Boshqarishning nazariy asoslari


BOB MOLIYAVIY REJANI SHAKLLANTIRISH



Yüklə 322,98 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü322,98 Kb.
#205380
1   2   3   4   5   6   7
INVESTITSIYA (2)

2.BOB MOLIYAVIY REJANI SHAKLLANTIRISH




      1. Korxonaning moliyaviy rejasini ishlab chiqish


Investitsion faoliyat maxsulot ishlab chikarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog’lik jarayonni uz ichiga oladi. Operatsion jarayon esa maxsulot ishlab chikarish davri yoki maxsulot ishlab chikarish texnologik jarrayonlari bilan bog’lik xisoblanadi.
Moliyaviy faoliyat esa ishlab chikarilgan maxsulotni realizatsiyasidan tushgan tushumni taksimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog’lik munosabatlarni uz ichiga olib korxona iktisodiy moliyaviy faoliyatining xakikiy natijalarini baxolab beruvchi jarayon xisoblanadi.
Korxonalar moliyasining mavjudligi tovar-pul munosabatlarining mavjudligi va kiymat konunining amal kilishi bilan belgilanadi.
Ishlab chikarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarning realizatsyasi tovar kiymatining puldagi ifodasi xisoblanuvchi narxlar buyicha pulga sotish va sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Tovarlar realizatsiyasi natijasida olingan pul tushumlaring taksimlanishi natijasida korxonalarda turli xo’jalik sub’ektlari bilan uzaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi.
Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning kiymati nuktai nazaridan uzaro unda ishtirok etuvchilar urtasidagi taksimot munosabatlari yuzasidan sodir bo’ladi. Shuning uchun xam xar kanday ishlab chikarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, maxsulot etkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko’rsatuvchilar va davlat byudjeti urtasida kiymat taksimot munosabatlari amalga oshiriladi. Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarateridan iborat bulgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni uzida aks ettiradi.

Moliyaning alohida xususiyati uning taqsimlash funksiyasi natijasida markazlashtirlgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan belgilanadi. Aynan mazkur pul fondlarining bosh moliyaviy manbai korxonalar mahsulot


realizatsiyasi(ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar)dan tushgan tushum hisoblanadi. Tushumni birlamchi taqsimlanishida soliqlarning roli alohida ahamiyatga ega.
Tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarida faoliyat yurituvchi xualik sub’ektlari asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini shakllantirish turli shakldagi xo’jalik operatsiyalari moliyaviy natijalarini taqsimoti jarayonidagi pul jamyoarmalari hisobiga tashkil qilinuvchi moliviy resurslar vositasida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda «Moliyaviy resurslar» tushuchasidan keng foydalaniladi. Mazkur moliyaviy kategoriyaning mohiyatini bir ma’noda va asoslangan holda talkin qilishnafakat nazariya uchun balki korxonalar moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona va tashkilotlari moliyaviy resurslari -bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorlarida bulgan va turli xarakterdagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barqarorligini ta’mnlashga doir xarajatlarni amalga oshirishga mulljallangan pul daromadlari va tushumlaridir.
Rossiyalik iqtisodchi V.M.Rodionovaning fikricha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari;
-moliyaviy bozorlardan jalb qilingan resurslar;
-moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablag’lar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi.

Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi.


Qayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to’lovlari, dividentlar va foizlar, pay badallari, byudet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan hamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy resurslarga ta’rif berilganda moliyaviy
majburiyatlarni bajarishga yo’naltirigna pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy resurslarning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmoqda.
Ma’lumki, korxonaning oldidagi byudjetga to’lovlar(soliqlar) va ajratmalar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar shaklidagi to’lovlarning nafakat foydadan tulanadi. Balki, ularnin ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy resurslarini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai xo’jalik sub’ektlari darajasida yalpi daromad va amortizatsiya hisoblanadi. Umumiy olib qaraganda uning bosh manbai mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum hisoblanadi. Chunki, yalpi daromadni shakllanishi ham amortizatsiya ajratmalarini shakllanishini ham tannarx xarajatlari elementi sifatida mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida chiqariladi.
Shunday qilib moliyaviy resurslarning asosiy qismi pul mablag’larini tashkil etadi. Shunday ekan pul mablag’larining samaradorligi o’z navbatida moliyaviy resurslar samaradorligini ta’minlaydi. Korxonalarda pul oqimlari harakatini tezlashtirish pul mablag’larini tejab qolishga hamda tejalgan pul mablag’larini ishlab chiqarishni kengaytirishga yoki boshqa sohaga yo’naltirishi mumkin.


Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy resurslarning o’lchami, zaruriy kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko’paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy xarakterdagi ehtiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Korxonalarda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy resurslar fondli va nofondli kurinishlarda foydalaniladi.Chunki, moliyaviy resurslarni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo’naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy resurslar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning urtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud.
Pul mablag’lari- moliyaviy resurslarga nisbatan kengrok ma’noga ega bulgan tushunchadir. Moliyaviy resurslar esa korxona pul mablag’larining fakatgina aylanmada bulgan qisminigina anglatadi.
Pul fondlari esa moliyaviy resurslardan fondli shakllardagi yo’nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi.
Pul mablag’lari va moliyaviy resurslarning urtasidagi fark mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob rahamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o’lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy
summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yokilgi, elektorenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va kolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy resurslarning manbai hisoblanadi.



      1. Yüklə 322,98 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin