Ta’sis hujjatlari ma’lumotlaridagi, shu jumladan ta’sis hujjatlarining firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘shimchalar).
tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
8.
Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish).
qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
47
Ma’lumki, tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimga kiritiladi. Benefitsiar mulkdor deganda nimani (yoki kimni) tushunasiz?
Benefitsiar mulkdor – provardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
xalqaro amaliyotda benefitsiar deganda kompaniyaga kamida 25 foiz egalik qiluvchi yoki uning faoliyatini jiddiy nazorat qiluvchi jismoniy shaxs tushuniladi.
Benefitsiarlarni ochiqlash qonuniy ishlayotgan yirik chet el investorlarini Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishiga zamin yaratadi.
Bir soʻz bilan aytganda, benifitsiarlarning ochiqlanishi jarayonning asosiy “oʻyinchilarini” maydonga olib chiqadi, “koʻrinmas odam” effektini yoʻqqa chiqaradi va turli “kulrang sxemalar”ning ishlashini qiyinlashtiradi. Shu sababli korrupsiyaga qarshi kopleks choralardan biri sifatida samarali usul hisoblanadi.
Benefitsiar mulkdor — ta’sis etilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining haqiqiy egasi yoki ariza beruvchini haqiqatda nazorat qiluvchi yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs.
48
Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kimlar o‘zi kelgan holda Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin va qancha vaqtda murojaat qilishlari lozim?
28.09.2022 yildagi 542-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat tashkiloti vakili (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat etadi va ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
49
Qanday asoslarga ko‘ra davlat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilish mumkin?