O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
|
“Mikrobiologiya“
“Yukumli kasalliklar“
“Epidemiologiya asoslari“
“Tibbiy parazitologiya “
“ Analitik kimyo“
“Umumiy gigiyena va ekologiya“
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
Nazariy
|
Amaliy
|
1
|
“Dezinfeksiya ishi” fanining maqsadi, vazifalari, fanga xissa qo‘shgan olimlar.
|
“Dezinfeksiya ishi” fani haqida tushuncha, uning maqsadi, vazifalari, dolzarbligi. Fanning rivojlanish tarixi, boshqa tibbiy fanlar bilan bog‘liqligi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda dezinfeksion tadbirlarni ahamiyati. Fan rivojlanishida olimlarining qo‘shgan xissasi. Hozirgi vaqtda zamonaviy dezinfeksiya vositalaridan samarali foydalanish va uning turlari..
|
6
|
2
|
|
2
|
2
|
Dezinfeksiyaning turlari,usullari va vositalari.
|
Dezinfeksiyaning amaliyotdagi ikki turi, ularning farqi. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari haqida umumiy ma’lumotlar, qo‘llanilishi va ta’siri. Dezinfeksiyalovchi moddalarni mikroorganizm larga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi.
Kimyoviy vositalarni saqlash va samarali qo‘llash uchun zarur shart–sharoitlari, eng muhim dezinfeksiyalovchi moddalarning ro‘yhati va ularning xususiyati. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan buyruqlar asosida ishlash. Mukammal va joriy tozalov ishlarini o‘tkazish. Poliklinika, tug‘rukxona, jarrohlik bo‘limlari va yuqumli kasalliklarda dezinfeksiya o‘tkazish qoidasi. Ichak infeksiyalari (vabo, dizenteriya, virusli gepatitA va boshqa) o‘chog‘ida dezinfeksiya ishlari. Nafas yo‘llari infeksiyalari (meningokokkli, bo‘g‘ma, gripp va boshqa) bo‘limida olib boriladigan dezinfeksiya tadbirlari. Sil kasalligi o‘chog‘ida dezinfeksiyaning olib borilishi va uning inson sog‘ligi uchun ahamiyati. SanPIN -03-04-12 O‘zbekiston RespublikasiSSVning 5-sonli «Respublikada virusli gepatitlarga qarshi kurashish choralarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘ini;05.01.2012 yil.
Dezinfeksiyalovchi moddalarni tashqi ko‘rinishi, suvda eruvchanligi, rangi, xidi va bir-biridan farqini aniqlash qoidasi. Yuqori foizli suyuq xoldagi asosiy dezinfeksiyalovchi eritmani tayyorlash dezinfeksion vositalar yordamida zararsizlantirish uchun suv va xlor kukunini xisoblash va undan ishchi eritma tayyorlash.
Tashqi muhit (oshxona idishi, oqliklar, o‘yinchoq) obyektlari va bemor buyumlarini zararsizlantirish qoidalari, qo‘llaniladigan eritma va ta’sir etuvchi vaqti (ekspozisiya)ning ahamiyati. Transport vositalarning dezinfeksiyasi.
Dezinfeksiya sifatini nazorat qilishda ishning borishini ko‘zdan kechirish, bakteriologik, kimyoviy usullardan foydalanish. Zararsizlantirilgan tashqi obyektlardan surtmalar olish qoidasi. Dezinfeksiyalovchi vositaning kerakli miqdorini belgilash va uni amalda qo‘llash
Dezinfeksiya o‘tkazish uchun ishlatiladigan apparatlar, uning turlari, ishlatish tartibi (avtomaks, gidropult, dezinfal, flit, KDF-3 dezinfeksiya kamerasi, elektr toki yordamida ishlovchi TSNIDI dezokamerasi, harakatlanadigan dezinfeksiya kameralari).
Dezinfeksion kameralar haqida tushuncha, turlari, tuzilishi qismlari, ishlatish qoidasi, ish yuritish jurnallari. Buyumlarni zararsizlantirish xususiyati.
|
4
|
4
|
4
|
4
|
3
|
Sterilizasiya haqida tushuncha
|
Sterilizasiya haqida tushuncha, uni dezinfeksiyadan farqi. Aseptika va antiseptika qoidalari. Shifoxona ichi infeksiyasini oldini olishda sterilizasiyaning ahamiyati, roli va uning samaradorligi. Sterilizasiya usullari (bug‘, havo,gaz, kimyoviy yo‘li bilan), jihozlari. Sterilizasiya turlari (yuqori bosimli bug‘ bilan ishlash, nurlash yo‘li bilan, gaz yordamida). Sterilizasiyaning xususiyatlari. Sterilizasiya sifatini nazorat qilish usullari(kimyoviy termotest, bakteriologik).Test-kultura va zararlangan testlarni obyektdan yig‘ish. Bug‘li va havoli sterilizatorlar ishini tekshirish qoidasi.kimyoviy eritmalar bilan sterilizasiya qilinishini tekshirish. Bakteriologik nazorat usullari va yuritiladigan hujjatlar bilan tanishish.
Tibbiyot jihozlarni dezinfeksiya, sterilizasiya qilish qoidasi. Instrumenlarni sterilizasiyadan oldingi tozalov ishlaridan o‘tkazish cterilizasiya sinamalarini o‘tkazish tartibi ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Sterilizasiya qilishni tekshirish. MSBlarga qo‘yiladigan talablar va amalga oshiriladigan tadbirlar. MSBning strukturasi, ish qoidalari. DPMlarda MSB ning ish qoidasi. Sterilizasiya bo‘limining sanitariya-gigiyena hamda sanitariya-texnik jihozlarni ko‘zdan kechirishning ahamiyati.Sterilizasiya rejimi. MSB da tibbiy hujjatlarni yuritish.
Tibbiy asbob-uskunalarni sterilizasiyadan o‘tkazish uchun ularni bo‘limdan qabul qilish va oldingi ishlovini tekshirish qoidasi. O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan ishlab chiqarilgan amaldagi buyruqlar asosida asboblar sterillanganligining sifatini nazorat qilish.
|
10
|
2
|
8
|
4
|
4
|
Dezinseksiya haqida tushuncha, maqsadi, usullari
|
Dezinseksiya haqida tushuncha,uning maqsadi,vazifalari va uning ahamiyati. Bo‘g‘imoyoqlilarning biologik xususiyatlari, epidemiologik ahamiyati, zararli turlari va ularni yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli.
Dezinseksiya tadbirlari, usullari mexanik, fizik, kimyoviy, biologik. Bug‘imoyoklilarga qarshi kurash chora tadbirlari (profilaktik va kirish).
Keng qo‘llaniladigan dezinseksiyalovchi preparatlar ro‘yhati, klassifikasiyasi, xususiyati. Insektisidlarning turlari (ichak, kontakt, sintetik, insektisidlar) ta’sir qilish mexanizmi. Repellentlar, ularning turi, ta’sir qilish mexanizmi, qo‘llanilishi.
Ayrim bo‘g‘imoyoqlilar guruhi uchuvchan bo‘g‘imoyoqlilar (bit, burga, pashsha, chivin, kanalar), ularning bir–biridan farqi va yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli. Ularga qarshi kurash chora tadbirlari.
Dezinseksiyani o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan dori-vositaning turi, foizi, ekspozisiya ahamiyati. Turmushda uchraydigan hashoratlarga qarshi kurash. (suvaraklar, sarik chumoli), ularni qirish choralari.
Dezinseksiyalovchi preparatlarning tashqi ko‘rinishi, bir-biridan farqi, xususiyati. Insektisidlardan eritma, suspenziya, emulsiyani tayyorlash qoidasi, qo‘llash usullari. Turli xil obyektlarni dezinseksiya qilish uchun kerakli preparatlar miqdorini aniqlash. Insektisidlarni tayyorlash va ishlatishda texnika havfsizligi, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish. Qon infeksiyalarda bo‘g‘imoyoqlilarni tashuvchi sifatida ahamiyati, o‘choqda o‘tkaziladigan dezinseksiyaning xususiyati. Yuqumli va somatik kasalliklar shifoxonasi qabul bo‘limida pedikulyozni aniqlash va sanitariya tozalovini o‘tkazish, ko‘llaniladigan vositalar, ekspozisiya vaqti, ehtiyot choralari. DSENM ning entomologiya bo‘limining ishi, hujjatlari.
Dezinseksiya o‘tkaziladigan obyektlarda uning sifatini nazorat qilish uchun turli usullardan foydalanish: vizual, so‘rab - surishtirish, biologik entomologik va kimyoviy. Zararsizlantiruvchi vositalarning ta’sir kuchini aniqlash. Xisobot hujjatlarini to‘ldirish qoidasi.
Dezinseksiya o‘tkazish uchun ishlatiladigan apparatlar, uning turlari, ishlatish tartibi (avtomaks,gidropult, dezinfal flit).
|
10
|
2
|
8
|
4
|
5
|
Deratizasiya haqida tushuncha, maqsadi, usullari.
|
Kemiruvchilar oilasi haqida tushuncha, biologiyasi, turlari. Yuqumli kasalliklar tarqalishida kemiruvchilarning epidemiologik ahamiyati.
Deratizasiya tushunchasi, maqsadi, vazifasi, usullari. Deratizasiyaning sanitariya va texnik tadbirlari va samaradorligini tekshirish. Laboratoriya jixozlari bilan tanishish. Ratisidlar. Zaharli xo‘raklar tayyorlash, saqlash va ularni amalda qo‘llash.
Xavfsizlik qoidalari zaharlanish belgilari va zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Kemiruvchilarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan profilaktik va qirish tadbirlari. Mexanik, kimyoviy va biologik usullarining xususiyati.
Aholi yashaydigan punktlarda deratizasiya tadbirlarni tashkil etish, deratizasiya tadbirlarining samaradorligini tekshirish. Kemiruvchilarni bir-biridan farqi (kalamush, sichqon, qum va dala sichqonlar). Kemiruvchilarni ovlash qurollari, ularning tuzilishi, ishlash tamoyili. Rotasidlar xususiyati, tashqi ko‘rinishi, qo‘llanilishi.
Zaharli xo‘raklarni tayyorlash usullari, uni saqlash qoidalari. Deratizasion tadbirlar samaradorligini nazorat qilish. Dezinfeksion stansiya, viloyat, shaxar, tuman DSENMlarining dezinfeksiya bo‘limi strukturasi, funksional vazifalari. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlarini rejalashtirish, tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalari. Sifat ko‘rsatkichlarni taxlil qilish. Aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlarni olib borish.
|
4
|
4
|
4
|
4
|
6
|
Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari. Buyruqlar bilan ishlash, kadrlar tayyorlash
|
Profilaktik va o‘choqli dezinfeksiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlar va uslubiy tavsiyanomalari.
Dezinfeksiya ishlarni tashkil etishda dezinfeksion stansiyaning ishi, bo‘limlari, hujjatlari (yillik, yarim yillik, kvartal).Dezinfeksiya ishlarinisifat ko‘rsatkichi.
Infeksiya o‘chog‘ida qo‘llaniladigan himoya kiyimning tiplari, uning kiyish va yechish qoidasi. Sanitariya-targ‘ibot ishlari, usullari, jihozlari.
|
6
|
2
|
|
2
|
|
Dostları ilə paylaş: |