Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 485,01 Kb.
səhifə84/171
tarix07.02.2023
ölçüsü485,01 Kb.
#83315
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171
50730301-BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI

L.Jo‘rayev
Z.Abdurasulova

Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumi maxsus fan o‘qituvchilari






I.Sharapov

Pedagogik innovatsiyalar instituti, Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi – mas’ul

Taqrizchi:



Sh. Xabibullaev

Toshkent arxitektura-qurilish instituti dotsenti


1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.



O‘quv dasturining nomi:

“Injenerlik geodeziyasi”

Ajratilgan soat:

60 soat

Mavzular soni:

15

Dasturning maqsadi:

  • Geodeziya –Yerning shakli va o‘lchamini o‘rganuvchi fan bo‘lib, undan turli inshootlarni loyihalash va qurish ishlarida ham keng ko‘lamda foydaliniladi;

  • Mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan barcha qurilish ishlarida turli geodezik o‘lchash ishlari hal qilinadi;

  • Geodeziya fanida bino va inshoot loyihasini tuzish, ularni joyga ko‘chirish, qurish va ishlatish davridagi geodezik ishlarni bajarish usullari ham o‘rgatiladi.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:

  • yerning shakli va o‘lchamlari, geodeziyada qo‘llanadigan koordinatalar sistemalari;

  • joyda chiziqlarni orientirlash; topografik plan va kartalar, ularda masala yechish;

  • geodezik asboblarning turlari va ularning tuzilishi, ular bilan o‘lchashlarni bajarish;

  • topografik-geodezik o‘lchashlar turlari va ularni bajarish;

  • geodezik o‘lchashlar natijasini ishlab chiqish va ular aniqligini baholash; masofadan turib yerni zondlash usullari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

Bilim:

  • topografik-geodezik o‘lchashlar turlari va ularni bajarish;

  • geodezik o‘lchashlar natijasini ishlab chiqish va ular aniqligini baholash; masofadan turib yerni zondlash usullari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • geodezik o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va natijalarni matematik ishlab chiqish;

  • geodezik o‘lchash asboblari, shu jumladan hozirgi zamon elektron asboblarni, ularning texnik ko‘rsatkichlari, ularni sinash, tekshirish tuzatish va ularni ishlatish;

Ko‘nikma:

  • sinash, tekshirish tuzatish va ularni ishlatish;

  • topografik-geodezik ishlarni bajarishda standartlar va texnik shartlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • topografik plan va kartalar bilan ishlash;

  • teodolit, nivelir, taxeometr, elektron taxeometr va raqamli nivelirlar bilan ishlash;

  • geodezik o‘lchashlar natijasini matematik ishlab chiqish;

  • geodezik tarmoqlarni turli usullarda tenglash va aniqligini baholash;

  • kadastr ishlarida geodezik o‘lchashlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 485,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin