Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi: M.T. Mametova
tibbiyot klleji o‘qituvchisi
Taqrizchilar: F.S. Mahmudova
F.E. Yuldasheva
S.
TTA 1 – klinika “Fizioterapiya” bo‘limi mudiri
2-Respublika tibbiyot kolleji “Fizioterapiya” fan o‘qituvchisi
Fizioterapiya va reabilitasiya muolajalarni odam organizmiga ta’sir mexanizmi, turli kasalliklarda fizioterapevtik va reabilitasiya muolajalarni o‘tkazish tartibi, bemorlarga fizioterapevtik va reabilitasiya tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini egallash.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
fizioterapiya va reabilitasiya to‘g‘risida bilimlarni shakllantiradi;
fizioterapiya va reabilitasiya ning nazariy asoslarini o‘rganadi;
nazariy bilimlarning mavzuga oid fizioterapiya muolajalarni o‘tkazish, reabilitasiya tadbirlarini amalga oshirish, davolanayotgan bemorlar bilan muloqot texnikasini o‘rnatish jarayonida o‘z kasbiy amaliy faoliyatida o‘rinli sifatli qo‘llashni o‘rganadi;
fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiyada birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rganadi.
mehnatga layoqatlilik ekspertizasi, dispanserizasiyasi va reabilitasiyasi asoslari;
- yurak-qon tomir, nafas, ovkat hazm kilish tizimlari, siydik chiqarish yo‘llari va buyrak kasalliklarida, endokrin sistemasi kasalliklarida tibbiy reabilitasiya tadbirlari;
- nerv tizimlari, tayanch-harakat apparatining destruktiv-distrofik kasalliklarida, ginekologik, akusherlik va pediatriyada uchraydigan ba’zi patologik holatlarda bemorlarning reabilitasiyasi;
- xirurgik kasalliklar va travmatologiyada reabilitasiyani;
- bemorga sanatoriy turini tanlash va sanatoriy sharoitidagi reabilitasiya tadbirlari.
Ko‘nikma
fizioapparatlarni ishlatish jarayonida texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish;
fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish;
turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy ko‘rsatma va mo‘neliklarni hisobga olish;
sog‘lomlashtirish maqsadida fizioterapevtik muolajalarni qo‘llash;
fiziodavolashda va elektrojaroxat holatidagi patologik reaksiyada birinchi yordam ko‘rsatish;
turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarni to‘g‘ri tavsiya etish;
bemorlarga tashxisiga va kasalligini davriga asosolanib reabilitasiya etapini aniklash;
bemorga individual reabilitasiya dasturni tuzish;
individual reabilitasiya dasturida patogenetik ta’sir etadigan fizioterapevtik muolajalarni to‘g‘ri tanlash va kompleks ravishda tuzish;
reabilitasiya etaplarida davolovchi jimoniy tarbiyani vositalarini va shakllarini tanlash va to‘g‘ri tavsiya kilish;
rasmiylashtirilgan davolovchi usullarni samaradorligini aniqlash;
bemorga sanatoriy turini tanlash va sanatoriy sharotida reabilitasiya tadbirlarni aniqlash;
sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash va jismoniy tarbiya usullarni tavsiya kilish;
O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlar bilan tanishish;
internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
mavzuga oid amaliy ko‘nikmalarni o‘quv trenajyor xonasida va biriktirilgan klinik o‘quv bazalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda o‘qituvchi nazoratida bajarib, mustaqil ravishda takomillashtirish;
Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘rganish.