Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


Mavzuning qisqacha mazmuni



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə46/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

Uqitishning tashkiliy

Mustaqil ta’lim

1

Tibbiy ta’lim tizimida biologiyaning tutgan o‘rni



Fanning predmeti to‘g‘risida tushuncha. Hayot tushunchalari. Tiriklikning rivojlanish darajalari. Odamning biososial tabiati. Odam ekologik muammolarining tibbiy-ekologik tomonlari. Odam biologiyasi – odamning rivojlanishi, hayotiy qonunlari majmuasi. Shifokor tayyorlashda biologiyaning o‘rni va vazifalari. Odamning boshqa tirik organizmlar va tashqi muxit omillari bilan bog‘liqligi. Odam biologiyasini o‘rganishning ilmiy asoslari. Tiriklikni idrok etishda biologiya falsafiy dunyoqarashning birdan-bir tabiiy-ilmiy asosi, hamda shifokorning bilim olishida zarur bo‘lgan ilmning tarkibiy qismi.
Ijtimoiy kamolot, ilmiy-texnikaviy rivojlanish, biologiya fanidagi yutuqlar, hamda tibbiyotdagi zamonaviy texnika jihozlarining yuksalib borishi bilan odamning hayot faoliyati biologik mexanizmlarini o‘rganish. Odam ekologiyasi muammolarining tibbiy-biologik jabhalari. Tiriklikning biososial xususiyatlari.
Mikroskopning tuzilishini u bilan ishlashni o‘rganish. Vaqtinchalik preparat tayyorlash va uni tahlil qilish.

2

N



--

2

Hayotning molekulyar darajasi

Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi va kimyoviy tarkibi (neorganik va organik tarkibi). Hujayra - genetik va strukturaviy biologik birlik. Nuklein kislotalar va ularni hujayrada egallagan o‘rni.Genlar va ularning strukturasi. DNKstrukturasini stabillashtiruvchi omillar. DNK strukturasini o‘zgartiruvchi omillar. DNK replekasiyasi.
Bakteriya va viruslarning genetik materiali. Gentik kodi va uni unversalligi. Biologik informasiyalarning kodlanishi va ularning amalga oshirilishi. Oqsilning kodli tizimi. Biomolekulalar, ularning ahamiyati.
Prokariot va eukariot hujayralarning umumiy tuzilishini o‘rganish. Vaqtinchalik preparat tayyorlash va unda hujayra organoidlarini o‘rganish. Doimiy preparatlarda hayvon organoidlarini o‘rganib, tasvirini chizish.

2

N

1

3

Hujayra biologiyasi



Hujayra nazariyasi va uning asosiy rivojlanish bosqichlari. Hujayra nazariyasining zamonaviy ta’rifi. Hujayra evolyusiyasi.
Hujayradagi moddalar almashinuvi va energiya hamda informasiya oqimi. Bioenergetika. Ko‘p hujayrali organizmlardagi hujayralarning o‘ziga xos xususiyati va integrasiyasi. Hujayraning faoliyatiga ko‘ra tuzilishi.
Hujayra sikli va uning davriyligi. Hujayraning bo‘linish usullari va bosqichlari. Mitoz va meyoz davrlari va ular faolligining boshqarilishi. Hujayraning bo‘linishida irsiy omilning taqsimlanishi. Xromosomaning tuzilishi (Geteroxromatin, euxromatin) va funksiyasi. Xromosomalarda joylashgan irsiy axborot va uning tartibi, bo‘yalish prinsiplari. Xromosomalar, ularning tiplari. Odam kariotipi.Xromosoma sonining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Xromasoma tuzilishi o‘zgarishining bioetik muammolari. Xromasomalarni o‘rganishning zamonaviy usullari. Gen va uning tuzilishi. Hujayra proliferasiyasi va uning tibbiyotdagi roli.
Biologik eritmalarning asosiy xillari bilan tanishish va hujayraga moddalarning kirish yo‘llarini aniqlash. Doimiy preparatlarda mitoz, meyoz bo‘linishning fazalarini va hayvonlarning spermatozoidlarini o‘rganish.

2



N
A

2

4

Umumiy genetika asoslari



Genetika fanining vazifasi va usullari. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik -tiriklikning asosiy xususiyati. Genetikaning rivojlanish bosqichlari. Genetikaning tekshirish usullari va vazifasi. Genetikaning asosiy bo‘limlari.Genetikaning tibbiyotdagi ahamiyati. Monoduragay va diduragay chatishtirishda belgilarning irsiylanishi. Mendel qonunlari. Dominantlikning nisbiyligi. Analiz qiluvchi chatishtirish. Genlarning o‘zaro ta’siri. Genlarning pleotrop ta’siri. Genlarning ekspressivligi va penetrantligi.Belgilar ajralish qoidasini buzilishlari. Mendel qonuniyatlarining statistik tasnifi. Dominantlikning boshqarilishi. Dominantlikning nisbiylik holatlarining irsiy kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati.
Diduragay va poliduragay chatishtirish jarayonida belgilarning irsiylanishini o‘rganish. Allel va allel bo‘lmagan genlarni o‘zaro ta’sirini o‘rganish. Odamlarda jinsga bog‘langan belgilarni o‘rganish.

2

A

2

5

Irsiyatning xromosoma nazariyasi



Irsiyatning xromosoma nazariyasi. T.Morgan va uning shogirdlari tomonidan irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishi. Genlarning xromosomada joylashishi. Allel genlarning gomologik xromosomalarda, gomologik lokuslarida joylashishi. Genlarning xromosomada bir chiziq, bo‘lib joylashishi. Genetik xarita. Xromosoma - genlarning birikkan guruhi ifodasi. Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoidalari. Jins genetikasi. Jinsni boshqarish.
Irsiylanishning modellari. Oilaviy genetik belgilarning irsiylanishi. Krossengoverning turlari. Krossengoverning belgilarningirsiylanishidagi roli. Tashqi muhitning krossengoverga ta’siri. Jinsga bog‘liq belgilar va kasalliklar. X-xromosomaga bog‘liq belgilar. U-xromosomaga bog‘liq allellar. Jinslar nisbati. Jinsni aniqlash muddatlari. Progam, singam, epigam jinsni aniqlash usullari. Jinsni boshqarishning tibbiyotdagi ahamiyati. Klonlashtirish. Irsiyatning xromosoma nazariyasining tibbiyotdagi roli.
Irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni o‘rganish. Variasion qator tuzish.

2

N



1

6

Irsiyatning molekulyar asoslari



Irsiyatning molekulyar asoslari. Prokariot va eukariot organizmlarning genining tuzilishi. DNKning irsiy axborotni o‘tkazishdagi roli. Transformasiya. Transduksiya. Plazmidlar. Episomalar. DNKning oqsilbiosintezidagi roli.”Bitta gen –bitta ferment”gipotezasi.Oqsil biosintezining boshqarilishi (Jakob,Mano).
Nuklein kislotalarning irsiy axborotni o‘tkazishdagi va oqsil biosintezidagi rolini aniqlash

2



N



1

7

Genetik injeneriya va biotexnologiya



Genetik injeneriya. Biotexnologiya. Gen injeneriyasi va biotexnologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati. Gen terapiyasi. Hujayra injeneriyasi va klonlash. Odam genomining o‘ziga xosligi. Geni o‘zgartirilgan oziq - ovqat mahsulotlari va organizmlar. Genomli o‘zgargan organizmlarning kelajakdagi roli.

2

N



1

8

O‘zgaruvchanlik. Uning xillari va tibbiyotdagi roli. Konserogenezning biologik va genetik asoslari



O‘zgaruvchanlik va uning xillari: kombinativ, mutasion, modifikasion. Modifikasion o‘zgaruvchanlik. Belgilarning reaksiya normasi. Fenokopiyalar. O‘zgarishning moslanish xarakteri. Odamlarda belgilarning ruyobga chiqishida muhit va genotipning o‘zaro ta’siri. Modifikasion o‘zgaruvchanlikni o‘rganishning statistik usullari. Odamlarning genetik jihatdan turli - tumanligini ta’minlashda kombinativ o‘zgaruvchanlik.
Mutasion o‘zgaruvchanlik va uning xillari. Mutagen omillar.Antimutagenez. Genetik materialning reparasiyasi. Reparasiya evolyusiyada vujudga kelgan, xususiyatdir. DNK reparasiyasining mexanizmlari. Reparasiyani ta’minlovchi fermentlarning genetik jihatdan farqlanishi. Odamlarning mutagen ta’sirlarga bo‘lgan har xil chidamliligi. Reparasiyaning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mutasiyalar va ularning odamlar irsiyatidagi ahamiyati.
Konserogenezning biologik asoslari. Profilaktikasi.
Irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni o‘rganish. Variasion qator tuzish.

2

A

1

9

Odam genetikasi va tibbiy genetika



Odam genetik tahlil uchun o‘ziga xos obyektdir. Odam irsiyatini o‘rganishdagi asosiy usullar: geneologik (shajara), egizaklar, sitogenetik, biokimyoviy, populyasion — statistik, molekulyar — genetik, ontogenetik, immunologik, dermatoglifika, somatik hujayralar genetikasi, genetik injeneriya.Odam genetikasining hozirgi zamon usullari. Polimeraza zanjirli reaksiya usuli (PSR). DNKni sekvenirlash qilish. Irsiy kasalliklarni aniqlash uchun xromasomadagi mutasiyalarni aniqlash. DNK texnologiyasi.
Geneologik usul yordamida irsiy belgilarning irsiylanish xillarini aniqlash. Odam qo‘l teri barmoqlaridan nus’ha olishni o‘rganish va bu nus’halar yordamida belgilarning irsiylanishini aniqlash. Toza va panmiktiv populyasiyalarda belgilarning irsiylanishini o‘rganish. Qon hujayralaridan xromosomalarni o‘rganish uchun preparat tayyorlashni va bu preparatlarda xromosomalarni tahlil qilish, jinsiy xromatinni aniqlash uchun lunj hujayralardan preparat tayyorlash. Irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yishni o‘rganish.

2

A

2

10

Irsiy kasalliklar. Tibbiy genetik maslahat
.

Irsiy kasallikning tasnifi (gen, xromosoma, genom kasalliklari). Monogen kasalliklar va ularning irsiylanish tiplari. Irsiy moyilikka ega bo‘lgan kasalliklar. Poligenli kasalliklar. Genetik o‘zgarishlarning prenatal tashhisi va ushbu muolajaning irsiy kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati.Irsiy kasalliklarning kelib chiqish mexanizmi.
Xromosoma kasalliklari. Xromosoma sonidagi o‘zgarishlar. Daun sindromi. Irsiy xromosoma sonidagi o‘zgarishlar.
Odamlarda kuzatiladigan nikoh tiplari va ularning tibbiy-genetik tomonlari. Autbriding va inbriding nikohlarining tibbiy – genetik tomonlari. Qarindoshlar orasidagi nikohlarning o‘ziga xos tomonlari. Qarindoshlik darajalari va ulardagi genlar umumiyligi. Qarindoshlik va inbriding koeffisentlari, ularning aniqlash, koeffisiyent ko‘rsatkichlarini ortishi yoki kamayishiga sababchi bo‘ladigan omillar. Tibbiy-genetik maslahatlar.
Gen va xromosoma kasalliklarining kelib chiqish mexanizmini o‘rganish. Monogen va poligen belgilarni aniqlash. Odamlarda normal va patologik belgilarning irsiylanishini aniqlash.

2



A



2

11

Individual rivojlanishning umumiy qonuniyatlari



Individual rivojlanish (ontogenez). Umumiy qonuniyatlari. Ontogenezning tip va davrlari. Proembrional rivojlanish. Urug‘lanish. Embrional rivojlanish davrlari va uning umumiy tavsifi: urug‘lanish, zigota, maydalanish, blastula, gastrulyasiya, gistogenez, organogenez. Rivojlanayotgan organizm qismlarining ketma-ket o‘zaro tasnifi va rivojlanishda «qo‘shimcha axborot»ga ega bo‘lishi. Embrional induksiya. Rivojlanishdagi differensiasiya va integrasiya. Ontogenezning organizm va hujayraviy darajasi. Ko‘payish, o‘sish va differesirovka.
Morfogenez. Differensiyalanishning molekulyar-genetik mexanizmi. Genlar differensial faoliyati gipotezasi. Rivojlanishda genlar faolligini o‘ziga xosligi.
Ontogenez - bu bir butun yaxlit jarayon. Biologik tuzilmalar va faoliyatlarning o‘zaro ta’siri. Ona organizmi va homila orasidagi munosabat. Rivojlanishning qaltis davrlari. Muhitning teratogen omillari. Rivojlanish anomaliyalari va nuqsonlari. Ona va bola sog‘lig‘ini saqlash.
Postnatal ontogenez. Bolalik, o‘smirlik va ulg‘aygan davrlarda biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri. Qarish va o‘limning biologik jabhalari. Qarishning genetik, molekulyar, hujayraviy va tizimli mexanizmlari. Inson hayotining so‘ngi davrida biologik va ijtimoiy omillarning uyg‘unligi va ular orasidagi qarama-qarshiliklar. Uzoq umr ko‘rish muammolari.
simptomlarni kuzatish va baholash.
Doimiy preparatlarda spermatogenez va embriogenez etaplarini o‘rganish. Makropreparatlar va mikropreparatlarda postembrional davrni o‘rganish. Makropreparatlarda, mulyajlarda va labarotoriya sichqonlarida gomologik organlarni (teri, skelet, bosh miya, buyrak, qon aylanishi, ovqat xazm qilish va endokrin) o‘rganish. Ushbu tizimlarda uchraydigan anomaliyalarni bilish.

2



N



1

12

Evolyusion jarayonlar va ularning umumiy qonuniyatlari



Evolyusion g‘oyalarning tarixi. Organik olam evolyusiyasi mexanizmlari haqida. Darvin ta’limoti. Darvinizm va genetikaning hozirgi zamon hamjihatligi. Turning populyasion strukturasi. Populyasiya. Populyasiyaning ekologik va genetik xarakteristikasi. Xardi - Vaynberg qonuni. Populyasiyaning genofondi. Odamlarning populyasion strukturasi. Demlar. Izolyantlar. Odamlarning evolyusion omil sifatidagi ta’siri. Mutasiya jarayonlari, migrasiya va izolyasiyalarning odam genetik strukturasiga ta’siri. Izolyantlar genofondida genlar dreyfi. Odam populyasiyalarida tabiiy tanlanish ta’sirining o‘ziga xosligi. Geterozigot va gomozigotga qarshi tanlanish misollari.
Tanlanish va tanlanishga qarshi jarayonlar. Eritrositlarning o‘roqsimon shaklining kelib chiqishi misolida tanlanish omillarini ko‘rsatish. Tanlanishga qarshi tizim ta’sirining populyasion-genetik natijasi: populyasiyalar genofondining turg‘unligi, genetik polimorfizm holatining ta’minlanishi. Genetik yuk va uning biologik mohiyati.
Genetik polimorfizm. Moslashuvchan polimorfizm. Muvozanatlashgan polimorfizm. Genetik polimorfizm va populyasiyalar moslashuvchanlik imkoniyati. Genetik yuk va uning biologik mohiyati. Odamlardagi genetik polimorfizm: ko‘lami, shakllanish omillari. Genetik rang-baranglikning inson ajdod va avlodlaridagi ahamiyati. Genetik har xillikning tibbiy biologik va ijtimoiy sohalari. Kasalliklarga moyillikning genetik sohalari. Genetik yuk muammolari. Irsiy kasalliklar chastotasi.
Tashqi muhitning mutagen omillari ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlash. Tashqi muxit omillarining atrof muhitning ifloslanishdagi rolini va genetik monitoring ahamiyatini o‘rganish. Antimutagenlarning ta’sirini o‘rganish.

2

A



1

13

Odam a’zolarining onto-filogenezi



A’zolar evolyusiyasi. Hayvon a’zolari va funksional tizimlarining ontofilogenezi (teri, tayanch-harakat, qon aylanish, nafas olish, ayiruv, jinsiy, endokrin, nerv, ovqat xazm qilish tizimlari). Odamlardagi tug‘ma yetishmovchilik rivojining ontofilogeneziga bog‘liqligi.

2



N



1

14

Antropogenez



Odamning evolyusiyasi. Birinchi odamlar. Hozirgi zamon odamlari. Odamlarning xilma-xilligi. Evolyusiyaning insoniyat soniga ta’siri. Odam ajdodini genetik jihatdan o‘rganish.

2

N

-

15

Odam va biosfera. Odam ekologiyasi



Biosfera tabiiy tarixiy tizimdir. Biosferaning zamonaviy jabhalari (konsepsiyalari): biokimyoviy, biogeosenologik, termodinamik, geofizikaviy, kibirnetik, ijtimoiy,iqtisodiy.Tirik modda: son va sifat tavsifi. Tirik moddaning planetadagi ahamiyati. Biosfera evolyusiyasi. Uning asosiy yo‘nalishlari: biogesenozda tur hosil bo‘lishi va o‘zgarishi.
Odam va biosfera. Odam tabiiy mavjudot: genetik va funksional jabhalari. Biosfera yashash muhiti va tabiiy boylik manbai.
Insoniyat biosferaning faol azosi, mustaqil geologik kuchi. Noosfera — biosfera evolyusiyasining yuksak bosqichi. Biotexnosfera. Noosferaning tibbiy - biologik jabhalari. Yashash muhitidagi o‘zgarishlar. Odam populyasiyalaridagi adaptativ, demografik va genetik strukturalar. Biosferaning o‘rganish bo‘yicha xalqaro va milliy dasturlar. Atrof muhitni muhofaza qilish muammolari. Atrof muhitning ifloslanishini genetik oqibatlari. Genetik monitoring (kuzatish).
Ekologiya — organizmning atrof muhit bilan bo‘lgan munosabati haqidagi fan. Muhitning ekologik omil ekanligi. Muhit omillari: abiotik, biotik, antropogen. Ekosistema, biogeosenoz, antropogeosenoz. Odam yashash muhitining o‘ziga xosligi.
Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiasiyalanishi. Yashash muhit sharoitiga odamlar moslashishning biologik va ijtimoiy jabhalari. Odam moslanishining bilvositaligi. Odam ekologik aloqalarning individual, guruhli, yirik ko‘lamli(global) darajalari. Odamning fikr zakovatli ekologik omil ekanligi. Atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar muhitining kompensasion mexanizmi va imkoniyati.
Antropogen ekosistema sanoat rivojlanishi, kimyoviy moddalar qo‘llanishi, urbanizasiya, avtotransport vositalarining rivojlanib ketishi va kosmosga chiqish kabi jarayonlar oqibati. Qishloq va shahar jamoalari, migrasiyalarining jadallashuvi, ularning tabiiy biologik jabhalari.
Biosfera va ekologiya muommolarini o‘rganish va atrof muhit ifloslanishini oldini olish chora tadbirlarini bilish.

2

N



1

16

Tibbiy parazitologiya. Tibbiy protozoologiya



Antropobiogeosenozdagi biotik bog‘lanishlarning asosiy shakllari. Parazitizmning biologik fenomen ekanligi. Parazitlar yashash muhitining o‘ziga xosligi. Parazitlar guruhi ajratilishining ekologik asoslari. Hayvonlar parazit shakllarining tasnifi. Har xil parazitlar guruhining kelib chiqishi. Parazit va ho‘jayin o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. Invaziya tushunchasi. Ho‘jayin organizmiga tasir etuvchi parazitning omillari. Parazit organizmiga tasir etuvchi xo‘jayinning omillari. Tekinxo‘rlikka (parazitlikka) moslashishning morfologik ko‘rinishlari.
Tranmissiv va tabiiy manbaga ega bo‘lgan invazion va infeksion kasalliklar. Tabiiy manbaning strukturasi va asosiy elementlari: qo‘zg‘atuvchi, uning rezervuari va tashuvchi. Antroponoz, antropozoonoz va zoonozlar haqida tushuncha.
Parazit kasalliklar bilan kurashishning ekologik jabhalari. Umumiy va tibbiyot parazitologiyasi bo‘yicha ishlagan olimlar. Mavjudotlar olamidagi parazit shakllar. Sodda hayvonlar tipi. Ularning tibbiyotdagi ahamiyati. Sarkodalilar: dizenteriya, ichak va og‘iz amyobalari. Hivchinlilar: tripanosoma, leyshmaniya, trixomonadalar va lyambliya. Sporalilar. Toksoplazma, koksidiyalar va bezgak parazitlari (plazmodiylari). Infuzoriyalar: balantidiya. Ularning morfofunksional tavsifi, rivojlanishi sikllari, yuqishi, patogen ta’siri, laboratoriya tashhisi va profilaktikasi.
Preparatlarda parazit sodda hayvonlarni (tripanasoma, leyshmaniya, trixomanada, lyambliya, amyoba, balantidiya) aniqlash. Sporalarning odamga yuqishi va tashhis qo‘yish yo‘llarini o‘rganish.

2

N

1

17

Tibbiy gelmintologiya va araxnoentomologiya



Gelmintlar haqida tushuncha. Biogeogelmintlar. Yassi chuvalchanglar tipi.
Yumaloq chuvalchanglar: odam askaridasi, ostrisa, qil boshli gijja, egri boshli gijja, trixinella, rishta, strangloidlar, qilsimon gijja-filyariyalar, vuxereriya, loa-loa.
Gelmintoskopiya va ovogel’mintoskopiya usullari. Devastasiya. Degelmintizasiya. O‘rgimchaksimonlar. O‘rgimchaklar, chayonlar, falangalar, kanalar turkumlari.Hashoratlar sinfi. Epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan turkumlari. Hasharotlar infeksiya va invazion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilaridir.
Makropreparatlar va mikropreparatlar yordamida so‘rg‘ichlilarni, tasmasimon va yumaloq chuvlchanglarning parazit vakillarini o‘rganish. Gijjalarning tuxumlarini aniqlash uchun vaqtincha preparatlar tayyorlash va undagi gijja tuxumlarini o‘rganish.
Mikro va makropreparatlar yordamida parazit bo‘g‘im oyoqlilarning vakillarini o‘rganish.

4

N

1

18

Zaharli hayvonlar



Zaharli hayvonlar sistematikasi. Zaharlilik filogeniyasi va zaharlarning tabiati. Zaharli sodda hayvonlar va zaharli kovakichlilar: gidroid, sifoid yoki haqiqiy meduzalar, korall poliplar. Otiluvchi zaharli tuzilma va uning zahari. Otiluvchi zaharli tuzilma zahari bilan zaharlanish belgilari va bu holatda birinchi yordam. 
Zaharli chuvalchanglar. Zaharli polixetalarning zaharlash moslamasi, zahari va zaharlanishdagi klinik manzara. Zaharli halqali chuvalchanglar. 
Zaharli mollyuskalar: Zaharli qorinoyoqlilar, boshoyoklilar. Qorinoyoqli va boshoyoqli mollyuskalarning zaharli moslamalari va zaharini ta’siri. Mollyuskalar zaharidan zaharlanishdagi klinik manzara. Toksikoinfeksiyalar hosil qiluvchi mollyuskalar. 
Zaharli bo‘g‘imoyoqlilar. Zaharli o‘rgimchaksimonlar: chayon, o‘rgimchaklar, ko‘poyoqlilar, laboyoqlilar, qushxo‘rlar. Ularning zaharidan zaharlanish klinikasi.
Zaharli hasharotlar: qovoq arilar (shershen), asalarilar, chumolilar, tangacha qanotlilar. Zaharli moslamasini tuzilishi, zaharlanish belgilari, birinchi yordam, davolash. 
Zaharli ignaterililar. Dengiz tipratikanlarining zaharli apparati, zahari va zaharlanish klinikasi. Zaharli umurtqalilar: to‘garakog‘izlilar, baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar. Ularning zahari bilan zaharlanish belgilari, birinchi yordam va davolash. Zaharli hayvonlar zaharining tibbiyotdagi ahamiyati, O‘rta Osiyo va O‘zbekistan hudidida uchraydigan zaharli hayvonlar.
Makropreparatlar va videotasmalar yordamida zaharli hayvonlarni o‘rganish. Zaharlanish klinikasini va birinchi yordam berishni o‘rganish.

4

N

1








Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin