O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
Gistologiya va gistologik tekshirish usullari fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.1.7
Ajratilgan soat:
90
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil “ ” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
Taqrizchilar:
F.X. Azizova
D.A.Nishanov
TTA «Gistologiya va tibbiy biologiya» kafedrasi mudiri, professor
RIO va RIATM “Patomorfologiya” bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori
-o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli umumlashtirish orqali to‘qimalar hujayra va hujayralar aro tuzilmalardan iborat bo‘lib , maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan organizmning muhim taraqqiyot, tuzilish va funksional elementi ekanligi to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirish;
-gistologik preparatlar, plakatlar, elektronmikrofotografiyalar, sxemalar orqali a’zolarning mikroskopik tuzilishi va vazifalarini, gistologik preparatlarni tayyorlash bosqichlarini o‘rgatish orqali to‘qimalardan preparat tayyorlay olishga zamin yaratish;
-bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali laborantlarning gistologiya texnikasiga oid bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
-gistologiya va gistologik tekshirish usullari fani haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
-hujayraninig tuzilishi, asosiy tarkibiy qismlari va ularning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
-to‘qimalar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
a’zolarning gistologik tuzilishi va faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
-materialga gistologik ishlov berish va gistologik usullar yordamida mikropreparat tayyorlash, mikrotomda ishlay olish;
- kesmalarni umumiy bo‘yash usullari, zarurat bo‘lganda maxsus bo‘yash usullari hamda parafin bloklarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.