biznes tarkibini o\'zgartirish bo\'yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv
Korxonada boshqaruv samaradorligining turlari Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o‘ziga emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab chiqarishni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki korxona faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o‘rganish, xodimlar va moliyani boshqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu sababali, boshqaruv samaradorligi deganda pirovard natijada ob’ektni yaxlit tizim sifatida oqilona faoliyat ko‘rsatishi va uning rivojlanishini ta’minlaydigan boshqarishni tushunish zarur.
Korxona boshqaruvi samaradorligini ta’minlashda uning uslubiy jihatdan mezon va ko‘rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o‘tkazish lozim. Chunki o‘tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo‘lsa, boshqaruv samaradorligining ob’ektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tahlil jarayonida aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanib boshqaruv samaradorligiga baho beriladi.