Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə91/166
tarix20.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#165333
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166
O‘rta maxsus professionаl tа’limning 50410101- buxgalteriya hiso-fayllar.org

Tuzuvchilar


Yusupova K.A


Toshkent Temir Yo’l Texnikumi o`qituvchisi


Taqrizchilar


O.B.Djumanova

Toshkent Davlat transport Universiteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri












1.O’quv dasturi umumiy talablari


Dastur nomi


Buxgalteriya hisobi


Ajratilgan soat

220



O’qituvchining mashg’ulotida qatnashib o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular soni


17



Dasturning maqsadi

Mazkur o’quv dasturida o’quvchilarga amaldagi tarmoq standartlari doirasida chuqur bilim hamda amaliy ko’nikmalarni berish. O’qitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, komp’yuterlashtirilgan dasturlar qo’llagan holda mashg’ulotlarni nazariy, amaliy darslar ko’rinishida tashkil etilib chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar berish maqsad qilib qo’yilgan.




O’zlashtirish (o’qitish) natijalari

1.Buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish qoidalari, yo’riqnoma va andozalarini bilish. Buxgalteriya hisobi metodi va uning asosiy elementlarini hisobda qo’llay olish.


2.Kassa muomilalarini hisobga olish va rasmiylashtirishni bilish. Naqd pulsiz hisob-kitob muomilalarini hujjatlashtirishga erishish. Ishlab chiqarish zahiralarining hisobini yuritish. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritishni bilish.
3.Mehnatga haq to’lash shakillari, ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash hujjatlarda rasmiylashtirishni bilish. temir yo’l transporti korxonalarida asosiy faoliyat xarajatlari hisobini yuritishni bilish. Tayyor maxsulot, tovarlar va ularning sotilishini hisobda yuritilishini bilish.
4.Davr xarajatlari va boshqa xarajatlar hisobini bilish. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari, hisob ishlarini tashkil etish va yuritish tartibini bilish. Fondlar va korxona faoliyati moliyaviy natijalari hisobga olinishini bilish.
5.Xarajatlarni hisobga olish, maxsulot (ish xizmat) tannarxini aniqlash hamda muomalalarini hujjatlashtirishni bilish.
6.Buxgalteriya hisobotini tuzish va topshirish tartibini bilish. Byudjet muassasalarining xususiyatlari, schyotlar rejasi va balansi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.




Bilimlar
  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob ishlarini tashkil etish va yuritishning nazariy hamda huquqiy asoslarini bilish;


  • korxonaning hisob siyosatini tuza olish;


  • xo‘jalikning barcha muomalalariga schyotlar korrespondentsiyasini tuzishni bilish;


  • buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va hujjatlashtirishni bilish;


  • buxgalteriya hisoboti shakllari va ularni tuzish qoidalarini bilish;


  • pul mablag‘lari hisobini yuritish va rasmiylashtirishni bilish;


  • ishlab chiqarish zaxiralari hisobini yuritish;


  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritishni bilish;


  • mehnatga haq to‘lashni hisobga olish va hujjatlashtirishni bilish;


  • xarajatlar hisobini yuritish;


  • tayor mahsulot va uni sotish hisobiga doir muomalalarni hisobga olish hamda hujjatlashtirishni bilish;


  • korxona fondlarini hisobga olinishi bilish;


  • xo‘jalikning faoliyat turlaridan oladigan foyda(zarar)sini hisobga olish hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot tuzishni bilish;


  • buxgalteriya hisobotini tuzish va topshirish tartibini bilish;


  • xo‘jalik sub’yektlarida (tarmoqlar bo‘yicha) xarajatlarni hisobga olish, mahsulot tannarxini aniqlash hamda muomalalarni hujjatlashtirishni bilish.




Ko’nikmalar
  • buxgalteriya hisobining ishlarini tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslarini qo‘llash;


  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning aktivlarini hisobga olish va hujjatlashtirishni o‘rganish;


  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kapital va majburiyatlarini hisobga olish va hujjatlarda aks ettirish;


  • xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va hujjatlashtira olish;


  • buxgalteriya hisoboti shakllarini tuza olish va tegishli organlarga taqdim eta olish;


  • qishloq xo‘jaligi korxonalarining buxgalteriya hisobini yuritish;


  • kichik korxonalar va mikrofirmalarning xo‘jalik hisobini yuritish.









Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin