O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
|
“Anatomiya, fiziologiya va patologiya”
“Farmakologiya va reseptura”
“Hamshiralik ishi asoslari”
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
N
|
A
|
1
|
Kirish.Ichki kasalliklar asoslari fani va uning rivojlanish tarixi
|
Ichki kasalliklar fanining umumiy ta’rifi, mohiyati va rivojlanish tarixi.Terapevtik kasalliklar haqida tushuncha. Kasallik, simptom, sindrom, etiologiya, patogenez, kasallik klinikasi, tashxis va uning turlari, residiv, remissiya, immunitet, allergiya haqida tushuncha.
|
8
|
2
|
|
2
|
2
|
Bemorlarni bevosita va bilvosita tekshirish usullari va birinchi tibbiy yordam qoidalari
|
Bemorlarni tekshirish usullari xaqida umumiy ma’lumot. Bemorlarni subyektiv, obyektiv tekshirish usullarining ahamiyati va afzalliklari. Asosiy tibbiy xujjatlarni rasmiylashtirish. Bemor bilan muloqot olib borish va deontologiya qoidalari. Patologik o‘zgarishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
6
|
2
|
4
|
4
|
3
|
Bemorlarni tibbiy asbob-uskunalar yordamida tekshirish
|
Tibbiy asbob-uskunalar bilan tekshirish usullari va ularni ichki kasalliklarga tashxis qo‘yishdagi ahamiyati.Tibbiy asbob-uskunalar bilan tekshirishga bemorlarni tayyorlashda feldsherning vazifasi va bemorlarni psixologik tayyorlash. Bemorlarni instrumental tekshiruvlarda texnika havfsizligi qoidalarining axamiyati. Instrumental tekshiruvlarga ko‘rsatma va mone’liklar.
|
6
|
2
|
4
|
4
|
4
|
Laboratoriya (klinik, biokimyoviy) tekshirish usullari
|
Bemorlarni qo‘shimcha tekshirish usullari xaqida tushuncha. Klinik va biokimyo laboratoriyasining tuzilishi va tahlil imkoniyatlari. Klinik va biokimyoviy tekshiruvlarning mohiyati va turlari. Laborator tekshirish uchun kerakli ashyolar, bemorlarni psixologik tayyorlashda va uni o‘tkazishda feldsherning vazifasi va texnika havfsizligi qoidalari.
|
6
|
2
|
4
|
4
|
5
|
Nafas olish a’zolari kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Nafas olish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. O‘tkir va surunkali bronxit,bronxial astma, pnevmoniya(zotiljam)kasalliklarining asosiy sabablari, olib keluvchi omillar, kechish xususiyatlari, davolash va oldini olish. Subyektiv va asosiy obyektiv tekshirish usullarini o‘tkazish Laborator va asbob uskunali tekshiruvlarga bemorlarni, kerakli ashyolarni tayyorlash. Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlar(qon tuflash, tana haroratining ko‘tarilishi, o‘pkadan qon ketish, xurujli yo‘tal, astma xuruji)da shoshilinch yordam ko‘rsatish. Bemorlarda oksigenoterapiyani o‘tkazish. Antibiotiklarni eritish, dozasini hisoblash.
|
8
|
6
|
12
|
8
|
6
|
Yurak qon-tomir a’zolari kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Yurak qon-tomir a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot.
Gipertoniya, YuIK(yurak ishemik kasalliklari), stenokardiya, miokard infarkti kasalliklarining etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, profilaktikasi. Asosiy obyektiv tekshirish usullarini o‘tkazish. Asbob- uskunalar bilan tekshirish usullariga bemorlarni tayyorlash. Bemorlarda EKG olish va sharhlash. Bioximik tahlil uchun venadan qon olish, qon chiqarish, kislorod yostig‘ini to‘ldirish, bemorlarga namlangan kislorod berish. inyeksiyalarni mustaqil bajarish. Kasalliklarda yuzaga keladigan kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlar (gipertonik kriz, stenokardiya xuruji, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok, o‘tkir yurak–qon tomir yetishmovchiligi)da birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish.
|
8
|
6
|
12
|
8
|
7
|
Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Ovqat hazm qilish a’zolari haqida qisqacha anatomo-fiziologik ma’lumot. O‘tkir va surunkali gastrit, me’da va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi, o‘tkir va surunkali xolesistit, o‘t- tosh kasalliklarining sabablari, klinikasi, kechishi, diagnostikasi, davosi, parhyezning ahamiyati, profilaktikasi. Bemorlarning shikoyatlari va tashqi ko‘rinishi asosida umumiy holatiga baho berish. Asosiy obyektiv tekshiruvlarni olib borish.Laborator va asbob uskunali tekshiruvlarga bemorni, ashyolarni tayyorlash. Bemor qusganda yordam ko‘rsatish. Huqna qo‘yish, gaz chiqaruvchi naychani qo‘yish uchun kerakli ashyolarni va bemorni tayyorlash. Inyeksiyalarni mustaqil bajarish. Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish. Kechiktirib bo‘lmaydigan og‘ir holatlar(me’da, ichakdan qon ketish, ovqatdan zaxarlanish, o‘t sanchig‘i, “o‘tkir qorin” sindromi)da bemorlarga birinchi tibbiy yordam berish.
|
6
|
4
|
8
|
6
|
8
|
Buyrak va siydik yo‘llari a’zolari kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Buyrak va siydik yo‘llari a’zolari anatomiyasi, fiziologiyasi haqida ma’lumot. O‘tkir va surunkali glomerulonefrit, piyelonefrit, buyrak – tosh kasalliklarining etiologiyasi, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parhyezning ahamiyati, oldini olish. Subyektiv va asosiy obyektiv tekshiruvlarni bemorlarda o‘tkazish va ular asosida bemorlar holatiga baho berish. Badandagi shishlarni aniqlash, Pasternaskiy simptomiga tekshirish. Bemorlarni UTD, endoskopik va rentgenologik tekshiruvlar va skanerlashga tayyorlash. Umumiy tahlil va sinamalarga siydik yig‘ish uchun kerakli ashyolarni va bemorlarni tayyorlash. Siydik tahlili uchun laboratoriyaga yo‘llanma yozish. Laboratoriyada ishlash, siydikdagi oqsil va qonni, nisbiy zichligini aniqlash. Sutkalik diurezni o‘lchash. Qovuqni kateterlash uchun kerakli ashyolarni va bemorni tayyorlash. Grelka va issiq vanna tayyorlash. Mustaqil ravishda inyeksiyalarni bajarish, tibbiy hujjatlarni to‘ldirish. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar (uremik koma, buyrak sanchig‘i)da shoshilinch yordam ko‘rsatish.
|
6
|
4
|
8
|
6
|
9
|
Qon va qon ishlab chiqarish a’zolari kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Qon va qon yaratish a’zolarining anatomo – fiziologik xususiyatlari haqida ma’lumot.Anemiya, leykoz, gemorragik diatez kasalliklarining etiologiyasi, klinik turlari, asosiy belgilari, kechishi, asoratlari, davosi, profilaktikasi.Kasalliklarida qo‘llaniladigan asosiy laborator va funksional tekshirish usullarining ahamiyati. Bemorlarda subyektiv va asosiy obyektiv tekshiruv usullarini o‘tkazish. Laboratoriya xonasida ishlash, qon tahlillari uchun kerakli ashyolarni va bemorlarni tayyorlash. Qon tahlili uchun barmoqdan qon olish, qondagi gemoglobinni, EChT ni aniqlash, laboratoriyaga yo‘llanma yozish. Qon guruhini standart zardoblar yordamida aniqlash. Qonning ivuvchanligini aniqlash. Inyeksiyalarning barcha turlarini mustaqil bajarish. Tibbiy hujjatlar bilan ishlash. Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlar (qon ketishlar, xushdan ketish, kollaps, gipertermiya)da birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.0
|
6
|
2
|
8
|
6
|
10
|
Ichki sekresiya bezlari va modda almashinuvi kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Ichki sekresiya bezlarining anatomo – fiziologik xususiyatlari (qalqonsimon bez, me’da osti bezi). Gormonlar va ularning organizmga ta’siri. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklarining etiologiyasi, klinikasi, asoratlari, diagnostikasi, davolash usullari, profilaktikasi. Kasalliklarni aniqlashda instrumental va laborator tekshiruvlarning ahamiyati.Bemorlarda subyektiv va asosiy obyektiv tekshiruv usullarini o‘tkazish. Bemorlarni laborator va instrumental tekshiruvlarga tayyorlash. Laboratoriyada ishlash, siydikdagi qand va asetonni aniqlash. Glyukometr yordamida qondagi qandni aniqlash va bemorga o‘rgatish. Qandga siydik yig‘ish uchun kerakli ashyolarni tayyorlash va bemorga tushuntirish. Insulin dozasini hisoblash, flakondan shprisga tortish va bemorlarga inyeksiya qilish. Bemorlarga o‘z-o‘ziga insulin yuborishni o‘rgatish. Kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlar(tireotoksik kriz, giperglikemik va gipoglikemik komalar)da birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
12
|
4
|
8
|
6
|
11
|
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va birinchi tibbiy yordam
|
Harakat-tayanch apparati haqida anatomo–fiziologik ma’lumot. Mono, -oligo, -poliartritlar haqida tushuncha.
Bemorning umumiy holatini tashqi ko‘rinishi va shikoyati asosida baholash. Bemorlarda asosiy obyektiv tekshiruvni o‘tkazish. Bemorlarda ortopedik jihozlarni qo‘llash va ularni rentgenologik tekshiruvga tayyorlash. Bemorga davo vannasi va isituvchi kompresslar qo‘yish. Bemorga qulay vaziyat yaratish uchun funksional krovatdan foydalanish. Bemorlarni ovqatlantirish, terisini parvarish qilish, yotoq yaralarini oldini olish. Bemorlarning kiyimlarini va oqliklarini almashtirish. Muolaja xonasida ishlash, inyeksiyalarini mustaqil bajarish.
|
6
|
2
|
4
|
2
|
12
|
Kasbga oid kasalliklar va birinchi tibbiy yordam
|
Kasbga oid kasalliklar haqida umumiy tushuncha. Pnevmokoniozlar mohiyati, etiologiyasi, kasb omilining tutgan o‘rni, turlari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davosi, parvarishi, profilaktikasi. Kasbga oid kasalliklarni aniqlashda laborator va asbob-uskunalar bilan tekshirishning ahamiyati Bemorlarda asosiy obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazish. Bemorlarga namlangan kislorod berish. Inyeksiyalarni mustaqil bajarish. Dorilarni parenteral yuborish. Shoshilinch holatlar(bo‘g‘ilish xuruji, gipertermik sindrom, nafas yetishmovchiligi)da bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
6
|
2
|
4
|
2
|
13
|
O‘tkir allergozlar va birinchi tibbiy yordam
|
Allergiya, allergen, antitelo, allergik reaksiyalar haqida umumiy ma’lumot. Anafilaktik shok, Kvinke shishi, o‘tkir eshakemi sabablari, klinikasi, kechishi, asoratlari, davolash va oldini olish choralari. Allergologik markazlarning ahamiyati. Allergologik sinama turlariva ularning tibbiy axamiyati.
O‘tkir allergozlar bilan og‘rigan bemorlarda subyektiv, asosiy obyektiv tekshiruvlarni o‘tkazish. Tana harorati, puls, A/D va NOT ni o‘lchash va belgilash. Allergologik sinamalarga bemor va kerakli ashyolarni tayyorlash. Allergologik sinamalar qo‘yish. Kislorod yostig‘ini to‘ldirish va bemorga namlangan kislorod berish. O‘tkir allergik reaksiyalar(o‘tkir eshakemi, kvinke shishi, anafilaktik shok)da bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
|
6
|
2
|
4
|
2
|
|
Dostları ilə paylaş: |