvalgi VI asrga oid Shodibek va Qalqonota qo`rg`onlari topib o`rganildi (1975-1977). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va me'morchilikka doir ko`plab ashyoviy dalillar topildi. O`sha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xoja-xotin, Laylakxo`r, Boshtepa, Oqtepa va boshqa joylardan ham topildi.
Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro davlatchiligi xususidagi yozma manbalarda keltirilgan ma'lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jez davri (mil.av. 2 – ming yillikning 2 - yarmi)dayoq vujudga kelib ular sinchli yarim yerto`lalardan iborat bo`lgan (qurib qolgan Mohandaryo tarmog`i mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar uni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6-5 asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmog`lari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzlgohlar paydo bo`lgan. Miloddan avvalgi 4 asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng handaq bilan o`rab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1 ming yillik boshidan O`rta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh o`zaro birlashib va to`xtovsiz taraqqiy etib borib kattagina shaharga – Buxoro vohasining savdo-hunarmandchilik va ma'muriy markaziga aylangan.
Buxoroning Buyuk Ipak Yo`li chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardo`zlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik, va h.k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki bo`ldi.
Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20 asr boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360dan ortiq guzar, 250dan ziyod madrasa, 390ta masjid, qariyb 150ta karvonsaroy, 350ta hovuz bo`lgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba o`qigan. Buxoroda 1920 yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmog`i ortib bordi.
O`zbek milliy davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri – Buxoro xonligi bo`lib, 1533 yilgacha mamlakatning markazi – Samarqand bo`lgan. Ubaydullaxon davrida poytaxt Buxoroga ko`chirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510 yil Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qo`shinlaridan yengilib halok bo`lganidan keyin Movarounnahr Temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qo`liga o`tadi. Lekin ko`p o`tmay Shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab Movarounnahr butunlay Shayboniylarga tobe bo`lgan. O`sha vaqtda xonlikka hozirgi O`zbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon kirgan. Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda bo`laklarga bo`linib ketgan. Buxoroda Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon, Samarqandda esa Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon mustaqillik e'lon qilgan. Balx va Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxon mustaqil hukmrolik qilgan. Shu yillarda shayboniy sultonlari va mahalliy mulkdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navro`z Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon va boshqa kichik-kichik hukmdorlar mustaqil bo`lib olganlar. 1551–1556 yillarda Shayboniylar o`rtasidagi Movarounnahr uchun kurashda Iskandarxonning o`g`li Abdullaxon g`olib chiqib, Buxoro xonligida o`z hokimiyatini o`rnatgan. 1557 yildan boshlab Buxoro uzil-kesil xonlikning poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563-1583) va uning o`g`li Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan. Abdullaxon II Balx (1573), Samarqand (1578), Toshkent (1582), Farg`ona (1583), Badaxshon (1584), Ko`lob (1585), Xuroson (1588), Xorazm (1595-1596) ustidan o`z hukmronligini o`rnatgan; markaziy davlat boshqaruv devonini mustahkamlagan. Shu tariqa 16 asr oxiriga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylangan. Sharqda Qashqar bilan chegaradosh bo`lgan, g`arbiy chekkasi Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha borib tutashgan. Xonlikning shimoldagi chegaralari Turkiston va Sayramgacha yetib, janubda Xurosonning sharqiy qismini o`z ichiga olgan.
Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, betakror tarixiy-madaniy va me'moriy meros ob'ektlari bilan sayyohlarni keng tanishtirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlantirishni ta'minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko'rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari ro'yxatini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida davlat dasturi ishlab chikilganligi (2017 — 2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturi) bu sohani o'rganish ustuvor axamiyatga egadir.
O'zbekistonda xalq xo'jaligini isloh qilishning asoslari iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bog'liq hisoblanadi. Bu yo'nalishda azaliy rivojlanib kelayotgan xalq xo'jaligi tarmoqlarini jadal yuksaltirish albatta birinchi navbatdagi vazifalardir. Endi jahon integratsiyasida faoliyat ko'rsatayotgan mamlakatimiz xalq xo'jaligi rivojiga dunyoda yangi iqtisodiy istiqbolli, samarali sohalarni kiritish zamon, vaqt talabidir. Bu yangi iqtisodiy tarmoqlardan eng muhimi turizm sohasidir. Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo'lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to'g'ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo'shilish va O'zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirish qiyin kechadi. Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko'plab jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab bera oladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo'lib bu kursni o'qitish, o'rgatish O'zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Buxoro — Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo'lib, Buyuk Ipak yo'lidagi eng yirik va mashhur savdo markazlaridan biridir. Shahar umumjahon tamadduni rivojlanishining eng muhim bosqichlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan o'zining ming yillar davomida shakllangan boy va noyob tarixi bilan madaniy-ma'rifiy va ma'naviy-diniy qadriyatlarning rivojlanishiga ulkan hissasini qo'shib kelgani bilan butun dunyoda shuhrat qozongan.
Mustaqil rivojlanish davrida O'zbekistonning butun turizm tarmog'i kabi Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini targ'ib qilish, turizmning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davlatning doimiy diqqat-e'tibori markazida turibdi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm industriyasi va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishda band bo'lgan turistik faoliyat sub'ektlari soni jadal sur'atlarda oshib bormoqda.
Buxoro qadimgi va me'moriy jihatdan beqiyos shaharlardan biridir. 1997-yilda uning 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor - «ilmlar markazi» sifatida mashhur bo'lgan. Islomiyat davrida u «Buxoroyi Sharif» deb ulug'langan, «ubbatil islom» unvoni bilan sharaflangan. YuNESKO tomonidan Jahon madaniyat merosi xazinasiga kiritilgan. Buxoro zaminida Abu Nasr ibn Muammad Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdullo Jafar Rudakiy, imom Buxoriy Bahouddin Nashbandiy singari buyuk allomalar, jaxonga mashur ko'plab insonlarga beshik bo'lgan.
Buxoro Markaziy Osiyodagi Buyuk ipak yo'lida joylashgan va jahon madaniyatida, tarixida o'ziga xos qiyofasi, madaniy meros ob'ektlari, arxitektura yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir. Uzoq va buyuk ajdodlarimizning ko'plab avlodlari tomonidan o'ziga xos me'morchilik uslublarida barpo etilgan. Buxoro shaxri millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan ko'proq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambllari Buxoro me'morchilik maktabining mevasidir. Buxoro shahrining me'morchilik tarixi uning g'arb tomonidan sharq tomoniga qarab davom yetadi. Sharq obidalari tarixi g'arbda Ark madaniy meros ob'ekti va Ismoil Somoniy maqbarasidan boshlansa, Poyi Kalon me'moriy ansabli, savdo rastalari - «toq» va «tim» lar, Labi Hovuz arxitekturaviy ansambli va boshqalar orqali borib Chor Minor madrasasiga taqaladi. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari yuz yilliklar, ming yilliklar davomida shakllangan bo'lib, ular yagona rejaviy va ajm-fazoviy kompozitsiya bilan bog'liqdir.


Yüklə 28,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin