Boshqarishning umumdavlat, mahalla va tarmoq organlari



Yüklə 68,37 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü68,37 Kb.
#199640
1   2   3
Ergashev Fazliddin

Tarmoq organlari

Mazkur qarorlar mahalliy-xududiy boshqaruv faoliyatini tubdan o’zgartirishga, tumanlar va shaharlardagi iqtisodiy islohotlarni tahlil qilishga va ularni zamonaviy usullar bilan boshqarishga qaratilgan.

Qarorlarning tub mohiyati, eng avvalo, boshqarishning tarmoq tizimidan funktsional tizimga o’tishni joriy etishdan iborat. Ma’lumki, bozor munosabatlarining to’laqonli shakllanishi sharoitida gorizantal xo’jalik aloqalarining kengayishi natijasida markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari kamayib boradi. Saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari esa mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda:




    • Tarmoq rivojlanishi umumiy yo’nalishlarini;

    • Ilmiy-texnikaviy siyosatni;

    • Chet el investitsiyalarni olib kelish;

    • Ekologik muammolarni hal qilish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.

Eng muhim masalalardan yana biri - bu hokimliklarga ular xududida joylashgan vazirliklar, respublika tashkilotlarining xududiy bo’linmalari ishini muvofiqlashtirish huquqlari berilganligidir.
Demak, hokimliklar ushbu xududda joylashgan barcha xo’jalik va korxonalar faoliyatini mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan haolda muvofiqlashtiradilar. Bu

  • xududlar ijtimoiy holatini yaxshilashga, eng avvalo, band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga keng yo’l ochadi.

O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.1993) qonuning 24 moddasiga binoan xalq deputatlari viloyat tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi.

    • hokimning taqdimiga binoan mahalliy byudjet va uning ijrosiga doir hisobotni, xududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

    • amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliqlar, yig’imlar, boj miqdorini belgilash, mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berish;

    • hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni tinglash;

    • ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

    • xalq deputatlari Kengashining ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

    • xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa

organlarini tuzish, saylash va tugatish: ularning tarkibini o’zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

    • qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to’xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

    • ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa strukturaviy bo’linmalarning hisobotlarini tinglash;

    • xalq deputatlarining so’rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

    • hokimning va qyishi Kengashning O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

    • hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

Xulosa
Shunday qilib, davlat boshqaruv organlarini ijro etuvchi hokimiyat tashkil qilib u O’zbekiston Respublikasi yagona davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i. Ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadi, ularga respublika hukumati, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlat muassasalari va korxonalari kiradi. Ijro etuvchi hokimiyat davlat xizmati orqali amalga oshiriladi. Ya’ni davlat xizmati fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyatidir.
Yüklə 68,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin