Boshqarish va himoya apparatlari Reja



Yüklə 222,35 Kb.
səhifə3/4
tarix12.09.2023
ölçüsü222,35 Kb.
#142909
1   2   3   4
Boshqarish va himoya apparatlari Reja (1)

10.4- rasm.
10.4-rasmda PME seriyadagi yuritgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Xarakatlanuvchan kontakt 1 ko’prik shaklida yasalgan. Tok uzatuvchi shinachalar 3 qo’zg’almas kontakt- detali 4 ga shunday tartibda ulanganki, bunda xosil bo’layotgan lektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri xarakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan xarakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida xarakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday yuritgichlarning kontaktlarining xarakatlanish masofasi yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi.
Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi.
Magnitli ishga tushirgichlar asosan asinxron dvigatellarni ishga tushurish va boshqarish uchun qo’llaniladi. 10.5- rasmda asinxron dvigatelni magnitli ishga tushirgich (MIT) yordamida boshqarish elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Bu MIT uch fazali kontaktorning yordamchi kontaktlari va issiqlik relesi bor.


10.5-rasm
MIT elektr saqlagich bilan birga ishlatilishi lozim, chunki uning qisqa tutashishdan himoyalovchi tuzilmasi yo‘q. 10.6- rasm, a dagi sxemada shartli tasvirlar quyidagilami bildiradi: IR — issiqlik relesi, 1IR, 2IR — issiqlik relesini ajratuvchi kontaktlar, EKCH— elektromagnit kontaktorning chulg'ami, L1 — EKCH ning asosiy, yoy o‘chirish tuzilmasi bilan tutashuvchi kontaktlari, K2 — EKCH ning blok-kontakti, T — to'xtatishknopkasi (tugmasi), Y — yurgizish knopkasi. Yurgizish knopkasini bosganda kontaktorning elektromagnit chulg‘ami (EKCH)uch fazali tarmoqning liniya kuchlanishiga ulanadi. Demak, elektromagnit kontaktor chulg‘amidan tok o‘tadi va kontaktor o‘zining asosiy kontaktlari K1 va blok- kontaktiK2 ni tutashtiradi. Asinxron dvigatel tarmoqqa ulanadi va ishga tushadi. Endi yurgizish knopkasini bosib turishning hojati yo‘q, chunki bu knopkaga parallel ulangan blok-kontakt K2 qo‘shilgan bo‘lib, EKCH tarmoqdan shu boshqarish blok-kontakti orqali tok oladi. Agar dvigatelni to‘xtatmoqchi bo‘lsak o‘xtatish knopkasi T ni bosamiz, EKCH zanjiri uziladi va undan tok o‘tmaydi, demak, kontakt K1 ochilib dvigatelni tarmoqdan ajratadi. 0 ‘ta yuklantirish rejimida dvigatelning toki nominal qiymatga ko‘ra oshganda, tokning ajratib chiqaradigan issiqligi oshadi, demak, issiqlik relelarining kontaktlari 1IR va 2IR ochilib, EKCH ni tarmoqdan ajratadi. EKCH dan tok o‘tmaganda uning kontaktlari K1ochilib, asinxron dvigatel tarmoqdan ajraladi.




Yüklə 222,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin