Internet manbalari www.med.uz www.ziyo.net
www.referat.uz www.histology.narod.ru
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
Hamshiralik ishi asoslari fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.2.1
Ajratilgan soat:
134
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “ ” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
TRAS Medikal laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori.
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Hamshiralik ishi asoslari
Ajratilgan soat
134
Mavzular soni
11
Dasturning maqsadi
hamshiralik ishi asoslari bo‘yicha barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
parvarishlash usullarini, turli laborator va instrumental tekshiruvlarga kerakli jihozlarni va bemorlarni tayyorlash;
har tomonlama yetuk, yuqori malakali kichik mutaxassis tayyorlash.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
hamshiralik ishining ta’rifi va tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
hamshiralikda parvarish qilish usullari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
davolash profilaktika muassasalari va ularda yuritiladigan tabbiy hujjatlarni rasmiylashtirish haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
shifoxona ichi infeksiyasi, hamshira va bemorning infeksion xavfsizligini ta’minlash haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
hamshiralikda parvarish qilish usullari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
bemorlarda o‘tkaziladigan turli tibbiy muolajalar texnikasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shoshilinch yordam berish haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
Bilim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va uslubiy tavsiyalarini;
-hamshiralik ishining ta’rifi va tarixini;
-hamshiralik ishining huquqiy va etikaviy masalalarini;
-hamshiralikda parvarish qilish usullarini;
-davolash profilaktika muassasalari va ularda yuritiladigan tabbiy hujjatlarni rasmiylashtirishni,
-shifoxona ichi infeksiyasi, hamshira va bemorning infeksion xavfsizligini ta’minlashni;
-hamshiralikda parvarish qilish usullarini;
-bemorlarda o‘tkaziladigan turli tibbiy muolajalar texnikasini;
-kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shoshilinch yordam berishni bilishi kerak;