O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Gigiyena va sanitariya gigiyena tekshirish usullari O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.1.5
Ajratilgan soat:
90
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil “23-” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar: N.Mo‘minova
“Gigiyena va sanitariya gigiyena tekshirish usullari” fani o‘qituvchisi
Taqrizchilar: D.Jabborova
B.I.Karimberdiyev
2-Respublika tibbiyot kolleji “Umumiy gigiyena va ekologiya” fani o‘qituvchisi
TTA ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokor o‘rinbosari
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Gigiyena va sanitariya gigiyena tekshirish usullari
Ajratilgan soat
90
Mavzular soni
11
Dasturning maqsadi
-Tashqi muhit omillarini (kimyoviy, fizikaviy, biologik, psixogen va ijtimoiy) inson salomatligiga salbiy ta’siri va keltirib chiqaradigan kasalliklarini oldini olish, mehnat qilish qobiliyatini oshirish va umrini uzaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rgatish;
- ichimlik suvi, ovqat mahsulotlari, havoli muhit hamda tuproqni ifloslantiruvchi omillarni, ulardan sinama olishni, shuningdek taxlil qilish usullarini xozirgi zamon texnikasi va zamon talablari darajasida o‘rgatish;
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
gigiyena va sanitariya haqidagi tushunchaga ega bo‘ladilar;
tashqi muhit omillarining inson sog‘ligiga ta’siri, ekologik muvozanat buzilishining atmosfera havosiga ta’siri, havoni ifloslantiruvchi manbalar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
kasalliklarning oldini olishda shaxsiy gigiyenaning ahamiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha gigiyenik qonunlar bilan tanishadilar.
obyektlarni sanitar-gigiyenik jihatdan nazorat qila oladilar, natijalarni baholay oladilar.
Bilim
gigiyena va sanitariya haqidagi tushuncha;
gigiyena fanining vazifalarini va bo‘limlari;
tashqi muhit omillarining inson sog‘ligiga ta’siri;
ekologik muvozanat buzilishining atmosfera havosiga ta’siri;
tuproqning tuzilishini, tuproqning sanitariya–gigiyenik va epidemiologik ahamiyati;
chiqindi turlari, tarkibi ularning to‘planish me’yori;
oqava suvlar va suv havzalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish;
suvning sanitar–gigiyenik, fiziologik, epidemiologik ahamiyati;
ichimlik suvining sifatiga qo‘yiladigan sanitariya–gigenik talablar;
turar joylarning sanitariya va gigiyenik ahamiyati;
qishloq aholisi uchun turar joylarni loyihalash;
shahar qurilishiga qo‘yiladigan sanitariya–gigiyenik talablarni.
bolalar va o‘smirlar organizmining jismoniy, jinsiy va aqliy rivojlanishiga sanitariya-gigiyenik baho berish;
bolalar va o‘smirlar muassasalariga sanitariya-gigiyenik baho berish;
oziq-ovqat mahsulotlaridan laboratoriyada tekshirish uchun sinama olish;
hayvon va o‘simlik mahsulotlariga sanitariya-gigiyenik baho berish;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha gigiyenik qonunlar;
aqliy va jismoniy mexnatga sanitariya-gigiyenik baho berish;