Boshqarishning umumdavlat, mahalla va tarmoq organlari



Yüklə 68,37 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü68,37 Kb.
#199640
  1   2   3
Ergashev Fazliddin


Boshqarishning umumdavlat, mahalla va tarmoq organlari
Reja:

  1. Boshqarishning umumdavlat organlari.

  2. Mahalla organlari.

  3. Tarmoq organlari.

  4. Xulosa




  1. Boshqarishning umumdavlat organlari.

Organ-bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir. Boshqarish organi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnati taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan strukturasi doirasida uning funktsiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash va vazifalarini aniqlshdan boshlanadi. So’ngra harbir funktsiyalar:

    • guruhi;

    • ularning hajmi;

    • darajasi va bosqichi;

    • ixtisoslashtirilishi;

    • markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi tahlil qilinadi.

Ana shulardan keyin aniq ishlar yo’nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish yoki mavjud bo’linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga qo’shimcha funktsiyalarni topshirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi:
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni, ya’ni bir rahbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo’linmalar sonining bo’ysinishi nazarda tutiladi. Bunda hozircha yagona normalar belgilanmagan. Ba’zi chet el mutaxassislari bo’ysinuvchi ijrochilar va bo’linmalar soni 5-6 kishidan oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar.
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo’lishi mumkin va master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi.
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki, rahbar bilan ishchi o’rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks holda bosqich va bo’g’inlar sonining ko’payishi natijasida axborotlarning o’tishi sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi.
Bo’ysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko’zda tutadigan bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir.
Davlat boshqaruv organlari
Davlat boshqaruv organlari — qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni O’zbekiston Respublikasi Parlamenti — Oliy Majlis amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi endilikda ikki palatalik organ tariqasida faoliyat ko’rsatmoqda. Parlament a’zolari har bir davlatda o’ziga xos xususiyatlar asosida saylanishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Oliy Majlisining Senatiga senator 25 yoshdan, Qonunchilik Palatasi deputati ham saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan, O’zbekiston hududida saylovgacha muqim 5 yil istiqomat qilgan, O’zbekiston Respublikasi
Fuqarosi ega bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining ikki palatali parlament tartibi, vakolatlari, maqomlari va boshqa jihatlariga ko’ra quyi palata faqat doimiy asosda ishlovchi deputatlardan tarkib topdi. Vazirlar Mahkamasi barcha funksiyalarni, vazirliklar — ayrim yoki bir qator funksiyalarni bajaradi.
O’zbekiston Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi organi- bu Vazirlar Mahkamasidir. Uning tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 98-moddastga binoan Vazrlar Mahkamasi:


    • iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni;






    • O’zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.


  1. Yüklə 68,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin