Boshqarishning umumdavlat, mahalla va tarmoq organlari



Yüklə 68,37 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü68,37 Kb.
#199640
1   2   3
Ergashev Fazliddin

Mahalla organlari.

Ma’lumki, iqtisodiy islohatlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish ob’ektidan qat’iy nazar (Respublika, tarmoq, korxona), mujassamlangan holda xududiy birlik(viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishining tarmoq tizimidan funktsional tizimiga o’tishi mahalliy boshqarish organlari mavqeini yanada oshirishni taqozo etadi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning XXI bobi-“Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” -deb ataladi. Shu bobga binoan 1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Oliy Majlisi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida” va “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishi organlari to’g’risida” ikki muhim qonunni qabul qildi. Shu hujjatlar asosida mamlakatimizda oldin amal qilib kelgan uch bo’g’inli mahalliy boshqarish organlari tizimi o’rniga.
Respublikada tumanlarning ikki turi:

  • viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar;

  • shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar; Shaharlarning esa uch turi:

  • tumanga bo’ysinuvchi shaharlar;

  • viloyatga bo’ysinuvchi shaharlar;

  • respublikaga bo’ysinuvchi shaharlar mavjud.

Mahalliy vakillik organlari ikki bo’g’inli tizimining o’rnatilishi bilan cheklanilmay, mavjud xududiy tuzimilarning ham ba’zilarida mahalliy vakillik organlari tuzilmaydigan bo’ldi. Xususan, Konstitutsiya va qonun shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo’ysinuvchi shaharlarda vakillik organlarining tuzilishini nazarda tutmaydi.
Ma’lumki, sobiq sho’rolar tizimida mahalliy boshqaruv organlari o’z faoliyati ko’proq o’zlari rahbarlik qilayotgan xududlar manfaatini ustunroq qo’ysalar, u holda “mahalliychilikda” ayblanar edilar. Shu sababli viloyatlar, tumanlar, shaharlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdan va samaradorlikni oshirishdan, milliy daromadda o’z ulushlarining ko’payishidan manfaatdor emasdilar. Bu, o’z navbatida xududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uzoq vaqt davomida boshqaruv organlari o’z zimmalaridagi muhim
vazifalarni, ya’ni:

  • iqtisodni rivojlanishiga bevosita rahbarlik qilish;

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;

  • mehnat va iste’mol me’yori ustidan nazorat olib borish;

  • aholiga turli xil xizmatlarni ko’rsatish;

  • mulklarni va jamoat tartibini qo’riqlash;

  • tabiat resurslari va atrof muhitni muhofaza etish kabi, vazifalarni etarli darajada bajara olmadi. Natijada viloyat, tuman va shaharlarning tabiiy- iqtisodiy, sotsial salohiyatidan foydalanish past darajada qolaverdi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa har bir xudud o’z iqtisodiy rivojlanishida ko’proq erkinlikka ega bo’lishlari, ishlab chiqarish natijalaridan, avvalo, ushbu xudud aholisi manfaatdor bo’lishi lozim. Ma’lumki Respublikamizda bozor munosabatlariga o’tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa, mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash, xo’jalik yuritishning yangi usullari vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib bo’lmas edi.
Konstitutsiyamizning 100 moddasiga binoan mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:


    • qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

    • xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

    • mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etis mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

    • mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

    • atrof-muhitni muhofaza qilish;

    • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

    • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


  1. Yüklə 68,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin