Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə41/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi

Mavzular qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim


Anatomiya fanining rivojlanish tarixi va uni o‘rganish usullari.

Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani vazifasi, tarixi va o‘rganish usullari. Fanning rivojlanishida Gippokrat, Abu Ali ibn Sino, Pirogov, Aristotel, Gerofil, V.P.Vorbyov, K.A.Zufarov, V.A.Alimov, A.I.Ma’rupov, R.E.Xudoyberdiyev, N.K.Axmedov, N.X.Abdullayev, U.Z.Qodirov M.S.Abdullaxujayeva kabi olimlarimizning qo‘shgan hissalari.

2

N 2





Salomatlik va kasallik

Salomatlikva kasallik. Salomatlikda sog‘lom turmush tarzining, sportning, shaxsiy gigiyenaning ta’siri, ahamiyati. Kasallik etiologiyasi, patogenezi, rivojlanishi, organizmga tashqi va ichki muxit omillari, zararli odatlar ta’siri, kasallik davrlari va oqibatlari, uning oldini olish chora tadbirlari, tanatologiya to‘g‘risida tushuncha.

2

N 2





Organizmningmuhofaza vakompensa
tor–moslashishreaksiyalari.
Yallig‘lanish.

Moslashish va muxofaza haqida tushuncha. Ularning turlari va bosqichlari. Organizmning tiklanishi va uning turlari. Chala va to‘liq regenerasiya. Distrofiya va uning turlari, kechishi va oqibatlari. Atrofiya va uning turlari.. giperplaziya, metaplaziya haqida tushuncha. Tashqiomillarning orga-nizmga ta’siri natijasida yallig‘-lanishning kelib chiqishi, yallig‘lanish bosqichlari, belgilari, yallig‘lanish mexanizmi va oldini olish chora tadbirlari haqida tushuncha.

2

N 2





Shikastlanishnatijasidaorganizmningumumiy reaksiyalari

Shikastlanish haqida tushuncha, uning sabablari, turlari. Shikastlanishni keltirib chiqaradigan omillar. Nekroz turlari va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlari: gangrena, yotoq yaralar.

2

N 2





Hujayra haqida ma’lumot. To‘qima tuzilishi, turlari. A’zovaa’zolarsistemasihaqidatushuncha. O‘smalar.

Hujayraning tuzilishi, bo‘linishi vazifalalari va asosiy xususiyatlari. To‘qimalar tuzilishi, turlari va organizm uchun axamiyati. Parenxima va stroma haqida tushuncha.. A’zolar tizimi haqida tushuncha va ularning turlari,To‘qimalar patologiyasi, o‘sma turlari, o‘smalarningning kelib chiqish sabablari, oqibatlari natijasida organizmda kelib chiqadigan o‘zgarishlar

4

N-2
A-2

4





Osteologiya -tayanch harakat tizimi.

Osteologiya - tayanch harakat tizimi to‘g‘risida ma’lumot. Suyaklarni tuzilishi, tarkibi, tasnifi. Cuyaklarning turlari va vazifasi. Tana skeleti va uning qismlari: umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoq suyaklari va qismlari. Kalla suyaklarining yuz va miya qismlari. Suyaklarni rivojlanishiga tabiatning va mikroelementlarning ta’siri. Suyaklarni shikastlanishi va uni oldini olish chora tadbirlari. Raxit haqida tushuncha.

8

N-6
A-2

4


Bo‘g‘imlar hakida ma’lumot

Suyaklarning o‘zaro birlashuvi. Harakatsiz va harakatchan birlashuvlari. Sindesmoz, sinxondroz, sinostoz birlashuvlar. Bug‘im hosil bo‘lishidagi shart – sharoitlar. Bug‘im turlari. Organizmdagi bug‘imlarning harakatlari. Frontal, sagittal, doira hosil qilib aylanish, bug‘im o‘z o‘ki atrofida burilishi. Oddiy va murakkab bug‘imlar. Bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi va sabablari.

4

N-2
A-2





Mushaklartizimi.

Mushaklar tug‘risida umumiy ma’lumotlar. Mushaklar fiziologiyasi. Mushak to‘qimasi tuzilishi, turlari, Bosh va buyin mushaklari. Ularni guruxlarga bo‘linishi, joylashishi, vazifasi. Gavda mushaklari: ko‘krak, orqa, qorin mushaklarini tuzilishi, vazifalari. Diafragma, qorinning oq chizig‘i, chov kanali tuzilishi va ularning axamiyati. Qo‘l va oyoq mushaklarini guruxlarga bo‘linishi va ularning vazifasi.

6

N-6
A-2

4


Nafas olish tizimi.

Nafas jarayonining organizm uchun axamiyati. Nafas a’zolarini tuzilishi,joylashishi, vazifasi. Nafas yo‘llariga kiruvchi a’zolarni tuzilishi, joylashishi, qavatlari, ularning vazifasi. Ko‘ks oralig‘ini chegaralari, ahamiyati. Sog‘lom odamda nafas harakatlari va nafas tiplari, o‘pkaning tiriklik sig‘imi – spirometriya. Organizmda gazlar almashinuvi. Tashqi va ichki nafas. Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Chaqaloqlarni birinchi bor nafas olishi. Nafas a’zolari kasalliklari to‘g‘risida tushuncha.

6

N-4
A-2

4


Ovqat hazm qilish tizimi.

Ovqat xazm qilish a’zolari. Parenximatoz va kovak a’zolar. Xazm kanali va xazm a’zolarini tuzilishi, joylashishi, vazifasi. So‘lak bezlari tuzilishi, axamiyati, shirasini tarkibi. Xazm kanalidagi shiralarning tarkibi, axamiyati va farqi. Ovqat xazm qilish a’zolari kasalliklari, sabablari va ularni oldini olish chora-tadbirlari

6

N-4
A-2

4


Ayirish a’zolari tizimi.

Ayirish jarayoniniin sonsalomatligida tutgan o‘rni. Ayirish tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishi, joylashishi, vazifasi. Siydik xosilbo‘lish va ajratish fiziologiyasi va patologiyasi. Erkak va ayolning siydik chiqaruv kanalini o‘ziga xos xususiyatlari. Patologik diurez haqida tushuncha: piuriya, oliguriya, glyukozuriya. anuriya, gemoturiya to‘g‘risida tushuncha. Siydik ayirish a’zolarining kasalliklari, moxiyati, sabablari, oldini olish chora tadbirlari.

4

N-2
A-2

4


Reproduktiv a’zolar tizimi.

Reproduksiya – organizmning jinsiy kupayishi. Reproduktiv a’zolar to‘g‘risida ma’lumot. Erkaklar tashqi va ichki jinsiy a’zolarining tuzilishi, joylashishi, vazi-falari. Ayollar tashki va ichki jinsiy a’zolarining tuzilishi, joylanishi, vazifalari. Laktasiya - ona sutining ahamiyati. Ayollar va erkaklar reproduktiv a’zolari kasalliklari sabablari, oldini olish chora tadbirlari.

4

N-2
A-2





Gomeostaz

Organizmning ichki muxiti - hujayra sitoplazmasi, to‘qima suyukligi, limfa va qon. Qonning hosil bo‘lishi, tarkibiy qismlari, vazifasi. Qon ivishi va uning bosqichlari. Leykositar formula va uning ahamiyati. Qon guruxlari va rezus faktor haqida tushuncha. Qon quyishda va qon ivish xususiyatining buzilishiga oid kasalliklar moxiyati, sabablari, asoratlari va ularni oldini olish chora tadbirlari

6

N-4
A-2

4


Moddalar va energiya almashinuvi

Moddalar almashinuvi – metabolizmning ahamiyati. Moddalar va energiya almashi-nuvining organizm uchun ahamiyati. Oqsil, yog‘, uglevodlar almashinuvi va ularning buzi-lishi. Suv va mineral tuzlar almashinuvi ularning buzilishlari. Termoregulyasiya - tana haroratining boshqarilishi, energiyaning xosil bo‘lishi, isitma va uning sabablari, bosqich-lari, issiq urishi, oftob urishi, qizish va sovuq urishining sabablari, oqibatlari va oldini olish chora tadbirlari.

2

N-2







Endokrin bezlar tizimi.

Gormon haqida tushuncha. Gormonlarnig organizmga ta’siri va ularni tekshirish usullari. Endokrin bezlarining umumiy tasnifi. Endokrin bezlarning tuzilishi, joylashishi, vazifalari. Endokrin bezlarning gipo - va giperfunksiyasi, kasalliklarining mohiyati, sabablari va oldini olish chora tadbirlari.

2

N-2



3


Yurak va limfa qon tomir tizimi.

Yurak qon tomir tizimiga kiruvchi a’zolarning inson organizmi uchun ahamiyati. Yurak tuzilishi, joylanishi, vazifasi. Yurak fiziologiyasi, mushagining o‘ziga xos xususiyatlari. Yurak topografiyasi, ton haqida tushuncha. Qon aylanishining kichik va katta doiralari va ularning ahamiyati. Qon tomirlarning umumiy tasnifi. Qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishiga yordam beruvchi omillar. Yuqorigi va pastki kovak venalarni xosil bo‘lishi. Limfa sistemasi-ning tuzilishi, limfa suyuqligini tarkibi, ahamiyati. Limfa tomirlari, yo‘llari, tugun-lari. Taloqning tuzilishi, joylashishi, vazifasi. Yurak qon tomirlar va limfa tizimida uchraydigan kasalliklarning moxiyati, sabablari va ularni oldini olish chora – tadbirlari.

10

N-6
A-4

6


Asab sistemasi tizimi.

Organizmning xayotiy funksiyalarini boshqa-rilishida asab tizimining ahamiyati. Organizm faoliyatining nerv tizimi vosi-tasida boshqarilishi.Nerv sistemasining turlari, bo‘limlari. Nerv to‘qimasining tuzilishi, vazifasi. Orqa va bosh miyani tuzilishi, joylashishi, vazifasi. Orqa miya va bosh miyadan chiquvchi nerv tolalarining ahamiyati. Orqa miya chigallari va ularning innervasiya soxalari. Reflekslar va ularning turlari. Bosh va orqa miya kasalliklarining moxiyati, sabablari va oldini olish chora-tadbirlari

10

N-6
A-4

4


Sensor tizimi.
Ko‘ruv analizatori. Eshituv va muvozanat analizatori. Teri analizatori.

Analizatorlar haqida tushuncha. Ko‘ruv analizatori -ko‘zning tuzilishi, joylashishi, vazifasi. Ko‘ruv o‘tkirligi. Ko‘ruv maydoni. Daltonizm. Adaptasiya va akkomadasiya haqida tushuncha. Eshitish va muvozanat analiza-torlari quloqning tuzilishi, joylanishi, vazifasi. Korti a’zosini tuzilishi. Tovushni sezish va eshitish mexanizmi. Terining tuzilishi, vazifasi, ahamiyati. Sensor tizimi a’zolarining kasalliklari moxiyati, sabablari va oldini olish chora-tadbirlari.

8

N-4
A -4

4





Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin