O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Tibbiyot psixologiyasi fanidan
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.10
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil -avgustdagi 23 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi: G.M.Axrorova
G.Rajabova
M.T. Mametova
Siyob Abu Ali
ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligi texnikumi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
N.X. Quvnoqova
Z. S. Yunusdjonova
S
47-oilaviy poliklinika bosh shifokori
1-Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Tibbiyot psixologiyasi
Ajratilgan soat
40
Mavzular soni
18
Dasturning maqsadi
ruhiy jarayonlar va ularning turli kasalliklarda buzilishi haqida tushuntirish;
tibbiyot xodimlari faoliyatida etika va deontologiya masalalari haqida bilimlarni shakllantirish;
ruhiy salomatlikni saqlashni haqidagi bilimlarini shakllantirish;
nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqot qilish muhimligini o‘rgatish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
inson ruhiyati, ruhiy jarayonlar o‘zgarganda bemorda kuzatiladigan o‘ziga xos xususiyatlariga doir bilimlarga ega bo‘ladilar;
nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan holda barcha yoshdagi bemorlar bilan muloqot qilib, muammolarini aniqlab, psixologik yordam bera oladilar, barcha turdagi tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalarida muloqat psixologiyasini qo‘llaydilar.
Bilim
umumiy va tibbiyot psixologiyasi asoslari;
ruhiy jarayonlar, ong va uning xususiyatlari;
ongning turli kasalliklarda buzilishi;
bilish sohasi jarayonlari;
sezgi, idrok, xotira, diqqat jarayonlari va ularning turli kasalliklarda buzilishi;
tafakkur va nutq jarayoni;
tafakkur va nutqning kasalliklarda o‘zgarishi;
emosiya haqida tushuncha;
iroda jarayoni haqida ma’lumot;
iroda jarayonining kasalliklarida o‘zgarishi;
shaxs muammolari, xarakter, mijoz tushunchalar;
bemor shaxsi va kasallik;
shaxs patologiyasi;
tibbiyot xodimi va bemor munosabatlari;
psixogigiyena, psixoprofilaktika va psixoterapiya haqida ma’lumot;
tibbiyot xodimlari psixogigiyenasi;
tibbiyot xodimlari faoliyatida etika va deontologiya masalalari.
Ko‘nikma
aholining turli qatlamlari bilan ishlash jarayonida muloqat psixologiyasini qo‘llash;
barcha turdagi tibbiyot va davolash-profilaktika muassasalarida muloqat psixologiyasini qo‘llash;
tibbiyot xodimlari faoliyatida etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlar bilan tanishish;
internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
ZOOM dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘rganish.