|
Tuzuvchi:
D.Turayeva
|
səhifə | 83/170 | tarix | 04.02.2023 | ölçüsü | 1,17 Mb. | | #82813 |
| 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)
Tuzuvchi:
D.Turayeva
N.Tulaganova
|
|
“Analitik kimyo” fani o‘qituvchisi
|
|
|
“Analitik kimyo” fani o‘qituvchisi
|
Taqrizchilar:
A.M. Djalilov
M.Fatxullayeva
|
|
2-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
Toshkent Farmasevtika instituti,
analitik kimyo kafedrasi mudiri,
dosent
|
1.O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv
dasturining nomi
|
Analitik kimyo
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
14
|
Dasturning maqsadi.
|
O‘quvchilar moddalarni kimyoviy tarkibini, xossalarini, ularni sifat va miqdor jihatdan analiz qilishn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Fanga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish; moddalar tarkibini, sifatini, mikdorini aniklash.
|
Bilim
|
Sifat analiz usullari, sinflanishi;
Eritmalar konsentrasiyalarini ifodalashga oid masalalarni ishlash;
Oksidlanish-qaytarilish reaksiya-tenglamalarini tuzishni bilish;
Xucuciy moddalar tarkibidagi qo‘shimchalarni aniqlash usullari.
|
Ko‘nikma
|
Kimyoviy analiz tekshirish usullari;
foiz, molyar, normal, molyal konsentrasiyali eritmalar tayyorlashni;
formulalar bo‘yicha hicoblashni;
eritmalar konsentrasiyasini bir birlikdan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha masalalar yechishni.
analiz uchun zarur jihozlardan to‘g‘ri foydalanishni;
amaliy mashg‘ulot jurnalini to‘g‘ri yuritishni;
guruh va xususiy reaktivlarni to‘g‘ri tanlashni va ulardan foydalanishni;
reaksiyalarning tomchi, yarim mikroanaliz va mikrokristalloskopik usullarini to‘g‘ri bajara olishni;
analizdagi sifat reaksiyalarining tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini tuza olishni;
I-VI- analitik guruh kationlarining tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganishni.
anionlar klassifikasiyasi va ularning guruh reaktivlarini o‘rganishni;
sifat reaksiyalari o‘tkazish va ularni tahlil qilishni;
-analiz jarayonini orasta va aniq bajarishni;
analizdagi sifat reaksiyalarining tenglamalarini molekulyar, ionli va qisqartirilgan ionli tenglamalarini tuza olishni;
natijalar asosida noma’lum moddani aniqlashni;
I-III-analitik guruh anionlarining tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganishni.
laboratoriya jihozlari va asboblaridan foydalanishni;
analitik va elektron tarozilarni ishlatishni;
qizdirish va kuydirish asboblaridan foydalanishni;
doimiy og‘irlikka keltirishni;
analiz natijalarini to‘g‘ri hisoblashni.
o‘lchov asboblari, makro va mikro byuretkalarda ishlashni;
eritma tayyorlash va tegishli hisoblashlarni bajara olishni;
titrlash tartibini o‘rganishni;
tuzatish koeffisiyenti normalligini va titrini aniqlashni;
suvli va suvsiz eritmalarning farqini o‘rganishni;
tajriba natijalarini kundalikka to‘g‘ri yozishni;
reaksiyalarni to‘g‘ri yoza olishni.
nazorat eritmadagi streptosid miqdorini aniqlashni; • permanganotometrik aniqlash usullarini qo‘llashni;
-titrlash jarayonini amalga oshirishni;
Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini aniqlashni;
eritmadagi vodorod peroksidning miqdorini aniqlashni;
yodometrik aniqlash usullarini qo‘llashni;
-mis (II) sulfat tarkibidagi mis miqdorini aniqlashni;
titrlash natijalari asosida hisoblashni;
kaliy bromatning ishchi eritmasini tayyorlashni;
usul mohiyatini, titrlangan eritmalarni tayyorlashni;
modda tarkibini miqdor jihatdan aniqlashni;
titrlash texnikasini, ekvivalent nuqtani aniqlashni;
indikator tanlashni;
natriy nitritning ishchi eritmasini tayyorlashni;
eritmaning titrini aniqlashni;
-bromatometrik va nitritometrik analiz natijalarini taqqoslashni.
cho‘ktirish usullarini ajrata olishni;
argentometriya usuli va bu usulni aniqlashni;
Mor, Folgard, Fayans usullari bo‘yicha aniqlashni;
indikatorlar tanlashni;
hisoblash natijalarini tahlil qilishni;
eritmalar tayyorlashni, kompleksonlarni ajrata bilishni;
kompleksonometrik titrlash sharti va texnikasini, kompleksonometrik indikatorlarni ajrata olishni;
bufer eritmasini tayyorlashni;
nazorat eritmani titrlash va natijalarini hisoblashni.
fotoelektrokalorimetrda ishlash, asbobni ishga tayyorlashni;
FEK yordamida eritmadagi modda konsentrasiyasini o‘lchashni;
temirning miqdorini fotometrik aniqlashni;
refraktometr bilan ishlash qoidalarini qo‘llashni;
eritma muxitini rNmetr bilan aniqlashni;
rNmetrni bufer eritmalar bo‘yicha sozlashni;
eritma rNni o‘lchashni;
tekshirish natijalari asosida hisoblashni;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlaridan foydalanishni;
internet saytlaridan yangi ma’lumotlar asosida ma’ruzalar,yig‘ma albomlar tayyorlashni;
o‘quv laboratoriya xonalarida ko‘nikmalarni ketma ketlikda to‘g‘ri bajarishni.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|