O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
DEZINFEKSIYa IShI O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.15
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil -avgustdagi 23 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar: X.O.Xujayeva
M.U.Valiyeva
tibbiyot kollejining o‘qituvchilari
Taqrizchi: Sh.M.Rasulov
TTA epidemiologiya kafedrasi tayanch doktaranti
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Dezinfeksiya ishi
Ajratilgan soat
40
Mavzular soni
6
Dasturning maqsadi
O‘quvchilarni sifatli profilaktika yordamini ko‘rsatishda shifokor yordamchisi mutaxassisligi sifatida yuqumli kasalliklar o‘chog‘ida bemorlarni vaqtida ajratish, yuqumli kasalliklarni tarqalish qonuniyatlarini bilish, bemorni va u bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni va buyumlarini zararsizlantirish ishlarinin olib borish, tibbiy asboblarni sterilizasiya qilish tekshirish, epidemiyaga qarshi dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya chora tadbirlarini o‘tkazish, kasalliklar o‘chog‘ini epidemiologik tomonidan tibbiy nazoratini olib borish. DPMlar sharoitida dezinfeksiyalovchi vositalarni tayyorlash, ularni qo‘llash, saqlash va ularning sifatini nazorat qilish nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
yukumli kasalliklarning yuqishi va tarqalishi, uni oldini olish , o‘choqda olib boriladigan ishlarini tashkil qilish , karantin va dispanserizasiya ishlari to‘grisida bilimlarga ega bo‘ladilar;
yukumli kasalliklarning profilaktikasi va epidemiyaga qarshi ishlarida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlari va sterilizasiya hakida nazariy asoslari o‘rganiladi;
bemorlar bilan suxbat o‘tkazish, ularni aloxidalash, evakuasiya va gospitalizasiyasini o‘tkazish , karantin ishlarini tashkil qilish, dezinfeksiya va sterilizasiya sifatini nazoratini olib borish, kimyoviy dezinfeksiya moddalarini ishlatish va unda extiyot choralari hakida ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bilim
fanning qisqacha tarixi, fanni rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, tibbiyotda dezinfeksiya tadbirlarining ahamiyati, yuqumli va parazitar kasalliklarga qarshi kurash yutuqlari;
mexanik, fizikaviy va kimyoviy usullarining ahamiyati, qo‘llanilishi
dezinfeksiya ishi bo‘limining hisob va hisobot hujjatlari
dezinfeksiyalovchi moddalar va ularning xususiyati;
o‘choqlarda joriy va yakuniy dezinfeksiyani o‘tkazish,
DPMlarda dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish, olib borish va uni nazorat kilish;
tibbiyot asboblarni sterilizasiyasi va undan oldingi tozalov ishlarini o‘tkazganligini nazorati;
dezinseksiya va deratizasiya tadbirlarining maqsadi, vazifalari , usullari va vositalari ;
turli xil obyektlarni dezinseksiya qilish uchun kerakli preparatlar miqdorini aniqlash;
turli xil apparatlarni ishlatish , kamchiliklarni tuzatish;
dezinfeksion kameralarni ishga tayyorlash, ishlatish,
va ishini nazorat qilish;
dezinstruktor va dezinfektor vazifalarini bajarish;
tibbiy hujjatlarni yuritish;
shaxsiy ximoya kiyimni ishlatish va zararsizlantirish;
xodimlarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishinibilishi kerak.
Ko‘nikma
yuqori foizli suyuq xoldagi asosiy dezinfeksiyalovchi moddalar va ulardan ishchi eritmalar tayyorlash;
tarkibida xlor saqlovchi kukun ko‘rinishidagi dezinfektantlardan eritma tayyorlash;
bemorning ajratmalari , idishlari, ovqat qoldiqlari, ichki kiyimlari, oqliklarni zararsizlantirilishi;
transport vositalari dezinfeksiyasi;
DPM larda tibbiy xodimlarni dezinfeksiya ishi bo‘yicha malakasini nazorat qilish;
tashqi obyektlardan surtma olish;
dezinfeksiyalovchi eritmalarda faol xlor miqdorini aniqlash;
tibbiyot asboblarni dezinfeksiyasi , sterilizasiya va undan oldingi tozalov ishlarini o‘tkazganligini nazorati;
MSBlarni tekshirish va dalolatnoma yozish;
dezinseksiyalovchi preparatlardan eritma, suspenziya, emulsiyalar tayyorlash va undan foydalanish;
turli xil obyektlarni dezinseksiya qilish uchun kerakli preparatlar miqdorini aniqlash;
turli xil apparatlar va dezinfeksion kameralarni ishga tayyorlash , ishlatish, ishini nazorat qilish;
deratizasiyaning mexanik va kimyoviyusullaridan, vositalaridan foydalanish;
dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlari rejasini tuzish;
dezinstruktor va dezinfektor vazifalarini bajarish;
yuqumli kasalliklarni hisobga olish va hisobot formalarini rasmiylashtirish;
maxsus ximoya kiyimni ishlatish va zararsizlantirish;
o‘ta havfli infeksiyalarni tarqalish xavfi bo‘lganda olib boriladigan profilaktik tadbirlarni bajarish