Boshqamalari



Yüklə 96,36 Kb.
səhifə14/22
tarix18.09.2023
ölçüsü96,36 Kb.
#144971
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
TAXMINIY SAVOLLAR WORD-JAVOBLARI BILAN (2)

28.09.2022 yildagi 542-son Mazkur Reglamentning 6-bandiga muvofiq hujjatlarning taqdim etilmaganligi, davlat tashkilotining ustavi yoki nizomi yuqori turuvchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan taqdim etilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

50

Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish uchun uning vakili tomonidan zarur hujjatlar bilan murojaat qilinganda Davlat xizmatlari markazi bu to‘g‘risida qaysi tashkilotlarga xabar yuboradi?

28.09.2022 yildagi 542-son
Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish uning vakili ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu reglamentning 15-bandida nazarda tutilgan hujjat bilan murojaat etadi.
17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjat qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga davlat organini yuridik shaxs sifatida tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risida yozuv kiritadi, Tizim orqali davlat soliq, statistika, davlat aktivlarini boshqarish organlarini va tegishli bankni xabardor qiladi hamda bir ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy veb-saytida ushbu yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida e’lon joylashtiradi.

51

Davlat organi tugatilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgandan so‘ng soliq xizmati organi qanday harakatlarni amalga oshiradi?

28.09.2022 yildagi 542-son
Tugatilayotgan davlat organini joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida davlat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga kirishadi, uning muddati o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak.

52

Qanday asoslarga ko‘ra yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 2-ILOVA
13. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
mazkur Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik hujjatlari va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalari a’zolari tarkibiga tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslarning yoki yuridik shaxs bo‘lmagan boshqa subyektlar qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi talablari rioya etilmagan bo‘lsa;
yuridik shaxslar birlashmalarining a’zolari soniga qo‘yilgan minimal talabning bajarilmaganligi.
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat etilganda a’zolar soniga qo‘yilgan minimal talab buzilgan taqdirda yuridik shaxslar birlashmalari boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etilishi yoki ixtiyoriy tugatilishi kerak.
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

53

Qanday holatlarda yuridik shaxslar birlashmalari Davlat xizmatlari markazlariga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart hisoblanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 2-ILOVA
16. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda yoxud ta’sis hujjatlariga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek a’zolari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda ular o‘ttiz kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart.

54

Yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 2-ILOVA
8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
davlat tilidagi ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni;
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav;
yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
Bunda ta’sis shartnomasi va ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni yuridik shaxslar birlashmalari a’zolari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin.

55

Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
advokatlik firmasi yoki advokatlar hay’atini tashkil etish to‘g‘risidagi, ularning muassislari to‘g‘risidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish to‘g‘risidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hay’atlari uchun) ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ta’sis yig‘ilishining davlat tilidagi bayoni;
yuridik maslahatxona uchun — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish to‘g‘risidagi davlat tilidagi buyrug‘i;
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi va ustav, advokatlik byurosi uchun faqat ustav, yuridik maslahatxona uchun davlat tilidagi nizom;
advokatlik tuzilmasi qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
Bunda ta’sis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni Advokatlik tuzilmasi muassislari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin.

56

Advokatlik tuzilmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi qanday harakatlarni amalga oshiradi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga Tizim orqali elektron ravishda yuboradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab:
1 ish kuni mobaynida muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega bo‘lmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini adliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali so‘rab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar ma’lumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun mas’ul bo‘ladi;
4 ish kuni davomida hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi jihatidan ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud bo‘lganda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
12. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni amalga oshiradi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (hisobga qo‘yilgan) Advokatlik tuzilmalarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi;
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish) haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Advokatlik tuzilmalari davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarini ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

57

Advokatlik byurosi qanday tartibda kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
13. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish jarayonida advokatlik byurosi ham kompozit shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.
Bunda, ariza beruvchi advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish uchun to‘ldiriladigan arizaga qo‘shimcha ravishda advokatlik byurosini tashkil etish haqidagi so‘rovnomani mazkur reglamentning 8-bandida advokatlik byurosi uchun talab qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda ixtiyoriy ravishda to‘ldiradi.
Malaka imtihonini qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilganda litsenziya berish hamda advokatlik byurosini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir hujjatlarni advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organiga yuboradi hamda shu vaqtning o‘zida ariza beruvchining telefon raqamiga tegishli litsenziya va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron invoys yuboriladi.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organi so‘rovnomaga ilova qilingan hujjatlarni mazkur reglament talablari asosida ko‘rib chiqib, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lganda, ariza beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilganda, shuningdek litsenziya berish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda advokatlik byurosini o‘z axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning axborot tizimi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Adliya organi tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham rad etiladi.
Bunda, ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lov to‘lamasdan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan to‘lov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.
Ariza beruvchi tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov uning murojaatiga asosan to‘lov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi.

58

Qanday asoslarga ko‘ra advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
14. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish (hisobga olish)ni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;
ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega bo‘lmasalar;
Advokatlik tuzilmalaridagi advokatlar soni “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan miqdorlarga mos kelmasligi;
agar ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa.
Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

59

Advokatlik tuzilmalarining ma’lumotlaridagi qanday o‘zgarishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkalishi shart?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 3-ILOVA
17. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan Advokatlik tuzilmalari qayta tashkil etilgan yoxud ta’sis hujjatlariga boshqacha tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik firmalarining a’zolari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda ular o‘n kunlik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari shart.
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

60

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 4-ILOVA
8. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
shirkat tashkil etish (har bir uy uchun ovoz berish natijalari bilan), ustavni tasdiqlash va boshqaruv organlarini tanlash to‘g‘risidagi qarorni o‘z ichiga olgan umumiy yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolangan uy (uylar)dagi xonadonlar mulkdorlari umumiy yig‘ilishi bayonidan ko‘chirma;
shirkat ustavi;
uydagi xonadonlarning (har bir uy uchun) shirkat tashkil etilishi uchun ijobiy ovoz bergan mulkdorlarining pasport ma’lumotlari, manzillari, xonadonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarining nomi va rekvizitlari hamda ularning imzolari ko‘rsatilgan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ro‘yxati;
uylarning xonadonlar va noturar joylar soni ko‘rsatilgan manzilli ro‘yxati;
shirkat qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan shirkatning barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar bo‘yicha, jumladan taraflar o‘rtasidagi da’volashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni o‘z ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

61

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar Reglament talablariga muvofiqligi aniqlangandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi qanday harakatlarni amalga oshiradi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 4-ILOVA
11. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni amalga oshiradi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Shirkatni Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yadi;
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan Shirkatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Shirkat davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini ariza beruvchiga taqdim qiladi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

62

Qanday asoslarga ko‘ra xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 4-ILOVA
12. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan bo‘lsa.
Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
14. Shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda faqat kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda, shirkatni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan so‘rovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi.

63

Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridagi ma’lumotlar bir-biridan farq qilganda qanday ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28 sentyabdagi 542-son qaroriga 5-ILOVA
8. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:
Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar yuridik shaxslarda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa, Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi (bundan davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan nizomlari mustasno);
Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Reyestrning, 2022-yil 1-iyulga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi yuridik shaxslarga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi.

64

Qanday holatlar Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestriga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28 sentyabdagi 542-son qaroriga 5-ILOVA
9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi:
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish;
davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazishni yoki tugatishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
10. Ushbu Nizom 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida Reyestrga tegishli yozuv kiritadi.

65

Ma’lumki, Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ulardan foydalanish cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan taqdim etiladi. Qaysi tashkilotlar ushbu ma’lumotlarni Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomtalashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda olishlari lozim?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28 sentyabdagi 542-son qaroriga 5-ILOVA
13. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.

66

Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridan ma’lumotlarni berish tartbini (bepul yoki to‘lov asosida) aytib bering.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28 sentyabdagi 542-son qaroriga 5-ILOVA
14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning (ushbu Nizomning 13-bandida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlaridan tashqari) yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakl bo‘yicha aniq yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, yuridik shaxslarning ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda) taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yig‘im evaziga beriladi.
Yig‘imlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

67

Qaysi turdagi yuridik shaxslarning faoliyatini to‘xtatish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi va u qanday tartibda amalga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 6-ILOVA
Yuridik maslahatxonalar faoliyatini to‘xtatish ularni tashkil etgan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalarining qarorini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xodimi Reyestrga ularning faoliyati to‘xtatilganligi haqida yozuv kiritishi orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

68

Qanday holatda advokatlik byurosini tugatish sud tomonidan amalga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 6-ILOVA
Advokatlik byurosining rahbari bo‘lgan advokatning litsenziyasi “Advokatura to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilganda advokatlik byurosini tugatish sud tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 27.12.1996 yildagi 349-I-son
16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo‘lganidan so‘ng;
agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan bo‘lsa;
ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
advokat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga ko‘ra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo‘lishga haqli emas.

69

Tadbirkorlik sub’ekti bo‘lmagan yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 6-ILOVA
5. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning ta’sis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatilayotgan yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
yuridik shaxsni tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.

70

Davlat xizmatlari markazi tadbirkorlik sub’ekti bo‘lmagan yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida qanday harakatlarni amalga oshirishi lozim?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 6-ILOVA
8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) yuridik shaxs ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi vakolatli organlarni xabardor qiladi:
yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini;
Byuroning tegishli tuman (shahar) bo‘limini;
b) Tizimga yuridik shaxslar tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e’lonni joylashtiradi.
E’londa kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati ko‘rsatiladi, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.

71

Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limiga yuridik shaxs tugatilayotganligi to‘g‘risidagi Davlat xizmatlari markazining xabarnomasi kelib tushgandan so‘ng, ijrochi qanday harakatlarni amalga oshiradi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 6-ILOVA
11. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning xabarnomasini olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.

72

Tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun so‘rovnomaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
12. Tizim vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishlicha so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori — davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/346/0523-son)
topshirish dalolatnomasi — qo‘shib yuborilganda;
taqsimlash balansi — bo‘lishda va ajratib chiqarishda.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak — qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo bo‘lgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Ariza beruvchi ta’sis hujjatlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda namunaviy shakllar asosida yoki boshqa shakllarda rasmiylashtirish huquqiga ega.

73

Yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda xabardor qilish tartibini tushuntirib bering. Qanday holatda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
21. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

74

Yuridik shaxs – tadbirkorlik sub’ektining ustav fondi miqdori oshirilganligini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda Davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tizim vositasida ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olgan holda quyidagi hujjatlar so‘rovnomaga ilova qilinadi:
tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat — ustav fondi miqdori oshirilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;

75

Qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qaysi hududdagi Davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
29. Ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan holatlarda:
qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar joylashgan joydagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi;
agar qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar joylashgan joy qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs joylashgan joydan farq qilsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar joylashgan joyda amalga oshiriladi.

76

Yuridik shaxs – tadbirkorlik sub’ektini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizachining vakili tomonidan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
31. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat qilinganida qog‘oz hujjatlarning asl nusxalari bir nusxada taqdim etiladi.
Agar Tizim foydalanuvchisiga — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimiga hujjatlar o‘zi kelib ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa, shuningdek uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi, shaxsini va O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va ariza beruvchi vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma, shartnoma, tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.

77

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilishning umumiy asoslari keltirilgan. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni yana qanday qo‘shimcha asoslar bilan rad qilish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ulushi miqdoriga nomuvofiqligi asos bo‘ladi.
41.1. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori mavjudligi asos bo‘ladi.
41.2. Davlat korxonasini qayta tashkil etishni yoxud qayta tashkil etish natijasida tugatishni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjud emasligi asos bo‘ladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mustasno.
42. Bozorni, shuningdek faoliyat yuritayotgan bozor negizida qayta tuzilgan savdo majmuasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda bozor va savdo majmuasi muassislari tarkibida ustav fondida ellik bir foizdan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mavjud emasligi asos bo‘ladi.
43. Aksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda jamiyat ustav fondida o‘n besh foizdan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan bir yoki undan ortiq xorijiy investorlarning mavjud emasligi asos bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

78

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatjan o‘tkazishni rad qilishning umumiy asoslari keltirilgan. Bozorni, faoliyat yuritayotgan bozor negizida qayta tuzilgan savdo majmuasini, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni yana qanday qo‘shimcha asoslar bilan rad qilish mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 1-ILOVA
42. Bozorni, shuningdek faoliyat yuritayotgan bozor negizida qayta tuzilgan savdo majmuasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda bozor va savdo majmuasi muassislari tarkibida ustav fondida ellik bir foizdan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mavjud emasligi asos bo‘ladi.

79

Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar qaysilar?

FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 18.09.2006 yildagi O‘RQ-51-son
4-modda. Firma nomida ko‘rsatilishi lozim bo‘lmagan belgilar
Firma nomida:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
Firma nomida:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joyning nomlari bilan, shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki tashkilotning ruxsati bo‘lsa, firma nomiga kiritilishi mumkin.

80

Qaysi holatlarda firma nomiga bo‘lgan huquq boshqa shaxslarga o‘tadi?

FIRMA NOMLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 18.09.2006 yildagi O‘RQ-51-son
9-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishiga faqat yuridik shaxs qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua sifatida sotilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs bo‘linganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi.

81

Qaysi yuridik shaxslar davlatning rasmiy nomidan, shuningdek undan hosila so‘zlardan o‘z nomlarida foydalanish huquqiga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.10.2014 yildagi 286-son
1. Belgilansinki, “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila so‘zlardan quyidagilar o‘z nomlari va ramzlarida foydalanish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari.
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari;
respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ularning alohida bo‘linmalari;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
Ushbu band talablari davlatning boshqa tillardagi rasmiy nomidan foydalanishga ham tatbiq etiladi.

82

Qanday hollarda davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so‘zlarni qo‘shish asosida tashkil etilgan yuridik shaxslarning nomidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi va ushbu nom o‘zgartirilishi lozim?



83

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmoni bilan 18 turdagi ma’lumotlar va hujjatlarni davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilish bekor qilingan. Davlat organlari ushbu ma’lumotlarni qanday tartibda oladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.03.2021 yildagi PF-6191-son
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblansin.

84

O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmoniga asosan nechta turdagi davlat xizmatlarining natijasini pochta aloqasi orqali yetkazish yo‘lga qo‘yilgan? Ulardan qaysilarini bilasiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga 2-ILOVA
2021-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining xohishiga ko‘ra ko‘rsatilgan davlat xizmatining natijasi pochta aloqasi orqali yetkaziladigan davlat xizmatlari
RO‘YXATI*
1. Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish.
2. Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish.
3. Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat dublikatini taqdim etish.
4. Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta, oliy ta’lim olganlik to‘g‘risida hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash.
5. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash.
6. O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda imtiyozli davolanishi uchun yo‘llanmalar berish.
7. Haydovchilik guvohnomasini berish, almashtirish va yo‘qolganlari o‘rniga yangisini berish.
8. Odamning immunitet tanqisligi virusi mavjud emasligi to‘g‘risida sertifikat berish.
9. Avtomototransport vositalari va tirkamalarga (yarim tirkamalarga) ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish va qayd etish guvohnomasini berish.
10. Avtomototransport vositalari va tirkamalarga (yarim tirkamalarga) tranzit ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini berish.
11. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun yo‘llanma berish.
12. Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadigan shaxslarni akkreditatsiya qilish.
13. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berish.
14. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma berish.
15. Ipoteka hamda binolar va inshootlarga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
16. Kadastr ishini tayyorlash va ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish.
17. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma berish.
18. Ixtiroga patent berish.
19. Foydali modelga patent berish.
20. Sanoat namunasiga patent berish.
21. Seleksiya yutug‘iga patent berish.
22. Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish.
23. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma berish.
24. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnoma berish.
25. Muhtoj shaxslarga protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar yetkazib berish.
26. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish.
27. Fuqarolik holatini qayd etish hujjatlarini berish.
28. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish.
* Davlat xizmatlarining natijasi pochta aloqasi orqali yetkazilganda pochta xizmatlari uchun amalga oshiriladigan to‘lovlar davlat xizmatidan foydalanuvchi hisobidan amalga oshiriladi.

85

Qaysi xizmatlar Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga 1-ILOVA
2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari
RO‘YXATI


Yüklə 96,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin