Joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishi (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda).
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
6.
Ta’sis hujjatlari ma’lumotlaridagi, shu jumladan ta’sis hujjatlarining firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘shimchalar).
tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
8.
Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish).
qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
13
Tadbirkorlik sub’ektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?
09.02.2017 yildagi 66-son
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuborilayotgan har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida so‘rovnomaga ilova qilinishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi kerak.
tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;
taqsimlash balansi — ajratib chiqarishda;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak;
kreditorlar yig‘ilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining roziligini tasdiqlovchi hujjat — sud sanatsiyasi jarayonida bo‘lgan yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish).
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ushbu Nizom 12-bandining yettinchi xatboshida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
14
Tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish uchun asos bo‘ladigan holatlarni sanab bering.
09.02.2017 yildagi 66-son
davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi — ustav fondi miqdori oshirilgan (kamaytirilganda), ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tgan, qayta tashkil etilgan taqdirda;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar belgilangan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun ta’sis hujjatlarida ushbu Nizomga 11-ilovada nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lgan miqdorning belgilanganligi;
yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;
firma nomini tanlashda O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilmaslik;
ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganda, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno;
ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganda;
tadbirkorlik subyekti tomonidan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lmaganda;
tadbirkorlik subyekti o‘z tashkiliy-huquqiy shaklini qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan turga o‘zgartirishni so‘rab murojaat etganda.
15
Davlat xizmatlari markazlari qaysi turdagi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaydi?