Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ILOVA
16. Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
100
Hozirgi kunda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq hamda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot va hujjatlar qaysi tashkilotlar tomonidan vakolatli organga, ya’ni Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalariga yuborilmoqda?
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ILOVA 11. Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, cheklanganda yoki bekor bo‘lganda yoxud ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun