Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə74/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi

“Farmakologiya va reseptura”
“Anatomiya, fiziologiya va patologiya”
“Tibbiy parazitologiya va epidemiologiya asoslari”
“Dezinfeksiya ishi”
“Hamshiralik ishi asoslari”

O‘qitishning tashkiliy shakli



N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq



2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qi tishni tashki liy shakli

Mustaqil ta’lim

N

A

1.

Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha va uning kelib chiqish tarixi. Infeksion jarayon haqida tushuncha. Yuqumli kasalliklar tasnifi va tashxisot usullari

Yuqumli kasalliklar fanining hozirgi davridagi tutgan o‘rni.
Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari. Yuqumli kasalliklar fanining maqsad va vazifalari. O‘rta Osiyoda yuqumli kasalliklarni o‘rgangan olimlar. Aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari. Infeksion jarayonning rivojlanishi. Yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari, bosqichlari. Yuqumli kasalliklarning tasnifi. ”Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni.

12

2







2

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va uning ish tartibi



Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bilan tanishish. Bokslar bilan tanishish. Bemorlarni sanitariya tozaligidan o‘tkazish. Shifoxonaning ish tartibi. Bemorlarni bo‘limlarga transportirovka qilish. Bemorning kiyimlari va tagliklarini almashtirish va parvarishlash usullari.
Parxez stollarining turlari, bemorlarni turli usullarda ovqatlantirish. “Shoshilinch xabarnoma” 058-shakl to‘ldirish. Tibbiy xodimlarning kun tartibi. Yuqumli bo‘limlarning epidemiyaga qarshi sanitariya tartibi.

8




4

6

3

Yuqumli kasalliklarning maxsus profilaktikasi. Emlash ishlarini tashkil etish. Poliklinikadagi yuqumli kasalliklar xonasining tuzilishi va uning vazifalari.



Yuqumli kasalliklar xonasining maqsad va vazifalari, tuzilishi. Bemorlarni qabul qilish va tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish. Laborator tekshirish usullari. Infeksiya o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlari.
Yuqumli kasalliklar va emlash xonalarining. Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarning yaroqligini aniqlash, ularni qo‘llash, “brokeraj” kilish. Emlash kalendar sxemasi, maxsus profilaktika ishlarini rejalashtirish va o‘tkazish qoidalari. Tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish va to‘ldirish 63 va 112-shakllar bilan ishlash.

4




4

2

4

Ichak infeksiyalari. Ich terlama, paratif A va V kasalliklari. Dizenteriya, salmonellyoz, botulizm va ovqat toksikoinfeksiyasi



Kasallik haqida tushuncha. Epidemiologik anamnez yig‘ish. Yuqish mexanizmi. Klinik xususiyatlari, asoratlari. Bakteriologik va serologik tekshirish usullarining ahamiyati. Ich terlama va paratif A va V kasalliklarini farqlash. Kasallikni oldini olish, infeksiya o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlarni rejalashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi hududida ich terlama va paratif kasalliklarni oldini olish va kamaytirish to‘g‘risi”dagi buyruq.
Ichak infeksiyalari kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari, rivojlanish mexanizmi. Yuqish yo‘li. Tasnifi. Asosiy klinik ko‘rinishi, asoratlari.
Toksikoz va eksikoz haqida tushuncha. Bemorlarni ko‘zdan kechirish. Parhyez ovqatlantirish. Bakteriologik va serologik tekshirish usullarining ahamiyati. Kasallikni oldini olish tadbirlarini o‘tkazish, sanitariya-maorif ishlarining ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi hududida salmonellyoz va o‘tkir ichak infeksiya kasalliklarini oldini olish to‘g‘risida amaldagi buyruqlari.
Klinik va epidemiologik anamnez yig‘ish. Bemorlardan bakteriologik va serologik tekshirishlar uchun material yig‘ish. Bakteriologik va serologik tekshirish usullarini qo‘llash. Ich terlama o‘chog‘ida kasallikka qarshi tadbirlar rejasini tuzish. Aholi o‘rtasida sanitariya – maorif ishlarini tashkil qilish.
Kasallikning asosiy klinik belgilarini o‘rganish. Bakteriologik ekmaga va umumiy tahlilga najas olish. Qonni serologik tekshirishga olish. Olingan materiallarni laboratoriyaga jo‘natish. Tahlil natijalarini o‘qish.
Og‘iz orqali suyuqlik ichirish. Bemorni ovkatlantirish, parxez stolini qo‘llash va parvarish qilish. Tozalovchi, sifonli va davolovchi huqnalar qo‘yish. Vena ichiga tomchi usulida dori moddalarni yuborish. Bezredko usulida zardob yuborish texnikasi. Shoshilinch xabarnoma to‘ldirish. Infeksiya o‘chog‘ida joriy va yakuniy dezinfeksiya ishlarini olib borish.
Sanitariya – maorif ishlarini olib borish. №122 sonli buyruq “O‘tkir diareyada bakteriologik tekshirish tartibi” to‘g‘risida (dezinteriya, salmonellyoz)

16

6

8

4

5

Vabo kasalligi

Vaboning epidemiya va pandemiya xolati. Etiologiyasi, epidemiologik jarayoni. Vaboning klinik ko‘rinishlari. Laborator tekshirish uchun materiallar olish. Sog‘ayganlarni shifoxonadan chiqarish. Kasallikni oldini olish. Sanitariya-maorif ishlari. Chet davlatlardan infeksiya kirishini oldini olish. Himoya kiyimlarini qo‘llash shartligi.
Bemorlarning ikoyatini va epidemiologik anamnez yig‘ish. Bemorlarni ko‘zdan kechirish. Venaga tomchi usulida dori vositalarini yuborish. Bemorlardan bakteriologik va serologik tekshirishlar uchun material yig‘ish. Najasni 30-shaklga tekshirish. Himoya kiyimlarini kiyish va yechish qoidalari. Kasallik o‘chog‘ida joriy va yakuniy dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish. O‘zR SSVning 2012 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida vabo kasalligini oldini olish to‘g‘risi”dagi 25-sonli buyrug‘i.

6

2

4

4

6

Virusli gepatitlar

Virusli gepatit A, V, S, D, Ye turlari haqida tushuncha. Virusli gepatit etiologiyasi, epidemiologiyasi, rivojlanish mexanizmi.
Virusli gepatitlar tasnifi. Prodromal davrlar turlari. Tashxisot. Homiladorlik davrida gepatitning kechish xususiyatlari, uning homilaga ta’siri. Bemorlarni ko‘zdan kechirish.
Bemorning shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnezi. Bemor ko‘rinishining xususiyati, teri qoplamlari, ko‘z sklerasi, til egarchasi shilliq qavatining va yumshoq tanglayning sarg‘ayishi.
Bemorlardan bakteriologik va serologik tekshirishlar uchun material yig‘ish. Tibbiy asboblarni sterilizasiyaga tayyorlash. Xabarnoma to‘ldirish qoidalari. Observasiya varag‘ini to‘ldirish.
Kasallikka qarshi maxsus profilaktika, emlash sxemasi. Infeksiya o‘chog‘ida joriy va yakuniy zararsizlantirish. Sog‘ayganlarni shifoxonadan chiqarish qoidalari.
Aholi o‘rtasida sanitariya – maorif ishlari. O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2012 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida virusli gepatit kasalligini oldini olish to‘g‘risi”dagi 5-sonli buyrug‘i.

6

2

4

4

7

Nafas yo‘llari infeksiyalari. Gripp, O‘RVI, qizamiq, suvchechak, skarlatina.



Gripp, O‘RVI, qizamiq, suvchechak, skarlatina kasalliklarini etiologiyasi, epidemiologiyasi, rivojlanish mexanizmi. Kasallikning klinik manzarasi. Asoratlari. Tashxisoti, epidemik va klinik anamnez yigish, laboratoriya usullari, davosi. Toshmalar xususiyati. Maxsus profilaktikasi.
Epidemiyada joriy zararsizlantirish ishlarini olib borish. Sanitariya–maorif ishlarini olib borish. Toshkent shahar xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan chiqarilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida Gripp, qizamiq, suvchechak, skarlatina kasalliklarini kasalligini oldini olish to‘g‘risi” da amaldagi buyruqlar.
O‘RVI. suvchechak, qizamiq va skarlatina bilan og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish. Bemorlarni parvarish qilish. Bemor atrofida, palatalarda ozodalik tartibini saqlash. Xonalarni va bemor ishlatgan idishlarni zararsizlantirish chora – tadbirlari.
Burun – halqumdan tekshirish uchun material olish. Bemorlardan bakteriologik va serologik tekshirishlar uchun material yig‘ish. Gipertermiya va bug‘ilishda shoshilinch yordam ko‘rsatish. Tibbiy xodimlarning ishlash qoidalari. Kasallikni oldini olish - oqliklarni toza saqlash, xonalarni shamollatish, palatalarni kvars lampalari bilan zararsizlantirish, dezinfeksiya kilish. Grippga qarshi emlash. Maxsus profilaktikasida KPK vaksinasini yuborish, infeksiya o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi o‘tkaziladigan chora-tadbirlar.

6

2

4

4

8

Difteriya (bo‘g‘ma), ko‘kyo‘tal, parako‘kyo‘tal, tepki (epidemik parotit). Meningokokk infeksiyasi

Kasallik haqida tushuncha, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi. Bemorlarni ko‘zdan kechirish, parvarish qilish, davolash. Difteriyada bakteriologik tekshirish uchun bemorlardan material olish. Maxsus profilaktika sxemasi - AKDS vaksina.
Aholi o‘rtasida sanitariya – maorif ishlarini olib borish. Kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar. o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududidadifteriya (bo‘g‘ma), ko‘kyo‘tal, parako‘kyo‘tal,tepki va meningokokk infeksiyasini oldini olish bo‘yicha amaldagi buyruqlar.
Kasallikning klinik belgilari. Bemor tomog‘idan surtma olish, laboratoriyaga yo‘llanma yozish va yuborish qoidasi. Bemorlarni ko‘zdan kechirish, davolash va parvarish qilish. Chin krupda tez tibbiy yordam ko‘rsatish. Bo‘g‘maga qarshi antitoksik zardob yuborish. Kasallikka qarshi maxsus profilaktikasi (AKDS vaksinasi).
Epidemik parotit bilan og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish. Epidemik parotitda issiq quruq bog‘lam qo‘yish. Xonalarni va bemor ishlatgan idishlarni zararsizlantirish chora – tadbirlari. Meningokokk infeksiyalari laborator tekshiruvga material olish. Talvasaga qarshi dori preparatlari. Infeksiyani oldini olishni, infeksiya o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar.

12

4

8

4

9

Qon orqali o‘tadigan infeksiyalar. Bezgak. Gemorragik isitmalar

Kasalliklar haqida tushuncha, kelib chiqish sabablari, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti, davolash va oldini olish. Bezgak turlari differensial tashhisoti. Kasalliklarni oldini olish uchun chora-tadbirlar, SNP ishi. O‘zbekiston Respublikasi hududida bezgak, gemorragik isitmalarni oldini olish bo‘yicha amaldagi buyruqlar.
Bemorlarni ko‘zdan kechirish. Teri qoplamlari, ko‘z sklerasi, til egarchasi, shilliq qavatini aniqlash. Bemorlardan qalin tomchiga qon olish va surtma tayyorlash. Serologik tekshiruvga bemordan qon olish. Laborator tekshiruvlarga yo‘llanmalar yozish va yuborish. Davolash, oldini olish. Bezgak xurujida bemorga yordam ko‘rsatish.
Gipertermiyada shoshilinch yordam ko‘rsatish. Infeksiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish.

8

4

4

4

10

Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)

Kasallik haqida tushuncha. Etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi: teridagi va shilliq qavatlardagi o‘zgarishlar. Serologik tashhisot. Oqibati. Profilaktikasi. OITS bilan zararlanganlarni dispanserizasiya qilish. Tibbiy xodimlarni OITS bilan zararlanishini oldini olish. O‘zbekiston Respublikasida OITSga qarshi olib borilayotgan tadbirlarni umumdavlat ahamiyatiga bog‘liqligi.
“O‘zbekiston Respublikasi hududida OITS kasalligini oldini olish bo‘yicha” 2015 yil 4 martdagi 81-sonli buyruq “OIV infeksiyasi bo‘yicha bemorlarni davolash, milliy klinik bayonnomalarni amalga tadbiq etish to‘g‘risida”
Bemorlardan immunologik tekshiruvga qon olish va laboratoriyaga yuborish. OITS bilan kasallangan shaxslarni aniqlashda epidemiyaga qarshi chora – tadbirlar. Tashxisot. Davolash. OITS bilan zararlanishning oldini olish. Tibbiyot xodimlarining kasbiy zararlanishini. Profilaktikasi.
Jinsiy aloqalar orqali kasallanishning oldini olishda sanitariya-maorif ishlari va vositalari. Amaldagi buyruqlar asosida ishlash.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 15 apreldagi 353-sonli “O‘zbekiston Respublikasida OIV keltirib chiqaradigan kasalliklarni tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 5-ilovasi, 2015 yil 25 martdagi 123-sonli «OIV kasalligini oldini olish, yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i.

6

2

4

4

11

Kuydirgi, qutirish, oqsim (yaщur), qoqshol

Kasalliklar haqida tushuncha, etiologiyasi, qisqacha epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashhisi. Tekshirish usullari. Davolash prinsiplari, bemorlarni parvarishlash. Kasallikni oldini olish choralari. Maxsus profilaktikada AKDS vaksinaning yuborish sxemasi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida kuydirgi, qutirish, qoqshol va oqsim kasalliklarini oldini olish bo‘yicha amaldagi buyruqlari.
Bemorlarni ko‘zdan kechirish, epidemiologik anamnez yig‘ish, kasallikning asosiy belgilarini o‘rganish. Jarrohlik tozalov ishlovini o‘tkazish.
Antirabik vaksina va gammaglobulin yuborish. Shoshilinch xabarnoma to‘ldirish. Kuydirgida bemordan analiz uchun material olish, ehtiyot choralarini ko‘rib, laboratoriyaga yuborish. Bakteriologik va serologik tekshirish usullarini qo‘llash.
Kasallikdan o‘lgan uy hayvonlarini “utilizasiya” kilish. Profilaktika chora – tadbirlari.
Oqsimda bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini va terini parvarishlash.
Qoqsholga va oqsimga tekshirish uchun tashhis materiallarini olish. Kasallikni oldini olishda emlash ishlarini o‘tkazish. Talvasa paytida bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

12

4

8

4

12

Turli yo‘llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Toun (o‘lat). Brusellyoz kasalligi

O‘lat kasalligining qo‘zg‘atuvchisi haqida ma’lumotlar. O‘latning tarqalishi sabablari va mexanizmi. O‘lat epidemiyalarining aholi o‘rtasida va hayvonlar o‘rtasida tarqalishining o‘zaro bog‘liqligi. O‘lat kasalligida epidemiologik jarayonning namoyon bo‘lishidagi omillarning o‘ziga xosligi.
Brusellyoz kasalligining tarqalish sabablari va epidemik jarayoni. Kasallikning klinik belgilari va tashhis usullari.
Davolash usullari va vositalari. Kasalliklarning o‘choqdagi profilaktik chora–tadbirlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya.
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lat va brusellyoz kasalligini oldini olish to‘g‘risida amaldagi buyruqlar.
Bemordan laborator tekshiruv uchun material olish va tashxisot usullari. Medisina xodimi o‘zini himoya qilish choralari. Bemorga zardob yuborish. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. O‘lat o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora – tadbirlar.
Brusellyoz kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar. Etiologiyasi, klinikasi, asoratlari. Laborator tekshirish usullari. Rayt reaksiyasini qo‘yish. Byurne sinamasi. Davolash prinsiplari. Kasalliklarning o‘choqdagi profilaktika chora–tadbirlari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ahamiyati. Himoya kiyimini qo‘llash qoidasi.

2

2

8

6

13

Parazitar kasalliklar. amyobiaz, lyamblioz, toksoplazmoz. Gelmintozlar: askaridoz, enterobioz, exinokokkoz



Protozoy kasalliklarning etiologiyasi, tarqalish yo‘llari. Klinik belgilari. Bemordan laborator tekshirish uchun material olish va tekshirish usullari. Aholi o‘rtasida sanitariya-maorif ishlarini olib borish. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 25 martdagi “Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli buyruq
Gelmintoz kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, tarqalish yo‘llari. Bemordan laborator tekshirish uchun material olish (axlat, perianal burmalaridan kirma). Hujjatlarni to‘ldirish. Laboratoriyada tekshirish usullari (Fyulleborn, Kalantaryan, Kato). Kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora – tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston Respublikasi hududida gelmintozlarni oldini olish to‘g‘risida amaldagi buyruqlari.

2

2

4

4


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin