səhifə 139/170 tarix 04.02.2023 ölçüsü 1,17 Mb. #82813
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz,
www.wikipedia.uz,
https://minzdrav.uz.,
www.med.uz.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202 - Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
Diyetologiya fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.2.6
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
.
Tuzuvchilar:
Rixsiyeva Yu.M.“Hamshiralik ishi ” fani o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
D.Yunusova
Yo.X.Azizov
2-Respublika tibbiyot kolleji “Hamshiralik ishi” fani o‘qituvchisi, “Hamshiralik ishi” kafedrasi mudirasi.
TRAS Medikal laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori.
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Diyetologiya
Ajratilgan soat
40
Mavzular soni
8
Dasturning maqsadi
Diyetologiya bo‘yicha barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan parhyez stollari va qoidalarini o‘rgatish;
har tomonlama yetuk, yuqori malakali kichik mutaxassis tayyorlash.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-“diyetologiya” va diyetoterapiya haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
ichki kasalliklarni davolashda parxezning axamiyati haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
davolash profilaktika muassasalari va ularda yuritiladigan tabbiy hujjatlarni rasmiylashtirish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
parxez stollari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan parhyez stollari va qoidalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
ichki kasalliklarining turlari va ularni davolashda parxezning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Bilim
“diyetologiya” va diyetoterapiya haqida tushuncha;
diyetologiya fanining rivojlanish tarixi;
ichki kasalliklarni davolashda parxezning axamiyati;
parxez stollari haqida tushuncha.
nafas olish tizimi kasalliklarining turlari va ularni davolashda parxezning ahamiyati;
yurak-qon tomir a’zolari kasalliklarining turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarining turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
buyrak va siydik ajratish tizimi kasalliklarining turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan parhyez stollari va qoidalari.
qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarining turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
-ichki sekresiya bezlari kasalliklarining turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
onkologik kasalliklarning turlari va ularni davolashda parhyezning axamiyati;
onkologik kasalliklarda qo‘llaniladigan parhyez stollari va qoidalarini bilishi kerak;
Ko‘nikma
taomnomaga talabnoma yozish;
diyetoterapiyaga ko‘rsatma va moneliklar;
bronxit va pnevmoniya kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga kunlik rasion tuzish;
o‘pkaning yiringli kasalliklarida bemorga 1 martalik menyu tuzish;
gipertoniya va ateroskleroz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga 1 martalik parhyez stoli tayyorlash;
o‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorga sutkalik menyu tayyorlash;
bronxial astma bilan og‘rigan bemorga parhyez stolini tayinlash;
gastrit , yara kasalliklari bilan og‘rigan bemorga kunlik menyu tuzish;
surunkali gepatit bilan og‘rigan bemor ahvoliga qarab,kunlik parhyez tayinlash;
o‘t-tosh kasalligi va surunkali xolestistiti bor bemorlarga kunlik menyu tuzish;
o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bemorlar uchun parhyez stoli tayinlash.
qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorga 1 martalik va kunlik menyu tuzish;
semirish kasalligiga chalingan bemorlar uchun kasallik bosqichiga qarab menyu tuzish.
anemiya (kamqonlik) bilan og‘rigan bemorga parhyez tuzish;
jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarga kunlik menyu tayinlash;
turli davo usullarini olayotgan onkologik bemorlarga umumiy parhyez tuzish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
“Diyetologiya” fanidan amaliy ko‘nikmalarni bajarish malakalariga ega bo‘lishi kerak ;
O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlari bilan tanishish.
internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
o‘quv trenajyor xonasida amaliy ko‘nikmalarni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda mustaqil bajarish;
Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.
Dostları ilə paylaş: